Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

To‘lqinlar
gidrotexnika inshootlari elementlariga dinamik ta’sir ko‘rsatadi. 
To‘lqinning qiyalikka urilib chiqish balandligi va to‘lqinning o‘zini balandligi bilan 
birgalikda to‘g‘on tepasi (o‘rkachi) dan suv oshib o‘tishiga va to‘g‘onga urilib 
buzulishiga olib kelishi mumkin.
Mamlakatimizda to‘g‘onlarni to‘lqin ta’sirida buzulishi kuzatilmagan, lekin 
to‘lqin zarbasi ta’sirida to‘g‘onlarni mustahkamlovchi qoplamalarini singani misol 
uchun: Qurg‘on tepa (2002 y. 17.03), Qizilsuv (2003 y. 29.06), Langar (2003 y. 
22.06) Tollimarjon (2000 y.30.08) suv omborlarida, hattoki beton plitalarni ko‘tarib 
bir birini ustiga tushib qolgan holatlar (Hojimushkent s/o. 2003 y.03.06) kuzatilgan.
Mayda muz va muz
hosil bo‘lishi havoning manfiy haroratli kunlaridan boshlab 
to daryo muzi erib, muzdan tozalangan davrigacha davom etadi. Suvdagi mayda muz 
daryo o‘zanining ko‘ndalang kesmiga tiqilib 
shovush
(zajor) xosil qiladi, bunda 
daryoning yuqori qismida suv dimlanadi. Daryoning qisqargan qismining o‘zanida 
yig‘ilib qolgan muz 
ti ilish 
(zator) hosil qiladi, uni bartaraf qilish xavfli, chunki
yuqoridan kelayotgan muz massasi inshootga ko‘p miqdorda urilishi mumkin.


34 
Shovush Amudaryoni pastki uchastkasida sovuq (manfiy harorat) bo‘lganda 
juda ko‘p vujudga keladi, bunda suv toshib dalalarni, qishloqlarni bosgan paytlari 
ko‘p bo‘lgan.
Tiqilishga misol qilib Amudaryoni Chorjo‘y qo‘prigiga kelib tiqilgan muzlarni, 
suv toshib Chorjo‘y shahrini bosganini aytib o‘tish mumkin. Muzning zarbasi 
inshootlarning mexanik jihozlari, zichlagichlari, ustun va yon devorlari, energiya 
so‘ndirgichlarini shikastlantirishi mumkin. Muz va mayda muzlarining mavjudligi 
toshqin suvlarini xavfsiz o‘tkazishni, baliqlarni himoyalovchi inshootlarni ishini 
qiyinlashtiradi.
Past harorat
to‘g‘onlar drenaj qurilmalarini qisman yoki batomom muzlashiga, 
qiyaliklarida yoriqlar hosil bo‘lishiga, zichlagichlarni ochilishiga, quvurlarni 
muzlashiga, gil tuproqni shishib chiqishiga olib kelishi mumkin. Bulardan tashqari 
mexanik jihozlarni moylari qotib qoladi, panjaralar, zatvorlar yurish yo‘l (paz) lari 
va zichlagichlari muzlab qoladi, sun’iy materiallar - plastmassa, polietilin, 
rezinalarning mustahkamlik va elastik hususiyatlari pasayadi.
Yuqori xarorat
beton va jihozlarning metall qisimlarini kengay- ishiga olib 
keladi, shikastlantiradi, mikroyoriqlar hosil qiladi. Juda katta haroratda moylash 
materiallari oqib chiqib ketadi, qiyalaklarni mustaxkamlovchi plitalar choklaridagi 
bitum yumshab chiqib ketadi va h.k va sh.o‘.
Atmosfera yog‘ingarchiligi
uzoq muddat va ko‘p miqdorda bo‘lsa suv 
omborlarini to‘ldirib, toshishiga, natijada to‘g‘onni yuvilishiga olib kelishi mumkin. 
1968 yil 27-28 apreldagi yog‘ingarchilik va sel Toshkent suv omborini to‘ldirib 
yuborgan, xavfni oldini olish maqsadida favqulodda suv tashlamadan 300 m
3
/s suv 
tashlangan, bu suv yo‘ldagi yog‘ingarchilik va sel suvlari bilan bilan qo‘shilib 500 
m
3
/s miqdorida Oqqo‘rg‘on gidrouzeli oldida to‘plangan, so‘ng himoya dambalarini 
yuvib ketgan.
Ko‘p miqdordagi yomg‘ir to‘g‘onlarni pastki qiyaligini egat shaklida yuvib 
ketishi, buzushi, yomg‘irni yig‘ib tushirib yuboridigan novlarni buzushi mumkin.
Manfiy haroratda qor bilan yomg‘ir inshootlarni muzlatib, ishlatishni 
qiyinlashtiradi.
Shamol va to‘zonlar
ba’zi holatlarda, respublikamiz sharoitida inshootlarni qum 
bostirmoqda, yuk ko‘targich jihozlarni ishdan chiqarmoqda. Bunday qum bosish 
holatlari Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadida, Xorazm viloyati 
Divanko‘l kollektorida, Buxoro viloyatining GVST kollektorlarida kuzatilgan.
To‘zonlar zatvorlarini ko‘targichlari moyini qotirib, ko‘targichlarni ishlashishini 
cheklab qo‘ygan holatlar ko‘p o‘chraydi.
Quyosh radiatsiyasi
qorlarni erishini tezlashtirib toshqin bo‘lishiga olib keladi, 
rezina materiallari, plastmassa va boshqa sun’iy materiallarga salbiy ta’sir o‘tkazadi.


35 
Seysmik ta’sirlar
yer qimirlash balliga bog‘liq ravishda gidrotexnika 
inshootlarini to‘lig‘icha buzulishiga olib kelishi mumkin. Kichik balli yer 
silkinishlarida inshootlar elementlarida yoriqlar hosil bo‘ladi, zatvorlar qiyshayib 
yurmaydigan bo‘lib qoladi, choklar zichlagichlari joyidan chiqib ketadi, drenaj 
tizimlar konstruksiyalari buzuladi va x.k. va sh.o‘.
Inshoot va asosning bir-biricha o‘zaro ta’sirida
suv omborini to‘lish darajasiga 
qarab zo‘riqish holati, egiluvchanlik moduli, asos, qirg‘oqning geologik tuzilishi 
o‘zgaradi. Kuchsiz asoslarda, ba’zi holatlarda, inshoot elementlarining notekis 
cho‘kishi vujudga keladi. Bu beton (grunt) to‘g‘onlar tanasida yoriqlar hosil 
bo‘lishiga, ularning suvni sizib o‘tishiga qarshi qurilmalarini buzulishiga, yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydigan darajada suvning sizib chiqishiga, yoxud inshootning 
turg‘unligini yo‘qolishiga olib keladi. Ba’zi holatlarda zatvorlar qiyshayib qoladi.
Yuqorida gidrotexnika inshootlariga bo‘ladigan asosiy ta’sirlar va ularning 
oqibatlari sanab o‘tildi, bunday holatlar inshootlarini ishlatishda judayam ko‘p 
kuzatilishi mumkin.
Gidrotexnika inshootlariga berilayotgan ko‘pchilik ta’sirlar ekspluatatsiya 
xizmatidan o‘z vaqtida texnik qarov (ekspluatatsion tadbirlar), inshootlarni texnik 
kuzatish, ta’mirlash ishlarini o‘tkazishni talab qiladi. Shu ishlar amalga oshirilsa 
inshootlarning ishonchli ishlashi ta’minlanadi.
Gidrotexnika inshootlarining xizmat muddatlari

1.1-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin