Qavariq linza turlari:
1. Ikki yoqlama qavariq-
2. Yassi qavariq-
3. Botiq qavariq-
Botiq linza turlari:
1. Ikki yoqlama botiq-
2. Yassi botiq-
3. Qavariq botiq-
Yaqindan ko’rish nuqsoni bor ko’zlar uchun sochuvchi linzadan ko’zoynak tayyorlanadi.
Uzoqdan ko’rish nuqsoni bor ko’zlar uchun yig’uvchi linzadan ko’zoynak tayyorlanadi.
Yig’uvchi linzada tasvir yasashning 5 ta holati:
1.Buyum fokus bilan linza oralig’ida joylashgan bo’lsa, tasvir mavhum,to’g’ri kattalashgan bo’ladi.
2.Buyum fokusda joylashgan bo’lsa, tasvir cheksizlikda hosil bo’ldi.
3.Buyum fokus bilan ikkilangan fokus oralig’ida joylashgan bo’lsa, tasvir haqiqiy, teskari,kattalashgan
bo’ladi.
4.Buyum ikkilangan fokusda joylashgan bo’lsa,tasvir haqiqiy,teskari va tasvir o’lchami buyum o’lchamiga
teng bo’ladi.
5.Buyum ikkilangan fokusdan uzoqda joylashgan bo’lsa,tasvir haqiqiy,teskari kichiklashgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |