Miltillama razryad juda past kuchlanishlarda va tok kuchlarida hosil bo’ladi. Reklama chiroqlarida foydalaniladi.
Elektr yoyi 50-100 A tok kuchida va taxminan shunday kuchlanishlarda sodir bo’ladi.Undan payvantlash ishlarida
va projektorlarda foydalaniladi.
Tojli razryad o’tkazgichning uchli qismlarida paydo bo’ladi. Tojli razryad energiya isrofiga sababchi bo’lganligi
uchun o’tkazgichning uchli qismlari olib tashlanadi.
Uchqunli razryad juda yuqori kuchlanishlarda va tok kuchlarida sodir bo’ladi. Yashin misol bo’ladi.
190.Plazma-Qisman yoki to’liq ionlashgan gaz plazma deyiladi.
Molekulyar kinetik nazariya
191.Issiqlik harakati- Jismni tashkil qiluvchi zarrachalarning tartibsiz xaotik harakti issiqlik harakati deyiladi.
192.Issiqlik hodisalari-Issiqlik harakatiga bog’liq bo’lgan hodisalar issiqlik hodisalari deyiladi.
193.Molekulyar kinetik nazariya- Issiqlik hodisalarini barcha jismlar eng mayda zarralardan tuzilgan degan tasavvur
asosida o’rganadigan nazariya molekulyar kinetik nazariya deyiladi.
Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy qonun-qoidalari 3 ta:
1.Barcha jismlar eng mayda zarrachalardan tuzilgan.
2.Bu zarralar tartibsiz harakat qiladi.
3.Bu zarralar o’zaro ta’sirda bo’ladi.
194.Braun harakati- Suyuqlikda erimaydigan qattiq jism zarralarining hech qachon to’xtamaydigan tartibsiz (xaotik)
harakati Braun harakati deyiladi.
195.Ideal gaz-Molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir e’tiborga olinmaydigan gaz ideal gaz deyiladi.
196.Ideal gaz- Gaz qonunlariga to’liq bo’sunadigan gaz ideal gaz deyiladi.
Gaz parametrlari 3 ta:
1.Harorat
2.Hajm
3.Bosim.
197.Issiqlik muvozanati-
Gaz parametrlari istalgancha uzoq vaqt o’zgarmay qoladigan holat issiqlik muvozanati deyiladi.
198.Nisbiy molekulyar massa- Tayinli bir modda molekulasi massasining uglerod atomi massasining 12 dan 1 qismiga
nisbati nisbiy molekulyar massa deyiladi.
199.Modda miqdori- Tayinli bir moddadagi molekulalar sonining 0.012 kg ugleroddagi atomlar soniga nisbati modda
miqdori deyiladi.
200. 1 mol- Moddaning shunday miqdoriki , undagi molekulalar soni 0.012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng.
201.Molyar hajm-Normal sharoitda 1 mol gaz egallaydigan hajm molyar hajm deyiladi.
202.Normal sharoit-Atmosfera bosimi 100 kP
a
va harorat 0
o
C bo’lgandagi sharoit normal sharoit deyiladi.
203. Loshmidt soni-Normal sharoitdagi 1 m
3
hajmdagi ideal gaz molekulalari soni Loshmidt soni deyiladi.
204. Molyar massa- 1 mol miqdorda olingan modda massasi molyar massa deyiladi.
205.Konsentratsiya-Hajm birligidagi molekulalar soni konsentratsiya deyiladi.
206.Boltsman doimiysining fizik ma’nosi- 1ta gaz molekulasining haroratini 1 K ga o’zgartirish uchun
23
10
38
,
1
J
energiya berish zarur.
207.Universal gaz doimiysining fizik ma’nosi- 1 mol gazning haroratini 1 K ga o’zgartirish uchun 8,31 J
energiya berish zarur.
208.Izojarayon-Gaz parametrlaridan biri o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izojarayon deyiladi.
209.Boyl-Mariot qonuni-Ma’lum bir massali gazning harorati o’zgarmas bo’lganda,bosimi va hajmining ko’paytmasi
o’zgarmaydi.
210.Izotermik jarayon-Harorat o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izotermik jarayon deyiladi.
211.Gey-Lyussak qonuni- Ma’lum bir massali gazning bosimi o’zgarmas bo’lganda,hajmining haroratga nisbati
o’zgarmaydi.
212. Izobarik jarayon-Bosim o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izobarik jarayon deyiladi.
213.Sharl qonuni- Ma’lum bir massali gazning hajmi o’zgarmas bo’lganda,bosimning haroratga nisbati o’zgarmaydi.
214. Izoxorik jarayon-Hajm o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izoxorik jarayon deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |