32
tushirilgan, biz kuzatgan 2005 yilda zatvorlarning tepa qismi, zichlagichni qotirish
uchun o‘rnatilgan yog‘och reykaning suvdan tashqari qismi chirigan, diametri 10
mm. lik boltdan diametri 4 mm. li bolt qolgan edi. Zatvorning suvdagi qismida
yemirilish va korroziya tapadagidan ancha kam edi.
Toza (emiruvchi kimyoviy brikmalarsiz) suvda betonning mustahkamligi
oshishi mutaxassislarga ma’lum. Xuddi shunday quruq va toza atmosfera sharoitida
beton, metall, tosh inshootlar yuz yillab buzulmasdan saqlanishi ham kuzatilgan.
Shunday qilib inshootlarning holati havo atmosferasining yemiruvchanligiga
bog‘liq ekan.
Har xil yonilg‘ilarni yonishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar va kimyoviy
korxonalarni tashlamalari muhitning yemiruvchanligini
oshishiga olib keladi va
asosiy ifloslantiruvchi hisoblanadi.
Suvli muhitning
gidrotexnika inshootlariga jadal mexanik, fizik-kimyoviy va
biologik ta’sirlari bor.
Mexanik ta’sirlar statik, dinamik va abraziv ta’sirlarga bo‘linadi. Statik
ta’sirlarga suv, muz, teskari to‘kilmadagi grunt, inshootlar oldida cho‘kib qolgan
oqizindi va sh.o‘. larning bosimlari kiradi.
Dinamik ta’sirlarga
suv oqimi, muzlik, suzib oquvchi jinslar, yo‘l
qo‘yilmaydigan darajadagi to‘lqinlar zarbalari, gidravlik zarba va seysmik kuchlar
va sh.o‘. zarbalar kiradi.
Mexanik abraziv ta’sirlar ostida gidrotexnika inshootlarini yemirilishi
Kampirrovot gidrouzelini vodosliv qismidagi shovva (vodoskat) da (2002 y. 25.03),
Oqsuv gidrouzeli tez oqarining chapki proleti pastki befi (2003 y. 18.06) da, Yuqori
Chirchiq suv uzelining to‘g‘onini vodosliv qismida, chap qirg‘oq proletlari (8,9,10
proletlar) shovvosida (2001y. 20. 04) va boshqa bir qancha inshootlarda kuzatilgan.
Inshootlarga suvning fizik-kimyoviy ta’siri metallar va betonning korroziyasi,
betonning muzlashi va erishidagi buzulishlar, oqimni sizib o‘tishi (filtratsiya)
natijasidagi grunt va betonning suffoziyasi shaklida namayon bo‘ladi. Inshootlar
elementlari sirtidan yuqori tezliklarda suv oqqanda, oqim
bilan sirt orasida past
bosimli mahalliy zonalar xosil bo‘lib beton sirtida koverna (o‘yiq, chuqurga) hosil
bo‘lishiga va sirtni kavitatsion yemirilishiga olib keladi.
Metallar korroziyasiga misol qilib Respublikadagi ko‘pchilik gidrotexnika
inshootlari gidromexanik (zatvorlari) jihozlaridagi zanglashlarni keltirish mumkin.
Misol uchun metallar korroziyasi (2003 y. 25.08) Beshariq gidrouzeli, Qatta
Farg‘ona kanalini qo‘shimcha to‘yintirish kanalidagi tusuvchi inshoot (2003 y.
11.05), Xarxur gidrouzeli (2002 y.28.01) zatvorlari, shuningdek Jizzax nasos
stansiyalar I va II ko‘tarilishi bosimli quvurlarda (2005 y.)
va bir qancha boshqa
inshootlarda kuzatilgan.
33
Betonlar korroziyasi Janubiy Farg‘ona kanali 1-GES to‘suvchi inshooti
ustunlarida (2005 y.12.09) kuzatildi, betonlar umalanib 5-8 sm qalinlikda tushib
ketgan.
Suvning inshootlarga biologik ta’siri suvli muhit va inshootlar elementlarida
hayot kechirayotgan mikroorganizmlarning ta’sirida har xil elementlar (yog‘och,
metall) chirib, quvurlar sirti o‘sib ketadi, inshootlarning ba’zi bir qismini
mollyuskalar bosib panjaralarini berkitib qo‘yadi.
Bugungi kunda, mikroorganizmlar metallarni biologik korroziyaga olib kelishi
«Bobotog‘» nasos stansiyasi bosimli quvurlarida mavjudligi O’zbekiston FA Suv
muommolari instituti tadqiqotlari natijalarida tasdiqlangan.
Chaqmoq kanali (Toshkent viloyati) o‘zanini (2006 y.15.12)
har xil mayda
chig‘onoqlar bosib suv o‘tkazish qobiliyatini pasaytirib, kanalni dim holatda
ishlashishga olib kelganligi kuzatildi.
Doimo oddiy va toza suvda turuvchi yog‘och materiallar ham mustahkamligini
o‘n yillab, hattoki yuz yillab o‘zgartirmasligi mumkin. Misol uchun Karmana
gidrouzeli 1973 yilda qurilgan, 1998 yilda toshqin gidrouzelni Fletchinger polini
buzub ketgan, ekspluatatsiya xizmati o‘shanda 25 yil suvda bo‘lib, buzulgandan
keyin oqib chiqqan yog‘ochlarni xuddi yangidek saqlanganligini guvohi bo‘lishgan.
Shuning bilan birga suv sathini o‘zgarib turadigan zonasida, vaqti-vaqti bilan
atmosfera ta’siriga uchraydigan yog‘ochlarda buzulish,
chirish jarayonlari jadal
kechishi barchaga ma’lum. Shuning uchun ham inshootlarning yog‘och
konstruksiyalari antiseptik ishlov berilib, yog‘ochga neft mahsulotlari shimdirilib,
bo‘yalib va sh.o‘. tadbirlar qo‘llanilib ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: