Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Rezbali birikmalarning afzallik va kamchiliklari



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə29/43
tarix02.06.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#122716
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar

Rezbali birikmalarning afzallik va kamchiliklari
Rez’bali birikmaning assosiy elementi rez’ba bo’lib, sirtda vint chizig’i bo’ylab o’yiqchalar ochish bilan hosil qilinadi. Agar tsilindr biror o’q atrofida aylantirilib yoyilmasi chizilsa tsilindrdagi vint chizig’i to’g’ri burchakli uchburchak gipotenuzasini hosil qiladi. rasm Afzalliklari: 1. Katta nagruzkada etarli darajada ishonchli shilaydi; 2. Ularni ajratish va yig’ish qiyinchilik tug’dirmaydi; 3. Turli sharoitda ishlaydigan rez’bali detallar ko’plab ishlab chiqarilishi mumkin. 4. Nisbatan arzon; 5. Hamma o’lchamlari standartlashtirilgan. Kamchiligi: 1. O’zgaruvchan kuch ta’siriga chidamliligi etarli emas; 2. Maxsus rez’bali detallar tayyorlashning bir muncha qiyinligi
SHlitsali birikmalarning afzallik va kamchiliklari
Shlitsali birikmalar, tishli birikma, o’yiqli birikma - o’yiqlari va chiqiqlari bo’lgan ikki detalning qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almas birikmasi. Afzalliklari: detallar valda yaxshi markazlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni val bo’ylab suriladigan qilib o’rnatish ham mumkin, birikmadagi detallar soni kam, birikma mustahkamligi yuqori, shponkali birikmaga qaraganda bir necha marta ortiq nagruzkaga chidaydi, gupchak uzunligi katta emas. Kamchiliklari: tayyorlash texnologiyasi murakkab va tannarxi yuqori.

Payvand birikmalarning afzallik va kamchiliklari
k. Payvand birikmalar ajralmas birikmalarning asosiy turi bo’lib, ulardan mashinasozlikda va qurilishda keng foydalaniladi. Uning boshqa ajralmas biirkmalarga qaraganda quyidagi afzalliklari bor: 1. Kam mehnat talab qiladi; 2. Metall tejaladi (30 -40 %); 3. Tannarxining arzonligi; 4. Vaqt tejamkorligi. Kamchiliklari : 1. Materiallar termik deformatsiyalanadi; 2. Hamma materiallarni ham payvandlab bo’lmasligi.
Dumalash podshipniklarining turlari va tuzilishi
r. Dumalash podshipniklarida sirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni keskin ravishda kamaytirishga imkon beradi. Dumalash podshipnigida aylanuvchi detalning sirti bilan tayanch sirti orasida sharlar yoki roliklar joylashadi. Dumalash podshipniklari, odatda, tashqi va ichki xalqalar, dumalanuvchi jismlar (shar yoki roliklar) va separator ( jismlarni bir-biridan ma’lum masofada tutib turuvchi detal’)dan iborat. 2.Dumalash podshipniklarining (afzalligi); 1. O’q yo’nalishi bo’yicha o’lchamlari kichik; 2. Mashinani yurgizayotganda, shuningdek ishlab turganida ishqalanish koeffitsenti kichik bo’ladi; 3. Montaj qilish va ishlatish davomida qarovi juda oson; 4. Moy kam sarflanadi; Dumalash podshipniklarining (kamchiliklari): 1. Zarb nagruzkaga juda ta’sirchan; 2. Aylanishlar sonini ortiqcha oshirilib bo’lmaydi; 3. Podshipnikning aniqlik klassini oshirgan sari narxi ham oshirib boraveradi; 4. Kontakt kuchlanishlar qiymati katta bo’lgani sababli, katta tezliklarda aylantirganda ishlash muddati qisqara boradi. 3.Dumalaydigan podshipniklar ta’sir etuvchi nagruzkaning yo’nalishiga qarab radial, ( val o’qiga tik kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan), tirak (val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan), radial-tirak ( val o’qiga tik kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchni qabul qilishga mo’ljallangan) podshipniklarga bo’linadi. Dumalanish jismlarining shakliga ko’ra xalqalar ish sirtining shakliga ko’ra sharikli, rolik-tsilindrsimon –qisqa, uzun (ignasimon) va o’rama rolikli, rolikli konussimon, rolikli sferik, rolikli sferik –konussimon turlarga bo’linadi. Dumalanish jismlari qatorining soniga ko’ra bir, ikki va ko’p qatorli bo’lishi mumkin. Dumalash podshipniklari nagruzka jixatidan engil , o’rta S va og’ir T seriyali qilib tayyorlanadi. Podshipniklarining shartli belgilanishi: Masalan: Chap tomondagi birinchi son seriyasi ko’rsatadi. 2 – engil seriya; rasm 3 – o’rta seriya; 4 – o’rta seriya; 4- og’ir seriya; O’ng tomondagi ikki son podshipnik ichki diametrining 5 ga bo’linganiga teng qilib olinadi

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin