Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 Gidrotexnika inshootlarida dispetcherlik xizmati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2.3.3. Gidrotexnika inshootlarida dispetcherlik xizmati
 
Vazirlik bo‘yicha suv xo‘jaligi siyosati, suv resurslarini boshqarish, ulardan 
foydalanish, suv resurslarini hisobini olib borish Markaziy texnologik va 
dispetcherlik xizmati hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, ularning 


37 
irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, magistral kanallar boshqarmalari dispetcherlik 
xizmati orqali amalga oshiriladi.
Gidrotexnika inshootlarida yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish 
uchun aloqa texnika vositalari, signalizatsiya, telemexanika va avtomatika 
yordamida ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarishni markazlashtirish va 
koordinatsiyalash maqsadida har bir suv xo‘jaligi, energetika tizimida dispetcherlik 
xizmati tashkil qilingan. Ular zamonaviy dispetcherlik aloqasi, pulti bilan 
ta’minlangan, dispetcherlik punktlari tashkil qilingan. Bunday dispetcherlik 
punktlarini mahalliy dispetcherlik punktlari deb ataladi, ularda dispetcherning ish 
joyi-operatorlik xonasi, yordamchi jihozlari bo‘lgan apparatlar xonasi mavjud. 
Hozir ular zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan.
Dispetcherlik aloqasi - bu bajaruvchilar bilan dispetcher olib boradigan 
muloqotlarda foydalanish uchun ishlatiladigan simli telefon, qo‘zg‘aluvchan 
telefon, radioaloqa vositalari, telegraf, teletaypdan iborat. Dispetcherlik aloqasi bir 
inshoot bilan boshqa inshootlar orasida aloqa bog‘lanishini, bir vaqtda 
ekspluatatsiya xizmatining bir necha xodimlariga ko‘rsatma berishni ta’minlaydi.
Dispetcherlik pulti - bu gidrotexnika inshootlari bashqarilib turiladigan qurilma. 
U inshootlar holati haqida ma’lumotlarni to‘playdi va ular asosida dispetcher qabul 
qilgan qarorlarni inshootlarga uzatadi, inshootlarda suv taqimlash ishlarini amalga 
oshiradi. Dispetcherlik pulti nazorat-o‘lchov asboblari, komitatsiya apparatlari, 
inshootlarni joylashuvi, ularda nazorat-o‘lchov asboblarini joylashuvi aks ettirilgan 
sxemalar, suv taqsimlash grafiklari, nazorat ishlari, texnik qarov, ta’mirlash ishlari 
grafik (reja) lari, telefon va teletayp, teleo‘lchov apparatlaridan tuziladi. Inshootlar 
zatvorlarini ko‘targichlari,zatvorlar holatini, suv olish va taqsimlashni distansion 
boshqaruvi dispetcherlik pulti yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik 
gidrotexnika 
inshootlaridagi 
dispetcherlik 
pultlari 
avtomatlashtirilgan, ma’lumotlarni yig‘adigan, ularni hisobga oladigan va 
ma’lumotlarga dastlabki qayta ishlov beradigan, boshqaruvni osonlashtiradigan 
zamonaviy informatsion texnologiyalar bilan jihozlangan.
Dispetcherlik punkti ishlab chiqarish yoki suv resurslarini boshqarishning, 
inshootlarga qarov, ularning texnik holatini nazorat qilish va ta’mirlash ishlarining 
qanday borishi, transport xizmati, yer qazish texnikalari ishi, elektr va texnik 
ta’minot va boshqa ishlar to‘g‘risida axborot to‘playdigan dispetcherlik boshqaruv 
tizimining markazi hisoblanadi.
Suv 
xo‘jaligi 
tizimida 
gidrotexnika 
inshootlarini 
boshqarishni 
markazlashtirilgan dispetcherlik xizmati tashkil qilingan, ya’ni har bir gidrotexnika 
inshootining dispetcherlik xizmati suv xo‘jaligining yuqori tashkilotlari bo‘lmish 
irrigatsiya tizimlari, havza boshqarmalari, respublika birlashmalari, vazirliklar 
dispetcherlik xizmatlari bilan bog‘langan.


38 
Masalan, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy 
dispetcherlik punkti Samarqand shahrida joylashgan, u o‘ziga qarashli barcha 
irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, yirik gidrotexnika inshootlari (gidrouzellar, suv 
omborlari, magistral kanallar), Samarqand viloyati qishloq va suv xo‘jaligi 
boshqarmasi (Q va SXB) va uning barcha tumanlardagi Q va SXB lari, Jizzax 
viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va uning Baxmal, G’allaorol, Jizzax 
tumanlari Q va SXB lari, Navoiy viloyati va uning Xatirchi, Navoiy (Norpoy kanali 
zonasi), Konimex, Novbaxor tumanlari Q va
SXB lari, Qashqadaryo viloyati Q va SXB va uning Chiroqchi (Eski anhor 
kanali zonasi) tumani Q va SXB markaziy va mahalliy dispetcherlik punktlari hamda 
Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligi (suv xo‘jaligi Bosh borqarmasi) Markaziy 
dispetcherlik punkti (Toshkent sh.) bog‘langan. Bundan tashqari havza boshqarmasi 
markaziy dispetcherlik punkti havza boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan barcha 
viloyatlar va tumanlar nasos stansiyalari boshqarmalari, gidrogeologiya-
melioratsiya ekspeditsiyalari, qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari, suv 
xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, suv xo‘jaligi avtobazalari, favqulodda vaziyatlar 
vazirligining joylardagi organlari hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqaga ega.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga «Zarafshon» magistral 
tizimi boshqarmasi (Samarqand sh.), «Tuyatortor-Qli» (Baxmal tumani), «Mirza-
Pay» (Chelak sh.), «Darg‘om» (Toyloq tumani), «Eski Angor» (Chiroqchi tumani), 
«Oq-Qoradaryo» (Oqdaryo tumani), «Miankal-Tos» (Qattaqo‘rg‘on tumani),
«Karmana-Konimex» (Karmana sh.), «Norpoy-Navoiy» irrigatsiya tizimlari 
boshqarmalari, Yuqori
Zarafshon suv olish uzeli (Urgut tumani), Oq-Qoradaryo gidrouzeli 
(Samarqand sh.), Damxo‘ja gidrouzeli
(Kattaqo‘rg‘on tumani), Narpay gidrouzeli (Kattaqo‘rg‘on sh.), Karmana 
gidrouzeli (Karmana tumani), Kattaqo‘rg‘on (Kattaqo‘rg‘on sh.), Oqdaryo (Ishtixon 
tumani), Tusunsoy (Qo‘shrabot tumani), Qorasuv (Chelak tumani), Qora tepa (Urgut 
tumani), Sobirsoy (Nurobod tumani), Qorovul tepa (G’allaorol tumani) suv 
omborlaridan foydalanish boshqarmalari qaraydi, ularda mahalliy dispetcherlik 
punktlari tashkil qilingan.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy dispetcherlik 
punkti Zarafshon daryosining rejimini qisqa va uzoq vaqtli bashorat qilish, amaldagi 
rejimi bilan solishtirish, suvdan foydalanish (suv taqsimlash) rejasini tuzish va unga 
aniqliklar kiritib borish, ob’ektlar texnik holatlari, texnologik jarayonlarni borishi 
to‘g‘risida ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish, ob’ektlarni boshqarishga 
topshiriqlar berish, ekspluatatsiya xizmatiga joriy ma’lumotlarni berish, texnik-
iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarishni rejalashtirish, markaziy buxgalterlik hisobi va 


39 
hisobotini yuritishga amaliy yordam ko‘rsatish, yuqorida sanab o‘tilgan 
masalalardan kelib chiqadigan ilmiy ishlarni rejalashtirish kabi bir qancha ishlar 
bilan shug‘ullanadi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy dispetcherlik punkti Respublikadagi 
sug‘orish manbalarini sersuvligi, magistral kanallarga suv olish, suv omborlari, yirik 
nasos stansiyalari ish rejimlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarini olinishini 
ta’minlaydi. Dispetcherlik xizmati juda katta maydonga suvni tezkor taqsimlashni 
amalga oshiradi. Dispetcherning o‘z vaqtida bergan ko‘rsatmalari avariyalar, sel, 
toshqin xavflarini va sh.o‘. oldini olmoqda. Ma’lumotlar, axborotlarni muntazam 
olinib turilishi vazirlikka va uning joylardagi tashkilotlariga barcha masalalarni 
tezkor hal qilishga yordam bermoqda.
Shuningdek dispetcherlik xizmati, «Sirdaryo», «Amudaryo» havzalari suv 
xo‘jaligi birlashmalariga qarashli yirik gidrotexnika inshootlari hamda 
«O’zbekenergo» DAKga qarashli GESlarda ham tashkil qilingan, ular mos ravishda 
birlashmalar va kompaniya markaziy dispetcherlik xizmati bilan bog‘langan.
O’rni kelganda shuni aytish kerakki, daryolarning rejimi va sersuvligini 
o‘rganish ko‘p xorijiy mamlakatlarda kosmik yo‘ldoshlar yordamida amalga 
oshirilmoqda va olingan ma’lumotlar shu mamlakatlarning suv xo‘jaligi 
dispetcherlik punktlarida dastlabki va qayta ishlov berilib amaliyotda 
foydalanilmoqda.
Suv resurlarini to‘g‘ri taqsimlash, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish 
Vazirlikning «O’zsuvnazorat» Respublika inspeksiyasiga yuklatilgan.
Vazirlik tizimida suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, ularni texnik qayta jihozlash, 
rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq loyiha-qidiruv ishlari 
«Suvloyiha», «O’zgiprosuvloyiha». «O’zgipromeliosuvloyiha» loyiha institutlari 
hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv guruhlari 
tomonidan o‘zaro xo‘jalik hisobi asosida bajariladi.
Shu masalalar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarini esa SANIIRI ilmiy ishlab 
chiqarish birlashmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Davlatlararo suv 
xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ilmiy-axborot markazi hamda 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining suv muammolari va boshqa 
ilmiy-tekshirish institutlari olib boradi.
Tizim uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakalarini 
oshirish Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida olib boriladi.
«Sirdaryo» XSXB tasarrufida 198 gidrotexnika inshooti bo‘lib, ular Sirdaryoni 
Norin va
Qoradaryo ko‘yilgan joyidan Orol dengizigacha bo‘lgan 2337 km uchastkasida, 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O’zbekiston Respublikalari xududlarida 
joylashgan. Bu inshootlar tarkibida 3000 m
3
/s suv o‘tkazish qobiliyati ega bo‘lgan 


40 
Norin daryosidagi Uchqo‘rg‘on gidrouzeli (1400 m
3
/s), Chirchiq daryosidagi Yuqori 
Chirchiq gidrouzeli (1800 m
3
/s), umumiy hajmi 19,5 km
3
, foydali hajmi 14 km
3
bo‘lgan Toktag‘ul suv ombori, mos ravishda 1,9 km
3
, 1,75 km

bo‘lgan Andijon suv 
ombori (akvatoriyasi), xuddi shunday 4,03 km
3
;
2,55 km
3
bo‘lgan Qoyraqqum suv ombori, 2,05 km
3
; 1,6 km
3
- Chorvoq suv 
ombori (akvatoriyasi), 5,4 km
3
; 4,4 km
3
- Chordara suv ombori bor. Mazkur 
inshootlar Sirdaryo» XSXB tarkibidagi:
-
Norin-Qoradaryo gidrouzellar (Andijon viloyati Kuyganyor shahrida);
-
Mirzacho‘l gidrouzellar va Do‘stlik kanali (Sirdaryo viloyati Guliston shahri);
-
YuqoriChirchik gidrouzellar (Toshkent viloyati Chirchik shahrida);
-
Chorvoq suv ombori (Chorvoq sh.);
-Toktog‘ul suv ombori boshqarmalari tomonidan ishlatiladi.
Sirdaryo XSXB markaziy apparati Toshkent shahrida joylashgan. Sirdaryo 
XSXB tasarrufidagi gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash shu birlashma tarkibidagi 
ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnalar tomonidan bajariladi.
«Amudaryo» XSXB (Urganch shahrida joylashgan) 84 gidrotexnika inshooti 
(shu jumladan 36 daryodan suv olgich bosh inshoot), 169 gidropost, 386 km 
davlatlararo kanallar, shuningdek ishlatish bilan bog‘liq ko‘p sonli kommunikatsiya 
(yo‘llar, elektr ta’minoti, texnik vositalar va boshq.) ni ishlatadi.
«Amudaryo» XSXB o‘ziga yuklatilgan vazifalarini amalga oshirish uchun 
tarkibida suv oluvchi inshootlar, gidrouzellar, davlatlararo kanallarni ishlatish 
bo‘yicha quyidagi xududiy boshqamalarni tashkil etgan:
-
Qo‘rg‘ontepa gidrouzellar boshqarmasi (yangi nomi –Yuqori Daryo 
boshqarmasi, Tojikiston Respublikasi Qo‘rg‘ontepa shaharida joylashgan) 8 suv 
oluvchi inshootni ishlatadi, Vaxsh, Pyandj, Kofirnigon daryolaridan Amudaryoning 
Kelif gidropostigacha bo‘lgan 246 km uchastkasidan suv olishni nazorat qiladi.
-
Turkmanobod 
gidrouzellar 
boshqarmasi 
(yangi-nomi 
O’rtadaryo 
boshqarmasi, Turkmanistonning Turkmanobod shahrida joylashgan) Amudaryoning 
Kelif gidropostidan Darg‘onati gidropostigacha bo‘lgan uchastkasida suv olishni 
nazorat qiladi, balansida 8 yirik daryo gidrouzeli bor.
-
Amudaryo respublikalararo kanallar boshqarmasi (Upradik, Urganch shahrida 
joylashgan) 11 daryodan suv olgich inshootlar, magistral kanallardagi 52 
gidrotexnika inshootini, 385 km magistral kanallarini ishlatadi, Amudaryoning 
Tuyamo‘yin gidrouzelidan Qipchoq gidropostigacha bo‘lgan uchastkasi (167 km) 
bo‘ylab suv olishni nazorat qiladi. Tarkibida Toshsaka, Qilichniyozboy va Qipchoq-
Bo‘zsuv yirik sug‘orish tizimlari mavjud.
-
Nukus gidrouzellar boshqarmasi (yangi nomi – Pastkidaryo boshqarmasi, 
Qoraqolpog‘iston Respublikasini Taxiatosh shahrida joylashgan) Taxiatosh 
gidrouzeli, Xon-yop va Jumaboysaka kanallarini daryodan suv olgich bosh 


41 
inshootlarni ishlatadi, Amudaryoni Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha 
bo‘lgan (283 km) uchastkasida suv olishni nazorat qiladi.
«Amudaryo» va «Sirdaryo» XSXB lari Qozoqiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, 
O’zbekiston Respublikalarining ajratmalaridan moliyalashtiriladi.
«O’zbekenergo» DAK markaziy apparatida elektrostansiyalardan foydalanish 
boshqarmasi tuzilgan bo‘lib, u O’rta-Chirchiq, Qadriya, Toshkent, Pastki-Bo‘zsuv, 
Chirchiq GESlar kaskadi va Farxod GESi hamda Andijon, Samarkand elektr 
tizimlari ma’suliyati cheklangan aksionerlik (MAJ) jamiyatlari orqali mavjud 28 
GES ni ishlatishni tashkil qiladi. Bu ob’ektlarni kapital ta’mirlanishi va qayta 
qurilishi bilan bog‘liq loyiha ishlari «Gidroloyiha» MAJ loyiha institutida bajariladi.
GESlar kaskadlarida gidrotexnika inshootlarini ishlatish bilan gidrotexnika 
sexlar shug‘ullanadi. Ularning tarkiblariga ekspluatatsion va ta’mirlash-qurilish 
brigadalari bilan ta’mirlash-ekspluatatsiya uchastkalari, kuzatuvchilar guruhi, 
yordamchi uchastka va bo‘linmalar (ustaxona, omborxona va boshq.) kiradi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Tuyamo‘yin, Andijon, Darg‘om 
kanali 84-PK dagi kichik GESlar vazirlikning «Suvenergo» direksiyasi tomonidan 
ishlatiladi. Shu direksiya qurilayotgan GESlarni qurish bo‘yicha buyurtmachi ham 
hisoblanadi.
Ekspluatatsiya xizmatining ishi qaysi ob’ektda bo‘lmasin, mos ravishda
ma’lum bir qoidalar, ko‘rsatmalar, nizomlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi.
Bundan tashqari gidrotexnika inshootlarini ishlatish bilan band shaxslarning 
lavozimiy ko‘rsatmalari mavjud bo‘ladi. Namunaviy nizomlar ekspluatatsiya 
xizmatining barcha boshqarmalari va guruhlari orasidagi o‘zaro munosobatlarni 
tartibga soladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin