Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Suv omborlarini kuzatish ishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2.3.5.Suv omborlarini kuzatish ishlari
Suv omborlarini o‘lchamlari, konfiguratsiyasi, tumanining gidrografiyasi, 
geologiyasi, tartibga solinish xarakteri, iqlim sharoiti va daryodagi suv ombori 
gidrouzelini ekspluatatsion rejimi yuqori va pastki beflardagi jarayonlarga har xil 
ta’sir qiladi. Oqimni ko‘p yillik tartibga soluvchi suv omborlari beflardagi suv sathi, 
oqim tezligi, to‘lqin va issiqlik rejimi, bug‘lanish, muzlash rejimi, o‘zandagi 
jarayonlar gidrokimyoviy, gidrobiologik va boshqa ko‘rsatgichlarni tubdan 
o‘zgartirib yuboradi. Kichik suv omborlari daryoning odatiy sharoitidagi 
jarayonlarni buzadi, shuning bilan u tabiiy jarayonlarga to‘z tuzatmalarini kiritadi. 
Shuning uchun ham suv omborlari ustidan muntazam kuzatuvlar olib boriladi.
Kuzatish punktlarini joylashuvi suv ombori loyihasi ishlab chiqilayotganda 
belgilanadi. Kuzatishlar beflardagi suv sathlarini o‘zgarishi, suv omborini loyqa 
bosishi va o‘simliklar bosishi, to‘lqinlanishi, qirg‘oqlarini yemirilishi, o‘prilish 
jarayonlari, muzlash rejimi, suvning harorati, suv omborining gidrokimyoviy rejimi, 
suvning sifati va boshqa sh.o‘. lar ustidan olib boriladi.
Suv sat!ini kuzatish 
suv 
o‘lchash postlarida suv hajmini, xududning suvga ko‘milgan maydonini va 
gidrouzelning suv o‘ztkazuvchi oraliqlari orqali yoki suv oluvchi qurilmadan 
o‘tayotgan suv sarfini hisob – kitob qilish uchun olib boriladi. Suv o‘lchash posti 
suv sathini o‘lchash imkoniyatini beradigan mos ravishdagi qurilmalar va suv 


44 
o‘lchash qurilmasining aniq balandlik holatini aniqlash uchun nivelirlash belgilari 
bilan jihozlanadi. Nivelirlash belgilarini joylashuv o‘rni quyidagi talablardan kelib 
chiqib topiladi: suv omboridagi suvning eng past sathida kamida 0,5…1 m chuqurlik 
zahirasini va ochiq havza bilan erkin suv almashinuvini ta’min etishi kerak; 
kuzatishlar olib boriladigan joy muz bosishi, shomoldan to‘lqinlanishi va 
o‘lchovlarni olib borish uchun yengil borib keladigan bo‘lishi lozim. Suv o‘lchash 
pastlarini yirik suv olish inshootlari, suvni oqib kelib qo‘shiladigan joylari, kuchli 
deformatsiyalanadiga qirg‘oqlar yaqinida o‘rnatish tavsiya qilinmaydi. 
Suv 
omborlarida va pastki beflarda reykali postlar, daryolarda esa svayli postlar 
o‘llaniladi
. Suv o‘lchash postlarining plandagi joylashuvi eskizi, svaylar boshchalari 
yoki reyka nuli, reperlar balgilari bilan qirg‘oq ko‘ndalang profili va postning 
qisqacha tavsifi ilova qilingan post pasporti tuziladi. Suv sathini suv o‘lchash 
postlarining muqobil (variant) lari 2.2 – rasmda ko‘rsatildi. Odatiy sharoitda suv 
sathi 1 sm aniqlikda har kuni ertalab soat 8.00 da o‘lchanadi. Toshqin payti 
kuzatuvlar har soatda olib boriladi, sath jadal tushayotgan va ko‘tarilayotgan paytida 
esa har 3 soatda o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha sathlarni o‘zgarish 
grafigi tuziladi va suv omborining hajmi aniqlanadi.
Suv ombori to‘ldirilishi bilan tutashgan xududlarda grunt suvlarning sathi 
ko‘tariladi. Buning natijasida xudud botqoqlanishi, qo‘shimcha ko‘lchalar hosil 
bo‘lishi, tuproq qatlami, o‘simlik dunyosi, grunt suvlari tarkibi va sh.o‘. o‘zgarishi 
mumkin.
2.2 – rasm Suv o‘lchash postlarida suv sathini o‘lchash variantlari:
a – ikki svay bo‘yicha; b – kuzatish nulidan pastda joylashgan suv sathi 
bo‘lganda; v – erkin sathda to‘l inlanish bo‘lgan sharoitda o’lchanlari, sm. 
Suv ombori to‘ldirilishi va bo‘shatilishida qiyaliklarni turg‘unligi va 
mustahkamlovchilarni butunligini ta’min etish zarur. O’rtacha hajmili suv omborini 
to‘ldirish tezligi, uning pastki va o‘rta qatlamlari uchun 0,5…1 m/sut, yuqori qatlami 
uchun – 0,25…0,5 m/sut, yuqori qatlamining 2…3 m uchun – 0,05…0,1 m/sut. 
Bo‘shatish tezligi: yuqori sathlar uchun – 0,3 m/sut, o‘rta sathlar uchun – 0,5 m/sut, 
pastki uchun – 1 m /sut. Ammo bu tezliklar muayan geologik, gidrogeologik va 
boshqa sharoitlar bilan bog‘lanishi lozim.


45 
Suv ombori ishlatilayotgan davrda pastki befga tindirilgan oqim tashlanadi, shuning 
uchun pastki bef o‘zanida umumiy yuvilish va o‘zanning pasayishi kuzatiladi, bu 
urilma va pastki bef risbermasida beflarni tutashishini yomonlashtiradi. Yuqori 
befda oqizindilar cho‘kadi va suv omborini loyqa bosadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin