(3–2)
Bunda:
𝐿 – g‘altakning induktivligi, 𝐶 – kondensator sig‘imi, 𝑖 va 𝐼
𝑚
– tok
kuchining mos ravishda oniy va maksimal qiymatlari,
𝑞 va va 𝑞
𝑚
–
kondensatordagi zaryadning mos ravishda oniy va maksimal qiymatlari.
Tebranish konturida kondensatordagi elektr maydon energiyasining
g‘altakdagi magnit maydon energiyasiga va aksincha, g‘altakdagi magnit
maydon energiyasi kondensatordagi elektr maydon energiyasiga aylanib
turishi hodisasini 10-sinfda qaralgan prujinali mayatnikda cho‘zilgan prujina
potensial energiyasining, yukning kinetik energiyasiga va aksincha aylanib
turishiga qiyoslash mumkin. Shunga ko‘ra, mexanik va elektr tebranishlarning
parametrlari orasidagi o‘xshashlikni quyidagi jadvalda keltiramiz.
Mexanik kattaliklar
Elektr kattaliklar
𝑥-koordinata
𝑞-zaryad
𝑣-tezlik
𝑖-tok kuchi
𝑚-massa
𝐿 −induktivlik
𝑘-prujinaning bikrligi
1/𝐶 -sig`imga teskari bo`lgan katalik
𝑘𝑥
2
/2-potensial energiya 𝑞
2
/(2𝐶) −elektr maydon energiyasi
𝑚𝑣
2
/2-kinetik energiya
𝐿𝑖
2
/2-magnit maydon energiyasi
Ta’kidlash joizki, elektromagnit va mexanik tebranishlar turli tabiatga ega
bo‘lsa-da, o‘xshash tenglamalar bilan ifodalanadi.