Fizikadan ta’riflar
Mexanika.
Moddalar 3 xil holatda bo’ladi:
1. Qattiq
2. Suyuq
3. Gaz
Qattiq jism zarralari muayyan tartibda joylashadi. Ya’ni ularning atomlari zich joylashgan
bo’lib, bir biri bilan o’rin almashinmaydi. Shu ababli qattiq jism o’z shaklini o’zgartirmaydi.
Suyuqlik molekulalari zich joylashadi va bir biri bilan tez o’rin almashadi. Shu sababli
suyuqliklar oquvchan bo’ladi va ularni siqib bo’lmaydi.
Gaz molekulalari juda siyrak joylashadi va ularni istagancha siqish mumkin.
1.Diffuziya-Turli modda molekulalarining bir biriga aralashib ketish hodisasi diffuziya deyiladi.
Diffuziya gazlarda juda tez, suyuqliklarda sekinroq, qattiq jismlarda juda sekin yuz beradi.
2.Mexanika- Fizikaning mexanik hodisalar o’rganiladigan bo’limi mexanika deyiladi.
3.Mexanik hodisalar-Mexanik harakatga bog’liq bo’lgan hodisalar mexanik hodisalardeyiladi.
4.Mexanik harakat-Jismni fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi mexanik harakat deyiladi.
5.Traektoriya-Jism o’z harakati davomida qoldirgan iz traektoriya deyiladi.
6.Yo’l-Jism biror vaqt davomida bosib o’tadigan trektoriya yo’l deyiladi.
7.Moddiy nuqta-Muayyan sharoitda o’lchamlarini e’tiborga olmasa bo’ladigan jism moddiy nuqta deyiladi.
8.Ko’chish-Jismning boshlang;ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo’nalishli to’g’ri chiziq kesmasi
ko’chish deyiladi.
9.To’g’ri chiziqli tekis harakat-Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar ichida bir xil yo’l bossa bunday
harakat to’g’ri chiziqli tekis harakat deyiladi.
10.To’g’ri chiziqli notekis harakat-Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar ichida har xil yo’l bossa
bunday harakat to’g’ri chiziqli notekis harakat deyiladi.
11.Tezlik-Bosib o’tilgan yo’lning vaqtga nisbati tezlik deyiladi.
12.Zichlik-Modda massasining uning hajmiga nisbati zichlik deyiladi.
13.Og’irlik kuchi-Jismni yerga tortuvchi kuch og’irlik kuchi deyiladi.
14.Jism og’irligi-Jism tomonidan tayanchga yoki osmaga ta’sir etuvchi kuch jism og’irligi deyiladi.
15.Arximed kuchi-Jismni suyuqlik yoki gazdan itarib chiqaruvchi kuch arximed kuchi deyiladi.
16.Arximed qonuni- Suyuqlik yoki gazga butunlay botirilgan jismni shu suyuqlik yoki gazdan itarib chiqaruvch kuch
shu jism hajmiga teng hajmli suyuqlik yoki gaz og’irligiga teng.
Agar jismning zichligi suyuqlik zichligidan katta bo’lsa , bu jism shu suyuqlikka cho’kadi.
Agar jismning zichligi suyuqlik zichligidan kichik bo’lsa , cho’kmaydi.
Agar jismning zichligi suyuqlik zichligiga teng bo’lsa , bu jism shu suyuqlikning istalgan
joyida muvozanatda bo’ladi.
17.Mexanik ish-Kuch bilan shu kuch yo’nalishidagi ko’chishning ko’paytmasi mexanik ish deyiladi.
Ish skalyar, ko’chish vektor kattalik.
18.Quvvat-Bajarilgan ishning vaqtga nisbati quvvat deyiladi.
19.Bosim-Sirtga perpendikulyar yo’nalishda ta’sir etuvchi kuchning shu sirt yuzasiga nisbati bosim deyiladi.
20.Paskal qonuni-Suyuqlik yoki gazga ta’sir ettirlgan bosim shu suyuqlik yoki gazning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz
uzatiladi.
21.Gidravlik press-Presslash uchun ishlatiladigan gidravlik mashina gidravlik press deyiladi.
22.Oddiy mexanizm- Kuchni o’zgartirish uchun xizmat qiladigan har qanday moslama oddiy mexanizm deyiladi.
Oddiy mexanizm turlari:
1.Rechag (blok , chig’iriq)
2.Qiya tekislik (pona, vint).
23.Rechag-Qo’zg’almas tayanch atrofida aylana oladigan har qanday qattiq jism rechag deyiladi.
24.Rechagning muvozanatlilik sharti-Rechakka qo’yilgan kuchlar o’z yelkalariga teskari proporsional bo’lganda rechag
muvozanatda bo’ladi.
25.Kuch yelkasi-Kuchning ta’sir chizig’idan tayanch nuqtasigacha bo’lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deyiladi.
26.Kuch momenti-Kuch bilan kuch yelkasining ko’paytmasi kuch moment deyiladi.
Blok 2 turli bo’ladi:
1.Ko’chmas blok (qo’zg’almas)
2.Kochar blok (qo’zg’aluvchan).
Ko’chmas blok kuchning ta’sir yo’nalishini o’zgartiradi va kuchdan yutuq bermaydi.
Ko’char blok kuchdan 2 marta yutuq beradi.(Ishqalanish hisobga olinmasa)
27. Mexanikaning oltin qoidasi-Kuchda necha marta yutsak masofadan shuncha marta yutqazamiz. Hech qaysi oddiy
mexanizm ishdan yutuq bermaydi.
28.Foydali ish koeffetsienti- Foydali ishni butun ishga nisbating foizlarda olingan qiymati foydali ish koeffitsienti
deyiladi.
29.Energiya-Jismning ish bajarish qobilyatini xarakterlovchi kattalik energiya deyiladi.
30.Kinetik energiya-Jismning harakat energiyasi kinetic energiya deyiladi.
31.Potensial energiya-Jismning o’zaro ta’sir energiyasi potensial energiya deyiladi.
32.Ichki energiya-Jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning harakat va o’zaro ta’sir energiyalari yig’indisi ichki energiya
deyiladi.
33.Ichki energiya- Jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning kinetic va potensial energiyalari yig’indisi ichki energiya
deyiladi.
Ichki energiyani o’zgartirish usullari 2 xil:
1. Ish bajarish
2.Issiqlik uzatish
34. Issiqlik uzatish-Ish bajarmasdan turib bir zarralardan boshqa zarralarga energiya o’tishi tufayli ichki energiyani
o’zgarishi issiqlik uzatish deyiladi.
Issiqlik uzatishning 3 ta turi bor:
1.Issiqlik o’tkazuvchanlik
2.Konveksiya
3.Nurlanish.
35. Issiqlik o’tkazuvchanlik-Jismning issiq tomonidan sovuq tomoniga molekulalar harakatisiz bir molekuladan boshqa
molekulaga energiya o’tishi tufayli issiqlikning o’tishi issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi.
Issiqlik o’tkazuvchanligi yomon va yaxshi bo’lgan moddalar bor.
Issiqlik o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan moddalarga metallar kiradi.
Issiqlik o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan moddalarga quruq yog’och, jun mato, havo kabilar kiradi.
36. Konveksiya-Issiqlikni gaz yoki suyuqlik oqimi o’zi bilan birga ko’chirishi konveksiya deyiladi.
Konveksiyaga shamol, tortim, isitish trubalarida suvning harakatlanishi va boshqalar misol bo’ladi.
37. Nurlanish-Issiqlikni issiqlik o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan muhit orqali o’tishi nurlanish deyiladi.
Nurlanishga quyoshning yer yuzini qizdirishi misol bo’la oladi.
38.Issiqlik miqdori-Issiqlik uzatish vaqtida jism olgan yoki yo’qotgan ichki energiya miqdori issiqlik miqdori deyiladi.
39. 1 Kaloriya(1 kall)- 1 gramm suvning haroratini 1
o
C (1 gradus selzi ) o’zgartirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori
1 kaloriya deyiladi.
40. Solishtirma issiqlik sig’imi- 1 kg massali modda haroratini 1
o
C o’zgartirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori
solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi.
41. Solishtirma yonish issiqligi- 1 kg massali yoqilg’i batamom yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori
solishtirma yonish issiqligi deyiladi.
42. Solishtirma erish issiqligi- 1 kg missali kristall jismni erish haroratida butunlay suyuqlikka aylantirish uchun zarur
bo’lgan issiqlik miqdori solishtirma erish issiqligi deyiladi.
43.Bug’lanish- Suyuqlik sirtidan bug’ molekulalarining uchib chiqish hodisasi bug’lanish deyiladi.
44.Kondensatsiya- Bug’ molekulalarining qaytadan suyuqlikka aylanishi kondensatsiya deyiladi.
45.Qaynash- Suyuqlikning butun hajmi bo’ylab bug’ pufakchalarining ajralib chiqish hodisasi qaynash deyiladi.
46.Solishtirma bug’lanish issiqligi- 1 kg massali suyuqlikni qaynash haroratida butunlay bug’ga aylantirish uchun zarur
bo’lgan issiqlik miqdori solishtirma bug’lanish issiqligi deyiladi.
Suyuqlik qaynayotganda uning harorati o’zgarmaydi.
Kristall jism qanday haroratda erisa , xuddi shunday haroratda qotadi.
47. Kristall-Atomlari muntazam kristall panjaralar hosil qiladigan qattiq jismlar kristalllar deyiladi.
48.Amorf jismlar-Atomlari muntazam kristall panjaralar hosil qilmaydigan qattiq jismlar amorf jismlar deyiladi.
Amorf jismlarning tayinli erish harorati bo’lmaydi.
Amorf jismlarga shisha, kanifol, smola, lastmassalar misol bo’la oladi.
Kristalllar 2 turli bo’ladi:
1.Mono kristalllar
2.Pole kristalllar.
49.Mono kristallar-Yakka-yakka kristallar mono kristalllar deyiladi. Masalan: qor uchquni, osh tuzi kristali.
50.Pole kristallar-Juda ko’p mono kristallardan tashkil topgan kristallar pole kristallar deyiladi. Masalan: metallar.
Kristallar aniq bir haroratda eriydi va o’sha haroratda qotadi.
51.Kristallar anizatropiyasi- Kristallar fizik xossalarining ular ichida olingan yo’nalishga bog’liqligi kristallar
anizatropiyasi deyiladi.
52.Deformatsiya- Jism shakli yoki hajmining o’zgarishi deformatsiya deyiladi.
Qattiq jism deformatsiyasi turlari:
1. Cho’zilish
2. Siqilish
3. Siljish
4. Egilish
5. Buralish
53.Elastiklik kuchi- Jism deformatsiyalanganda paydo bo’ladigan va deformatsiyalovchi kuchga qarama-qarshi
yo’nalgan kuch elastiklik kuchi deyiladi.
54.Elastik deformatsiya- Kuch ta’siri olib tashlangandan so’ng yo’qoladigan deformatsiya elastik deformatsiya
deyiladi.
55.Plastik deformatsiya-Kuch ta’siri olib tashlangandan so’ng yo’qolmaydigan deformatsiya plastik deformatsiya
deyiladi.
56.Plastiklik-Material arzimagn kuchlar ta’sirida plastik deformatsiyalansa , bu xossa plastiklik deyiladi.
57.Mo’rtlik-Material arzimagan kuchlar ta’sirida yemirilsa, bu xossa mo’rtlik deyiladi.
58.Guk qonuni- Elastiklik kuchi cho’zilish (siqilish) ga to’g’ri proporsionaldir.
59.Absolyut uzayish-Deformatsiyadan keying uzunlik bilan dastlabki uzunlik orasidagi farqning moduli absolyut uzayish
deyiladi.
60.Nisbiy uzayish- Absolyut uzayishning dastlabki uzunlikka nisbati nisbiy uzayish deyiladi.
61.Mexanik kuchlanish-Materialning ko’ndalang kesim yuziga perpendikulyar yo’nalishda ta’sir etuvchi kuchning
shu yuzaga nisbati mexanik kuchlanish deyiladi.
62.Bikrlik- Jismning elastiklik xossasini xarakterlovchi kattalik bikrlik deyiladi.
63.Proporsionallik chegarasi- Guk qonuni to’g’ri bo’ladigan holdagi eng katta mexanik kuchlanish proporsionallik
chegarasi deyiladi.
64.Elastiklik chegarasi- Sezilarli qoldiq deformatsiyalar paydo bo’lmaydigan holdagi eng katta mexanik kuchlanish
elastiklik chegarasi deyiladi.
65.Mustahkamlik chegarasi- Material uziladigan holdagi eng katta mexanik kuchlanish mustahkamlik chegarasi
deyiladi.
66.Sirt taranglik kuchi- Suyuqlik sirtini chegaralovchi chiziqqa perpendikulyar yo’nalishda shu sirt bo’ylab
yo’nalgan va bu sirtni iloji boricha kamaytirishga intiluvchi kuch sirt taranglik kuchi deyiladi.
67.Kapilyarlik- Suyuqlikning ingichka naylarda ko’tarilishi yoki pasayishi kapilyarlik deyiladi.
68.Ho’llash- Qattiq jism molelulalari bilan suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi suyuqlik
molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchidan katta bo’lsa, bu suyuqlik shu qattiq jismni ho’llaydi.
69.Ho’llamaslik- Qattiq jism molelulalari bilan suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi suyuqlik
molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchidan kichik bo’lsa, bu suyuqlik shu qattiq jismni ho’llamaydi.
Ho’llashda suyuqlik ko’tariladi, ho’llamaslikda pasayadi.
70.To’yingan bug’- O’zining suyuqligi bilan dinamik mnuvozanatda bo’lgan bug’ to’yingan bug’ deyiladi.
71.Kritik harorat- Suyuqlik va uning to’yingan bug’ining fizik xossalari farqi yo’qoladigan harorat kritik harorat
deyiladi.
72.Shudring nuqtasi- Suv bug’i to’yinadigan harorat shudring nuqtasi deyiladi.
73. Havoning namligi- Havoda bo’ladigan suv bug’ining miqdori havoning namligi deyiladi.
74.Absolyut namlik- 1 sm
3
havodagi suv bug’ining grammlarda ifodalangan qiymati absolyut namlik deyiladi.
Namlik Gigrometr va Psixrometr asboblari yordamida o’lchanadi.
75.Partsial bosim- Boshqa gazlar bo’lmagan holda suv bug’I berishi mumkin bo’lgan bosim suv bug’ining partsial
bosimi deyiladi.
76.Nisbiy namlik- Tayinli bir haroratda suv bug’i partsial bosimining shu haroratdagi to’yingan bug’ bosimiga
nisbatining foizlarda olingan qiymati nisbiy namlik deyiladi.
Mexanikaning 3 bo’limi bor:
1.Kinematika
2.Dinamika
3.Statika.
77.Kinematika- Mexanik harakatni uning yuzaga kelish sabablarini e’tiborga olmasdan o’rganadigan mexanika bo’limi
kinematika deyiladi.
78.Dinamika- Mexanik harakatni uning yuzaga kelish sabablarini e’tiborga olgan holda o’rganadigan mexanika bo’limi
dinamika deyiladi.
79.Statika- Jismlarning muvozanat shartlarini o’rganadigan mexanika bo’limi statika deyiladi.
80.Tezlanish-Tezlik o’zarishining shu o’zgarish yuz bergan vaqt oralig’iga nisbati tezlanish deyiladi.
81.To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat- Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar ichida tezligi bir
xil o’zgarsa bunday harakat to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat deyiladi.
To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat 2 turli bo’ladi:
1.To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat
2.To’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat.
82. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat- Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar
ichida tezligi bir xil ortsa bunday harakat to’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat deyiladi.
83. To’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat- Jism to’g’ri chiziqli harakati davomida teng vaqtlar ichida
tezligi bir xil kamaysa bunday harakat to’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat deyiladi.
84.Erkin tushish- Havosiz fazoda hech narsaning qarshiligiga uchramasdan tushish erkin tushish deyiladi.
Erkin tushayotgan jism vaznsizlik holatida bo’ladi.
85.Vaznsizlik-Jism og’irligi nolga teng bo’ladigan holat vaznsizlik deyiladi.
86.Nyutonning 1- qonuni- Shunday sanoq sistemalari mavjudki, jismga boshqa jismlar ta’sir qilmasa yoki boshqa
jismlar ta’siri kompensatsiyalangan(muvozanatlangan) bo’lsa , bu jism shu sanoq sistemasiga nisbatan o’z
tezligini o’zgartirmaydi yoki tinch qoladi.
87.Enertsiya-Jismga boshqa jsmlar ta’sir qilmagan holda uning o’z teligini saqlash hodisasi enertsiya deyiladi.
88.Enertsial sanoq sistemalari- Jismga boshqa jismlar ta’sir qilmagan holda o’z tezligini saqlaydigan sanoq sistemalari
enertsial sanoq sistemalari deyiladi.
89.Enertlik- Bir xil sharoitda turgan ikki jismga bir xil vaqt ichida bir xil ta’sir ko’rsatilganda , ulardan qaysi biri kamroq
masofaga ko’chsa , shu jism enertroqdir.
90.Massa- Jismni enertligini ifodalovchi kattalik massa deyiladi.
91.Nyutonning 2- qonuni- Jismga ta’sir etuvchi kuch shu jism massasi bilan uning shu kuch ta’sirida olgan
tezlanishining ko’paytmasiga teng.
93. Nyutonning 3- qonuni- Jismlar bir-biriga ayni bir to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan, absolyut qiytmat jihatidan teng
va yo’nalishi jihatidan qarama-qarshi bo’lgan kuchlar bilan ta’sirlashadi.
94.Butun olam tortishish qonuni-Jismlar bir-birini o’zlarining massalari ko’paytmasiga to’g’ri proporsional va
oralaridagi masofaning kvadratiga teskari bo’lgan kuchlar bilan tortadi.
95.Ishqalanish kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan jismlar orasida paydo bo’ladigan va harakatlantiruvchi kuchga
qarama-qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish kuchi deyiladi.
96.Tinchlikdagi ishqalanish kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan va bir biriga nisbatan tinch turgan jismlar orasida
paydo bo’ladigan ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.
97.Sirpanish ishqalanish kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan va biri ikkinchisiganisbatan sirpanib harakatlanayotgan
jismlar orasida paydo bo’ladigan ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchi deyiladi.
98.Dumalanish ishqalanish kuchi- Sirtlari bir-biriga tegib turgan va biri ikkinchisiganisbatan dumalanib harakatla-
nayotgan jismlar orasida paydo bo’ladigan ishqalanish kuchi dumalanish ishqalanish kuchi deyiladi.
99.Impuls-Jism massasi bilan tezligining ko’paytmasi impuls deyiladi. Impuls harakat miqdori demakdir.
100.Kuch impulsi- Jism impulsining o’zgarishi kuch impulse deyiladi.
101.Reaktiv harakat- Jismdan uning bir qismi ajralganda sodir bo’ladigan harakat reaktiv harakat deyiladi.
102.Impulsning saqlanish qonuni- Yopiq sistema hosil qiluvchi jismlar impulslarining geometrik yig’indisi ularning
har qanday o’zaro ta’sirida o’zgarmay qolaveradi.
103.Absolyut elastik to’qnashuv- Jismlar bir-biriga to’qnashgandan so’ng absolyutelastik deformatsiyalansa, bunday
to’qnashuv absolyut elastik to’qnashuv deyiladi.
104.Absolyut noelastik to’qnashuv- Jismlar bir-biriga to’qnashgandan so’ng absolyutnoelastik deformatsiyalansa,
bunday to’qnashuv absolyut noelastik to’qnashuv deyiladi.
105.To’liq mexanik energiyaning saqlanish qonuni- Yopiq sistema hosil qiluvchi va birbiri bilan tortishish yoki
elastiklik kuchlari bilan ta’sirlashuvchi jismlar to’liq mexanik energiyasi o’zgarmaydi.
Aylana bo’ylab harakat egri chiziqli harakatning xususiy holidir.
Aylana bo’ylab harakatda chiziqli tezlik, burchak tezlik va markazga intlma tezlanish mavjud bo’ladi.
Chiziqli tezlik aylananing ixtiyoriy nuqtasida urinma bo’ylab yo’naladi.
Markazga intilma tezlanish radius bo’yicha markazga tomon yo’naladi.
106.Chiziqli tezlik- Yoy uzunligining shu uzunlikni bosib o’tishga ketgan vaqtga nisbati chiziqli tezlik deyiladi.
107. Burchak tezlik-Radius burilish burchagining shu burilish yuz bergan vaqt oralig’iga nisbati burchak tezlik deyiladi.
108.Aylanishlar davri-Bir marta to’liq aylanib chiqish uchun ketgan vaqt aylanish davri deyiladi.
109.Aylanishlar chastotasi- Vaqt birligi ichidagi aylanishlar soni aylanishlar chastotasi deyiladi.
110.Xususiy chastota- 1 sekund vaqt ichidagi aylanishlar soni xususiy chastota deyiladi.
111.Doiraviy(siklik) chastota-
sekund vaqt ichidagi aylanishlar soni doiraviy chastota deyiladi.
Freksion zanjirli va tasmali uzatmalarda har ikkala g’ildirakning chiziqli tezliklari bir xil bo’ladi.
Bitta o’qqa mahkamlangan g’ildiraklarda burchak tezlik bir xildir.
112.Tebranish-Muvozanat v aziyati atrofida takrorlanuvchi harakat tebranish deyiladi.
113. Tebranishlar davri- Bir marta to’liq tebranish uchun ketgan vaqt tebranish davri deyiladi.
114.Chastota- Vaqt birligi ichidagi tabranishlar soni chastota deyiladi.
115. Xususiy chastota- 1 sekund vaqt ichidagi tebranishlar soni xususiy chastota deyiladi.
116.Doiraviy(siklik) chastota-
sekund vaqt ichidagi tebranishlar soni doiraviy chastota deyiladi.
117.Siljish-Tebranuvchi sistemaning muvozanat vaziyatidan og’ishi siljish deyiladi.
118.Amplituda-Muvozzanat vaziyatidan eng katta siljish amplituda deyiladi.
119.Tebranishlar fazasi- Tebranuvchi sistemaning istalgan paytdagi vaziyatini aniqlovchi kattalik tebranish fazasi
deyiladi.
120.Garmonik tebranish-Fizik kattaliklarning sinus yoki cosinus qonuni bo’yicha o’zgarishlari garmonik tebranish
deyiladi.
Tebranishlar 2 turli bo’ladi:
1.Erkin tebranish
2.Majburiy tebranish.
121.Erkin tebranish- Vaqt o’tishi bilan so’nadigan tebranish erkin tebranish deyiladi.
122. Majburiy tebranish-Tashqi avriy kuchlar ta’siridagi tebranish majburiy tebranish deyiladi.
Erkin tebranishlarni yuzaga keltirish shartlari 2 xil:
1.Sistema muvozanat vaziyatidan chiqarilganda , uni muvozanat vaziyati tomon qaytaruvchi kuch mavjud
bo’lishi kerak.
2.Harakatga qarshilik kuchlari mumkin qadar kam bo’lishi zarur.
123.Rezonans(aks -sado)- Tashqi davriy kuchlar o’zgarishlarining chastotasi sistemaning xususiy tebranishlar chastotasi
bilan tenglashganda majburiy tebranishlar amplitudasining keskin ortishi rezonans deyiladi.
124.Matematik mayatnik- Cho’zilmaydigan deb qaraladigan ipga osilgan va massasi e’tiborga olinmaydigan jismdan
iborat sistema matematik mayatnik deyiladi.
Matematik mayatnikni og’irlik kuchining tangensial tashkil etuvchisi harakatga keltiradi.
125.Elektr tebranish-Zaryad , tok kuchi va kuchlanishning vaqt o’tishi bilan dvriy ravishda sinus yoki cosinus qonuni
bo’yicha o’zgarishlari elektr tebranish deyiladi.
126.Tebranish konturi-Kondensator va induktiv g’altakdan iborat sistema tebranish konturi deyiladi.
Tebranish konturida erkin elektromagnit tebranishlar yuzaga keladi.
127.O’zgaruvchan tok- Vaqt o’tishi bilan qiymati va yo’nalishi garmonik ravishda o’zgaradigan tok o’zgaruvchan tok
deyiladi.
Elektr zaryadi 2 turli bo’ladi:
1. Musbat zaryad
2. Manfiy zaryad.
Eng kichik manfiy zaryadli elementar zarra – elektrondir.
128. Elektr zaryadining saqlanish qonuni-Yopiq sistema hosil qiluvchi zarralar zaryadlarining algebraik yig’indisi
o’zgarmaydi.
129.Elektrostatikaning asosiy qonuni(Kulon qonuni)- Vakuumda joylashgan zaryadli , nuqtaviy ikki jismning o’zaro
ta’sir kuchi bu zaryadlar modullarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional, ular orasidagi masofaning
kvadratiga teskari proporsional bo’ladi.
130.Dielektrik singdiruvchanlik-Fazoning biror nuqtasida vakuumdagi maydon kuchlanganligining o’sha nuqtada
muhitdagi maydon kuchlanganligiga nisbati muhitning dielektrik singdiruvchanligi deyiladi.
131.Elektr maydoni- Zaryadlar atrofidagi maydon elektr maydon deyiladi.
132.Elektrostatik maydon-Qo’zg’almas zaryad atrofidagi maydon elektrostatik maydon deyiladi.
133. Bir jinsli maydon-Kuchlanganligi fazoning barcha nuqtalarida bir xil bo’lgan maydon bir jinsli maydon deyiladi.
Elektr maydonini kuchlanganlik kuch jihatidan xarakterlaydi.
Kuchlanganlik vektori yo’nalishini elektr maydon kuch chiziqlari belgilaydi.
Kuch chiziqlari musbat zaryaddan chiqish yo’nalishida, manfiy zaryadga kirish yo’nalishida bo’ladi.
134.Kuchlanganlik-Zaryadga maydon tomonidan ta’sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbati elektr maydon
kuchlanganligi deyiladi.
135.Potensial-Zaryad potensial energiyasining shu zaryadga nisbati maydon potensiali deyiladi.
136.Kuchlanish-Zaryadni elektrostatik maydon bo’ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chirishda maydonbajargan
ishning shu zaryadga nisbati kuchlanish deyiladi.
137.Zaryadning sirt zichligi-Zaryadning shu zaryad joylashgan sirt yuzasiga nisbati zaryadning sirt zichligi deyiladi.
138.Dielektrik-Elektr tokini yomon o’tkazadigan moddalar dielektriklar deyiladi.Ularga rezina,quruq yog’och,
disterlangan suv, plastmassa va boshqalar kiradi.
Dielektriklar 2 turli bo’ladi:
1.Qutbli
2.Qutbsiz.
139.Qutbli dielektriklar-Musbat va manfiy zaryadlarining taqsimot markazlari ustma-ust tushmaydigan dielektriklar
qutbli dielektriklar deyiladi.
140.Qutbsiz dielektriklar-Musbat va manfiy zaryadlarining taqsimot markazlari ustma-ust tushadigan dielektriklar
qutbsiz dielektriklar deyiladi.
141.Elektr sig’imi- Ikki o’tkazgichning elektr sig’imi deb ulardan biridagi zaryadning bu o’tkazgichlar uchlaridagi
kuchlanishga nisbatiga aytiladi.
142.Kondensator- Ikki o’tkazgich bo’lib, ular orasiga bu o’tkazgichlar o’lchamiga nisbatan juda kichik bo’lgan
dielektrik qatlami qo’yiladi.
143.Elektr toki- Zaryadli zarralarning bir tomonga yo’nalgan tartibli harakati elektr toki deyiladi.
144.Tok kuchi- O’tkazgichning ko’ndalang kesimi orqali biror vaqt ichida o’tadigan zaryadning shu vaqtga nisbati
tok kuchi deyiladi.
145.Zanjirning bir qismiga oid Om qonuni- Zanjirning bir qismidagi tok kuchi shu qism uchlaridagi kuchlanishga
to’g’ri proporsional va shu qism qarshiligiga teskari proporsional bo’ladi.
146.Elektr yurituvchi kuch(E.Yu.K)- Zaryadni berk zanjir bo’ylab ko’chirishda tashqi kuchlar bajargan ishning shu
zaryadga nisbati E.Yu.K deyiladi.
147.Joul-Lens qonuni- O’tkazgichdan elektr toki o’tayotganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok kuchining
kvadrati, qarshilik va vaqtning ko’paytmasiga teng.
148.Magnit maydoni- Toklar atrofidagi maydon magnit maydon deyiladi.
Magnit maydoni moddiydir.
Magnit maydonining ikkita asosiy xossasi bor:
1.Magnit maydonni elektr toki hosil qiladi.
2.Magnit maydoni uning tokka ko’rsatadigan ta’siri bilan xarakterlanadi.
149.Amper gepotizasi- Magnit bu molekulalar atrofida aylanib yuruvchi kichik toklar to’plamidir.
Magnitning 2 qutbi mavjud:
1.Shimoliy
2.Janubiy.
Magnit induksiya chiziqlari shimoliy qutbdan chiqadi va janubiy qutbga kiradi.
Magnit induksiya chiziqlari doimo berk bo’ladi.
Yerning shimoliy magnit qutbi janubiy geografik qutb yaqinida joylashgan. Janubiy magnit qutbi esa
shimoliy geografik qutb yaqinida joylashgan.
Magnit maydonini magnit induksiyasi vektori xarakterlaydi.
150.Magnit induksiyasi- Maksimal aylantiruvchi momentning ramka orqali o’tuvchi tok kuchi va ramka yuzasi
ko’paytmasiga nisbati magnit induksiyasi deyiladi.
Magnit induksiyasi vektorining yo’nalishi Parma qoidasi bo’yicha aniqlanadi.
Parma qoidasi 2 xil:
1.To’g’ri tok uchun
2.Aylanma tok uchun.
151. Parma qoidasi( to’g’ri tok uchun)-Parma dastasini o’ng vint bo’yicha buraganimizda parma uchining oldinga
ketish yo’nalishi tok yo’nalishini ko’rsatadi. Dasta uchining aylanish yo’nalishiga ixtiyoriy nuqtada
o’tkazilgan urinma magnit induksiya vektorining yo’nalishini ko’rsatadi.
152. Parma qoidasi( aylanma tok uchun)-Parma dastasini o’ng vint bo’yicha buraganimizda parma uchining oldinga
ketish yo’nalishi magnit induksiya vektor yo’nalishini ko’rsatadi. Dasta uchining aylanish yo’nalishi tok
yo’nalishini ko’rsatadi.
153.Magnit singdiruvchanlik- Fazoning biror nuqtasida muhitdagi magnit induksiyasi o’sha nuqtada vakuumdagi
magnit induksiyasidan necha marta katta ekanini ko’rsatuvchi kattalik magnit singdiruvchanlik deyiladi.
Moddalar magnit xossalariga ko’ra 3 xil bo’ladi:
1.Ferromagnit(masalan: temir)
2.Paramagnit (alyumeniy)
3.Diomagnit (mis).
154.Kyuri harorati-Moddaning magnit xossalari yo’qoladigan harorat Kyuri harorati deyiladi.
155.Magnit oqimi-Magnit induksiyasi, ramka yuzasi va ramka yuzasiga o’tkazilgan normal bilan magnit induksiya
vektori orasidagi burchak kosinusining ko’paytmasi magnit oqimi deyiladi.
156.Induktivlik-O’tkazgichdagi tok kuchi 1 sekund vaqt ichida 1 Amperga bir tekis o’zgarganda unda hosil bo’ladigan
induksiya E.Yu.K ga son qiymat jihatidan teng bo’ladigan kattalik induktivlik deyiladi.
157. 1 Genri- O’tkazgichdagi tok kuchi 1 sekund vaqt ichida 1 Amperga bir tekis o’zgarganda unda 1 volt induksiya
E.Yu.K hosil bo’lsa , bu o’tkazgich induktivligi 1 Genri bo’ladi.
158 .Amper kuchi –O’tkazgich kesmasiga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuch Amper kuchi deyiladi.
159. Chap qo’l qoidasi(Amper kuchi uchun)- Agar chap qo’limizning kaftini magnit induksiyasining o’tkazgich
kesmasiga perpendikulyar tashkil etuvchisi kiradigan qilib tutib , yoyilgan 4 barmoq tok yo’nalishida
ochilsa, 90
o
ga kerilgan bosh barmoq Amper kuchi yo’nalishini ko’rsatadi.
160. Lorens kuchi-Harakatlanuvchi zaryadga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuch Lorens kuchi deyiladi.
161.Chap qo’l qoidasi(Lorens kuchi uchun)- Agar chap qo’limizning kaftini magnit induksiyasining zaryad tezligiga
perpendikulyar tashkil etuvchisi kiradigan qilib tutib , yoyilgan 4 barmoq musbat zaryad harakati
yo’nalishida ochilsa, 90
o
ga kerilgan bosh barmoq Lorens kuchi yo’nalishini ko’rsatadi.
162. O’z induksiya- O’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichning o’zida induksiya E.Yu.K hosil bo’lish
hodisasi o’z induksiya hodisasi deyiladi.
163.Elektromagnit induksiya hodisasi-O’zgaruvchan magnit maydonida tinch turgan yoki o’zgarmasmagnit maydonida
harakatlanayotgan berk o’tkazuvchan konturda induksion tok hosil bo’lish hodisasi elektromagnit
induksiya hodisasi deyiladi.
164. Elektromagnit induksiya qonuni- Berk konturda paydo bo’ladigan induksiya E.Yu.K ning moduli shu kontur bilan
chegaralangan yuza orqali o’tuvchi magnit oqimi o’zgarish tezligining moduliga teng.
165.Lens qoidasi- Berk konturda paydo bo’ladigan induksion tok shunday yo’naladiki, but ok hosil qilgan magnit oqimi
tashqi magnit oqimining bu tokni yuzaga keltirishdagi o’zgarishini kompensatsiyalashga intiladi.
166.O’ng qo’l qoidasi- Agar o’ng qo’limizning kaftini magnit induksiyasining o’tkazgich kesmasiga perpendikulyar
tashkil etuvchisi kiradigan qilib tutib , 90
o
ga kerilgan bosh barmoq o’tkazgich harakati yo’nalishini
ko’rsatsa, yoyilgan 4 barmoq induksion tok yo’nalishini ko’rsatadi.
167.O’ta o’tkazuvchanlik- Metallar solishtirma qarshiligining harorat pasayganda sakrab 0 ga tushib qolish hodisasi
o’ta o’tkazuvchanlik hodisasi deyiladi.
O’ta o’tkazuvchanlik holatida tokning faqat magnit ta’siri kuzatiladi.
Tokning ta’siri 3 xil:
1.Magnit
2.Issiqlik
3.Kimyoviy.
Tokning magnit ta’siri hamma vaqt kuzatiladi.
Kimyoviy ta’sir suyuqliklardan elektr toki o’tganda kuzatiladi.
Issiqlik ta’siri o’ta o’tkazuvchanlikdan tashqari hamma hollarda kuzatiladi.Vakuumda ham bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |