Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2.3.6.Gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashini 
nazorat qilish (kuzatish) ishlari
 
Gidrotexnika inshootlarini texnik holatini nazorat qilish (kuzatish) ishlari 
nazorat – o‘lchov asbob (NO’A)larini tayyorlash va ularni shahodatlash, kuzatish 
jurnallarini tutish hamda bevosita kuzatishlarni olib borishdan iboratdir, u ko‘z bilan, 
NO’A yordamida va maxsus kuzatishlarni o‘z ichiga oladi (1- rasmga qarang).
Ko‘z bilan kuzatish muntazam (doimiy) va davriy bulib har kunlik va loyihada 
belgilangandek davriy ravishda gidrotexnika inshootlarini texnik holatidagi 
o‘zgarish va buzulishlarni tavsiloti hamda tasvirini chizib ko‘rib chiqishdan iborat 
bo‘ladi.
Gidrotexnika inshootlari va ulardagi gidromexanik uskuna hamda 
qurilmalarning texnik holatidagi o‘zgarishlar, buzulishlar, shuningdek tozalash va 
ta’mirlash ishlari hajmi, gidravlik elementlarini o‘lchash, NO’A yordamida, 
ekspluatatsiyaning dastlabki, birinchi yillarida, deyarli har kuni yoki loyihada 
belgilangandek, keyingi yillarida esa ishning turiga qarab har 5 – 10 kunda yoki yoki 
umuman loyihada belgilangan muddatlarda, jurnallarga yozilib, olib boriladi.
Yil boshida kuzatish ishlarini yillik kalendar grafigi (rejasi) tuzilishi lozim
unda har bir gidrotexnika inshooti (gidrouzel)ni texnik holatini kuzatish ishlari 
turlari ko‘rsatilgan, ularni olib borish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Avariya holatlarida, kuzatish ishlarining yillik grafigidan tashqari, vaziyatdan 
kelib chiqib, muntazam ravishda, avariya holati bartaraf qilinguncha kuzatish ishlari 
olib boriladi.
Kuzatish ishlarini natijalari bo‘yicha beflardagi suv sathlarini o‘zgarish 
grafigi, inshootlardagi balandlik markalarini vaqt bo‘yicha cho‘kish grafiklari, 
harakterli stvor (kesim)larni cho‘kish profillari, depressiya egri chizig‘ini o‘zgarish 


51 
grafigi, mahalliy yuvilishlarni (geologiyasini ko‘rsatib) bo‘ylama va ko‘ndalang 
profillari, yuvilish va loyqa cho‘kishini gorizontallar orqali ko‘rsatilgan plani 
(rejasi), suv omborida loyqa cho‘kishini bir birini ustiga tushirilgan profillari, vaqt 
bo‘yicha suv sarfini o‘zgarishi grafigi, suvni uyurma(vodovorot)si planlari, tranzit 
oqimlarni planlari, harakterli stvorlardagi tezliklar epyuralari,
(vaqt bo‘yicha) choklarni ochilishi grafiklari va loyiha bo‘yicha boshqa shularga 
o‘xshash grafiklar chiziladi.
 
Inshootlarni mo‘‘tadil ishlatish nuqtai nazaridan kelib chiqib barcha 
o‘lchamlarni loyihaga nisbatan o‘zgarishi tahlil qilinadi, inshootlarni ishonchli 
ishlashi (otsenka nadyojnosti) baholanadi, ta’mirlash – tiklash, qayta qurish 
ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
Kuzatish ishlari natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi, u yillik ekspluatatsion 
tadbirlar hisobotiga kiritiladi va unga barcha grafiklar va tahlillar, taklif va 
tavsiyalar ilova qilinadi
Kuzatish ishlarini o‘tkazishni tavsiya qilinadigan davriyligi (muddatlari) 
2.2-jadval 
T/r Kuzatish ishlarini nomlari
Davriyligi (muddatlari)



1
Gidrotexnika inshootlarining texnik holatidagi 
o‘zgarish va buzulishlarni (tavsifini yozib va 
tasvirini chizib) ko‘rib chiqish hamda kuzatish 
jurnaliga qayt qilib borish.
Har kuni
2
Gidrotexnika inshootlari beflaridagi suv sathini 
kuzatish va o‘lchash
Har kuni, 2 marta ertalab 8:00 
da, kechqurun 20:00 da.
3
Inshootlar 
va 
ulardagi 
gidromexanik
qurilmalarni texnik holatidagi buzulishlarni 
o‘lchash, shuningdek reperlar, markalar va 
pezometrlar quvurlarini og‘zini nivellerlash
Har kunda 1 marta, buzilishlar 
turg‘unlashganda oyiga 1 marta
4
Huddi shunday buzulishlar rivojlanayotgan 
davrda, suv ombori tezlik bilan to‘ldirilayotgan 
yoki bo‘shatilayotgan davrda; sel va toshqin, 
kuchli yomg‘ir, shamol bo‘lganda
5 kunda kamida 1 marta, bu 
holatlar 
vujudga 
kelganda 
muntazam ravishda
5
Drenaj 
va 
filtratsiya 
(sizib 
o‘tish) 
manbalaridagi 
suv 
sarfini 
o‘lchash 
(pezometrlarni o‘lchash)
Filtratsiya paydo bo‘lganda har 
kuni, keyin oyiga kamida 2 
marta
6
Huddi shunday toshqin va kuchli yomg‘ir 
paytida
Har kuni


52 
7
Beton galereyalar, tezoqarlar, boshqa sh. o‘. 
Inshootlardagi vaziyatni tasvirini chizib ko‘rib 
chiqish
Har 
oyda 

martadan 
choraklikda 1 martagacha
8
Inshootlarning 
suv 
ostidagi 
qismlarini 
g‘ovvoslar yordamida ko‘rib chiqish
Yiliga 1 marta
9
Sel va toshqin suvlarini o‘tkazib yuboruvchi 
inshootlar, drenaj qurilmalarini ko‘rib chiqish
Sel va toshqin paytida har 2 
soatda, sel va toshqin suvlari 
o‘tgandan so‘ng, har chorakda 1 
marta
10 Qirg‘oqlarni 
yuvilishi 
va 
oqizindilarni 
cho‘kishini kuzatish
Har oyda 1 marta, toshqin payti, 
suv omborini tezkorlik bilan 
bo‘shatishda har kuni
11 Muz hosil bo‘lishi va erishini kuzatish
5 sutkada kamida 1 marta
12 Kimyoviy tahlil uchun namuna olish
Har 3 oyda 1 martadan yiliga 1 
martagacha
13 Kanallar, 
kollektorlardagi 
suvning 
sarfi, 
tezliklari, gidravlik elementlari, loyqalik 
(g‘adur – budurlik koeffitsiyenti bilan) foydali 
ish koeffitsiyentini o‘lchash
Har 10 kunda 1 marta, yuvilish 
va loyqa cho‘kishi kuzatilganda 
shu joyni o‘zida iloji boricha, 
har kuni
14 Inshootlardagi zo‘riqishni o‘lchash
Loyiha 
bilan 
belgilangan 
muddatlarda
15 Grunt g‘ovvakligi pezometrik bosimi va 
zo‘riqish holatini kuzatish
Qurilish davrida har 1-2 oyda 1 
marta, 
suv 
ombori 
to‘ldirilayotganda
7-10 kunda 1 marta, inshootni 
ishlatilishini 1 - yilida – har 
oyda, 
inshootni 
ishlatishni 
keyingi 2-4- yilda – har 
chorakda, 
undan 
keyingi 
yillarda esa – har yarim yilda 1 
marta
16 Suv haroratini o‘lchab borish
Boshgidrometni 
tavsiyasiga 
muvofiq
17 Yerdan foydalanish koeffitsiyentini o‘lchash
Yiliga kamida 1 marta
18 Kuzatuv quduqlari yordamida yerni, meliorativ 
holatini nazorat qilish
Har chorakda, yiliga kamida 2 
marta


53 
19 Nasos stansiyalarida elektr dvegatellarani tok 
kuchi va quvvati, aylanish tezliklarini nazorat 
qilib borish
Nasos stansiyalarini ishlatish 
qoidalariga muvofiq
20 Gidrouzel inshootlarini komissiya tuzib ko‘rib 
chiqish, tozalash va ta’mirlash ishlari hajmini 
o‘lchash, defekt dalolatnomalari tuzish
Bahorda 
sel 
va 
toshqin 
o‘tgandan so‘ng, sug‘orish 
mavsumida va undan so‘ng 
ko‘zda
Eslatma: Har bir gidrotexnika inshootining xususiyatlaridan kelib chiqib, kuzatishlarni 
olib borish muddatlari va kuzatish ishlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish xar bir 
ob’ektni ishlatish qoidalarida nazarda tutiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin