2. So'nuvchi tebranishlarni xarakterlovchi kattaliklar
So'nuvchi tebranishlar garmonik emas, shuning uchun ularga amplitude
tushunchasini to'liq ma'noda qo'llab bo'lmaydi. Shunga qaramay, bu termin
so'nuvchi tebranishlarga ham qo'llaniladi, faqat bunda amplituda deganda
mos kattalik (siljish, tezlik, tezlanish, zaryad, tok kuchi va h.k.) larning bir
tebranish ichidagi eng katta qiymati tushuniladi.
So'nuvchi tebranishlar to'liq ma'noda davriy bo'lmaganligi sababli,
ularga chastota va davr tushunchalarini ham qo'llab bo'lmaydi. Davriy deb
shunday hodisalarga aytiladiki, bunda teng vaqt oraliqlaridan keyin har safar
sistemaning holati aniq qaytariladi, So'nuvchi tebranishlarda esa
sistemaning holati qaytarilmaydi: tebranishlar amplitudasi sekin-asta kamayadi.
3.
Dostları ilə paylaş: |