Zanjirli uzatmalarning afzallik va kamchiliklari Afzalliklari: 1. Tishli uzatmaga qaraganda harakatni nisbatan uzoq masofaga uzata oladi. 2. tasmali uzatmaga qaraganda: a) tuzilishi ixcham; b) nisbatan katta quvvatni uzata oladi. v) vallarga tushadigan kuch kichik; g) bir zanjir orqali bir necha yulduzchani harakatga keltirish mumkin; d) sirpanish hodisasi yo’qligi natijasida uzatish soni qat’iy qiy matga ega.; e) F.I.K. yuqori. (η=0.95-0.98). Kamchiliklari: 1. zanjir elementlarining tez eyilishi. 2. Uzatmani katta tezlikda ishlatib bo’lmasligi. 3. uzatmaning shovqin bilan ishlashi. 4. sharnirli eyilish xisobiga zanjir uzunligining ortishi, natijada qo’shimcha taranglash moslamasi qo’yish kerakligi; 5. tannarxining yuqoriligi; 6. yulduzchalarni tayyorlashning murakkabligi;
Ishlatilish sohalari: Stanoklarda, transport va qishloq xo’jalik hamda ko’tarish mashinalarida. Zanjirlar turlariga qarab, vtulkali; vtulka rolikli; rolikli va tishli, zanjirning soniga qarab bir qatorli, ko’p qatorli turlarga bo’dinadi. Bunlan tashqari, zanjirli uzatmalar ochiq va yopiq bo’lishi mumkin.
Sirpanish podshipniklarining afzallik va kamchiliklari Vallar va o’rnatilgan detallar bilan birga aylanuvchi o’qlar tayanch qismlari – shiplar bilan podshipniklarga tayanadi. Ularning shakli va konstruktsiyalari valning aniq aylanishini ta’minlaydi. Qo’zg’almas o’qlarda podshipniklar aylanuvchi detallarni tutib turadi. Tushayotgan nagruzkalarning yo’nalishiga qarab sirpanish xodisalari asosan ikki turga: valning o’qiga tik chiziq bo’ylab ta’sir qiluvchi nagruzkaga mo’ljallangan radial podshipniklar va val o’qi bo’yicha ta’sir qiluvchi nagruzkalarga chidamli tirak podshipniklarga bo’linadi. O’qqa tik va parallel nagruzkalar baravariga ta’sir qiladigan xollarda bir uzelning o’zida ikkala xildagi podshipniklar ishlatiladi. Ishqalanish turiga qarab podshipniklar sirpanish sirpanish podshipniklari va dumalash podshipniklari ga bo’linadi
Dumalash podshipniklarining afzallik va kamchiliklari.
Dumalash podshipniklari, odatda, tashqi va ichki xalqalar, dumalanuvchi jismlar (shar yoki roliklar) va separator ( jismlarni bir-biridan ma’lum masofada tutib turuvchi detal’)dan iborat. 2.Dumalash podshipniklarining (afzalligi); 1. O’q yo’nalishi bo’yicha o’lchamlari kichik; 2. Mashinani yurgizayotganda, shuningdek ishlab turganida ishqalanish koeffitsenti kichik bo’ladi; 3. Montaj qilish va ishlatish davomida qarovi juda oson; 4. Moy kam sarflanadi; Dumalash podshipniklarining (kamchiliklari): 1. Zarb nagruzkaga juda ta’sirchan; 2. Aylanishlar sonini ortiqcha oshirilib bo’lmaydi; 3. Podshipnikning aniqlik klassini oshirgan sari narxi ham oshirib boraveradi; 4. Kontakt kuchlanishlar qiymati katta bo’lgani sababli, katta tezliklarda aylantirganda ishlash muddati qisqara boradi.