Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

Nazorat savollari 
1.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning tarkibi qanday? 
2.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tarkibi va uning mohiyati qanday? 
3.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining 
beshta ustuvor yo‘nalishi tarkibi qanday? 
4.
Mutahassislikka qo’yiladigan talablar va ularning ish faoliyatini tishuntiring?
5.
Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qanday umumiy talablar qo‘yiladi ?
6.
Talabalarning bilimini nazorat qilish va baxolash mezonlarini bilasizmi? 


24 
2. O’zbekiston Respublikasi gidromeliorativ tizimlarining holati 
2.1.Respublika qishloq va suv xo‘jaligi tizimining bugungi holati va 
istiqbollari
 
Geografik joylashuvi
: O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo 
oralig‘ida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv km. Respublikamizning geografik 
joylashishi, yeri, iqlim sharoiti va sug‘orish tizimlari sug‘orma dehqonchilikda 
o‘ziga xos tomonlarini hisobga olinishini taqozo etadi. Dehqonchilikda asosan 
sug‘orma yer dehqonchiligi (92% dan ortiq erda) joriy etilgan. 
Ichki suv havzalari
: Mamlakat eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. 
Amudaryo uzunligi -1437 km., Sirdaryo -2137 km.ga yetadi. O’zbekistonning 
ko‘pgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-cho‘llarga singib ketadi, 
faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. Respublikada yil 
davomida suv bilan ta’min etib turuvchi Chordaryo kabi bir necha sun’iy ko‘llar 
mavjud. Tuproq va o‘simliklari. Pasttekisliklar cho‘l o‘simliklari, tog‘lari esa dasht, 
o‘rmon va tog‘ oldi yaylovlari o‘simliklaridan iborat. (2.1-rasm) 
2.1-rasm. O’zbekiston Respublikasining geografik joylashishi 
Respublika qishloq va suv xo‘jaligi istiqboli yildan yilga yuqori darajalarga 
ortib bormoqda va sanoat asosida faoliyat yuritish imkoniyatlari tuzilmoqda. 


25 
Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda 1600 dan ortiq nasos 
stansiyalari va 11000 donaga yaqin vertikal quduqlardagi nasos agregatlari ishlab 
turibdi. Ular yordamida 2.038 ming gektar yerlar (jami sug‘oriladigan yerlarning-
53%) sug‘oriladi. 
Respublikamiz suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarida 10145 dona nasos 
agregatlari ishlab kelmoqda. Ularning 5158 tasi elektrlashtirilgan va 4987 tasi esa 
dizel agregatlari yordamida harakatga keltiriladi.
Respublikada jami 61 ta suv omborlari mavjud bo‘lib, ularda to‘plangan suv 
zahiralari umumiy uzunligi 27711 km bo‘lgan xo‘jaliklararo kanallar orqali 
sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlaydi. Bulardan tashqari barcha magistral va 
xo‘jaliklararo suv tarqatish tarmoqlari elektrlashtirilgan bo‘lib, ularning barchasi 
past (0,4 kV) va yuqori (6, 10 kV) kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali elektr 
energiyasi bilan ta’minlanadi. Ushbu elektr tarmoqlarni samarali ekspluatatsiya 
qilishda energetika va avtomatika xizmati mutaxassis xodimlari bilan ta’minlash 
aktual masala bo‘lib qolmoqda.
Sobiq ittifoq tarkibida O‘zbekiston asosan xom-ashyo yetishtiruvchi agrar 
respublika hisoblanib kelgan va dehqonchilikda paxta monopoliyasi asosiy o‘rinni 
egallagan. Bozor iqtisodiyoti tomoyillarini agrar soha islohotida qo‘llash, asosiy 
boylik hisoblangan yerni davlat mulki sifatida saqlagan holda uzoq muddatga 
xususiy mulk qilib aholiga berilishi, qishloq xo‘jaligida eng yirik voqeyliklardan 
biridir. 1998 yilda qabul qilingan «Yer kadastri» qonuni ushbu muhim iqtisodiy 
islohotga huquqiy asos bo‘ldi. 
Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos 
keluvchi shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari, suvdan foydalanuvchilar 
uyushmalarini (SFU) joriy etilishi dehqonlarda mulkdorlik hislarini uyg‘otib, 
mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirishga qiziqish uyg`otdi. 1998 yilda 
Oliy majlis tomonidan qabul qilingan «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat 
xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi va «Dehqon xo‘jaligi 
to‘g‘risida»gi qonunlar xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etishda huquqiy 
xujjat bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. 
Ho‘jalik yuritishning yangi turlari asosida keyingi yillarda to‘plangan tajriba 
va ijobiy natijalar asosida «fermer xo‘jaliklari» qishloq xo‘jaligida xo‘jalik 
yuritishning ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi. 
Shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklarni moddiy-texnik ta’minlanishini 
yaxshilash va ularga servis xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini tashkil etish bo‘yicha
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2004 yilda qabul qilingan qaror qishloq xo‘jaligini 
barqaror rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Rivojlangan mamlakatlarda 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda aholining 3-5% ishtirok etsa, 
Respublikamizda qishloq aholisining 50-60% qishloq xo‘jalik mahsulotlari 


26 
yetishtirish bilan banddir. Ushbu ko‘rsatkich zaminida esa past hosildorlik, mahsulot 
yetishtirishda qo‘l mehnati salmog`ining kattaligi, kabi ko‘rsatkichlar bilan bir 
qatorda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot darajasini hamon past bo‘lib kelayotgani ham 
yotadi. 
Boshqa mavjud muammolar qatorida ilmiy texnik taraqqiyot qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida davlat tasarrufidagi yirik ishlab chiqarish xo‘jaliklari, tashkilot va 
korxonalarni xususiylashtirilishi hamda yirik fermerlar, xususiy korxonalar sonini 
bugungi kunda hali kamligi, ularning texnika va texnologiyalar sotib olish
mavjudlarini takomillashtirish (yangilash) uchun zaruriy mablag‘lari yetarli 
bo‘lmaganligi tufayli texnik ta’minot darajasi bir muncha pasayishi, binobarin 
mehnatni texnik va energetik resurslar bilan ta’minot darajasi kamayish holati 
mavjuddir. 
Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy texnik 
vositalar bilan jihozlash va eng asosiysi ulardan samarali foydalanish 
yetishtirilayotgan mahsulotni son va sifat ko‘rsatkichlariga va tannarxiga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklariga hamda boshqa faoliyat 
ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq korxonalar, o‘rta 
va kichik biznes sub’yektlarini yangi texnologiya va texnik vositalar bilan 
ta’minlash, ularni o‘rnatib berish, ekspluatatsiya qilish, texnik servis xizmat 
ko‘rsatish, konsalting xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida hukumat 
qarorlari bilan mashina-traktor parklar, ularning alternativ turlarini tashkil qilinishi 
bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. 
Sohada texnik taraqqiyotning o‘sib borishi, uning barqarorligi ishlab chiqarish 
jarayonlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, energoeffektiv jarayonlarni kashf 
etish va ishlab chiqarishga joriy etish, hamda tizimini avtomatlashtirish kabi 
omillarga bog‘liqdir. O’zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini 
belgilash to‘g‘risidagi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 1 avgustda 
qabul qilingan Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma’qullangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin