Mexanika. Moddalar 3 XIL holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#37103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi Qattiq Suyuq Gaz Qatti

Termodinamika 

215.Termodinamika-Issiqlik hodisalarini barcha jismlar eng mayda zarrachaardan tuzilganligini e’tiborga olmasdan  

o’rganadigan fizika bo’limi termodinamika deyiladi.  

216. Termodinamikaning 1-qonuni-Sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda ichki energiyaning o’zgarishi tashqi  

kuchlar ishi bilan sistemaga uzatilgan issiqlik miqdorining yig’indisiga teng. 

Termodinamikaning 1-qonunining izojarayonlarga tadbiqi: 

1.Izotermik jarayonda sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng. Ichki energiya  

   o’zgarmaydi. 

2.Izoxorik jarayonda ish bajarilmaydi. Sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori ichki energiyaning o’zgarishiga  

   teng. 

3.Adiabatik jarayonda tashqi muhit bilan issiqlik almashinmaydi.Ichki energiyaning o’zgarishi tashqi kuchlar  

 bajargan ishga teng.  

217.Adiabatik jarayon-Tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan qilib izolyatsiyalangan sistemada sodir bo’ladigan  

jarayon adiabatik jarayon deyiladi. 

218.Karno sikli- 2ta adabata va 2ta izotermadan iborat sikl Karno sikli deyiladi 

219.Issiqlik mashinasi-Yoqilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi mashina issiqlik mashinasi  

deyiladi. 

220. Termodinamikaning 2-qonuni-Tabiatdagi barcha jarayonlar qaytmas jarayonlardir.Issiq jismdan sovuq jismga  

issiqlikning o’tishi qaytmas jarayondir.Ya’ni sovuq jismdan issiq jismga issiqlikni o’z-o’zidan o’tkazib  

bo’lmaydi. Termodinamikaning 2-qonuni issiqlik hodisalari uchun energiyaning saqlanish qonunini  

to’ldiradi. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin