46
qirg‘oqning suv ostida qolgan uchastkalari bo‘yicha materiallar yig‘iladi; qirg‘oq
bo‘yi polosasi topografik s’emka qilinadi; ko‘ndalang
kesimlar va chuqirliklarni
o‘lchashlar nivelirovka qilinadi; o‘prilish jarayonlarini rivojlanishini kuzatish,
gruntdan namunalar olishni qo‘shib yemirilish extimoli bor uchastkalar geologik va
gidrogeologik
tadqiqotdan
(tekshiruvdan)
o‘tkaziladi.
Asosan
gidrouzel
inshootlariga kelib o‘shiladigan (tutashadigan) qirg‘oqlar,
injenerlik himoyasi va
yengil yuviladigan uchastkalar kuzatiladi
.
Eng xarakterli zonalarda bir birida 50…100 m masofada kamida uchta
ko‘ndalang kesim ajratiladi va belgilanadi, ular teodolit yo‘li bilan bog‘lanadi va suv
ombori ichiga 200 m gacha yoyiladi, ularning chuqirliklari o‘lchanib
IV klass
nivelirovka qilinadi. Ko‘ndalang kesimida fiksatsiya (belgi) qilingan nuqtalarga bir
biridan 10…20 m masofada metall shtыr qoqiladi, Shtirlarning boshi yer yuzidan
0,5 m ga chiqib turadi. Kuzatuvlar geodeziya asboblari yordamida olib boriladi.
O’lchashlar bilan birgalikda qirg‘oqlarni o‘prilish yoki yuvilish xarakteri (yoriqlar
hosil bo‘lishi, tog‘ jinslari katta bo‘laklarini o‘prilishi, siljishlar, to‘kilib tushishlar
va sh.o‘.) uchastkalarning geologik va gidrogeologik tuzilishi ko‘rsatilib,
yozilib
boriladi. Kuzatishlar natijasida yirik masshtabli, injenerlik – geologiya shart - sharoit
kartasi tuziladi, kartada qirg‘oq 300 m gacha tushiriladi. Shuningdek suv ombori
qirg‘oq bo‘yi zonasi suv urezidan 200 m tubini izobatlardan kartasi tuziladi.
Qirg‘oqlarni yemirilishini instrumentlar yordamida kuzatish bahorda, toshqin
o‘tgandan keyin, va yomg‘irlar mavsumi tugagandan so‘ng
kuzda olib boriladi
(o‘tkaziladi). Geologik tahlil yiliga 1 marta, ayrim holatlarda esa undan ham ko‘p
o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: