Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Nasos stansiyalarini ishlatish xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2.4. Nasos stansiyalarini ishlatish xususiyatlari 
Nasos stansiyalari ekspluatatsiya xizmati barcha gidrotexnika inshootlari 
singari suv iste’moli grafigi (rejasi) ga muvofiq suvni o‘z vaqtida ishonchli va 
xavfsiz yetkizib berish, nasos stansiyasini samarali ishlatish, xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlarni xavfsiz ishlashini ta’minlashi zarur.
Ushbu masalalarni qilish uchun nasos stansiyasi jihozlari va inshootlariga 
xizmat ko‘rsatish va ularning ta’mirlashning aniq va tartibga solingan tizimi - texnik 
ishlatishning rejali tizimi joriy etilgan bo‘lishi zarur. Texnik ishlatishning rejali 
tizimi (TIRT) boshqa barcha gidrotexnika inshootlaridagidek inshootlar texnik 
holatini kuzatib borish va ularga texnik qarovni amalga oshirish, inshootlar va 
jihozlarni o‘z vaqtida ta’mirlash, texnik ishlatish ko‘rsatmalari va qoidalarini 
bajarish, rejasiz ta’mirlashlar, sinishlar, avariyalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni 
qelib chiqish sabablarini belgilash, ta’mirlash ishlari uchun o‘z vaqtida o‘tkazish, 
extiyot qismlar, instrumentlar va jihozlarni zahirasini tayyorlash, inshootlar va 
jihozlar ishini o‘rganib borish, kerakli sinov va tadqiqotlarni o‘tkazish, agregatlar 
ishini aniq hisobini olib borish va stansiya ishi bo‘yicha tezkor hisobotlar tayyorlash 
hamda ularni yuqori tashkilotlarga topshirish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya 
qilish va yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirib borish, xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlarni ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini muntazam rag‘batlantirib 
borish kabi boshqa bir qancha ishlarni o‘z ichiga olishi zarur.
TIRT ni bevosita amalga oshirish stansiyalar yoki ular guruhlari, viloyatlar nasos 
stansiyalari boshqamalari boshliqlari, ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari, 
injenerlar, texniklar xizmat vazifalariga kiradi. Ularga kapital va joriy ta’mirlash 
hamda profilaktika tadbirlarining rejalarini tuzish va ularni bajarish, ta’mirlash 
ishlarini materiallar, extiyot qismlar, instrumentlar va moslamalar bilan 
ta’minlanishi hamda ularga o‘z vaqtida byurtma berishni nazorat qilib borish, 
ta’mirlash ishlarini kuzatish va sifatini nazorat qilib borish, ta’mirlangan ob’ektlarni 


54 
qabul qilib olishda qatnashish, ta’mirlash ishlarida texnika havfsizligi va mexnatni 
muhofaza qilish qoidalarini bajarilishini ta’min etish, ishini hisobga olish, olib 
borilgan ishlar to‘risida hisobot berish hamda nasos stansiyasini kelgusi ish
mavsumiga tayyorlash ma’suliyatlari yuklangan.
TIRT ni to‘g‘ri tashkil qilish va uning talablariga rioya qilish nasos stansiyasini 
iqtisodli va xavfsiz ishlatilishi uchun sharoit yaratadi.
Nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha barcha ishlarni 
ekspluatatsiya xizmati amalga oshiradi, ular soni va malakasi stansiyaning quvvati 
va texnologik kao‘rsatkichlari, nasos stansiyasi inshootlarining murakkabligi, 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilganligi darajasi, asosiy ishlab chiqarish 
(gidrotexnik, energetik va gidromexanik) uchastkalarida kasblarni bir nechtasini 
birga bajarish imkoniyatlariga qarab aniqlanadi.
Maxsus rejimda va murakkab gidrotexnika inshootlari (alohida turgan suv olish 
inshooti, baliqlarni himoya qiluvchi inshootlar va boshqalar) bilan birga ishlayotgan 
nasos stansiyalari uchun ekspluatatsiya xizmati soni individual hisob kitoblar 
asosida aniqlanadi. 
Nasos stansiyalari jihozlari va inshootlarini ekspluatatsiya qilishda texnika 
havfsizligi va yong‘inga qarshi tadbirlar qoidalarini bilish va bajarish hizmat 
ko‘rsatadigan xodimlar ishlashining xavfsizligi hamda stansiyani avariyasiz 
ishlashini ta’minlaydi.
Nasos stansiyalarini markazlashtirilgan boshqaruvda tezkor rahbarlik navbatchi 
xodimlar va dispetcherlik xizmatiga yuklanadi, ular gidrotexnik inshootlar tizimi va 
nasos stansiyalarini mutonosib ishlashlarini ta’minlaydi.
Avtomatlashtirilgan nasos stansiyalari nasos agregatlarini boshqarishning 
avtomatik usulda yoki distansion usulda avtomatika va telemexanika vositalari 
yordamida dispetcherlik punktidan amalga oshiriladi. Bu vositalar agregatlar va 
mexanizmlar holati to‘g‘risida, shuningdek oldini olish va avariya holati signallarini 
beradi. Dispetcher ixtiyorida avtomatika va telemexanika tizimidagi barcha ishdan 
chiqish va avariyalarni bartaraf qilish uchun navbatchi shtat bo‘ladi.
Nasos deb, tashqaridan uzatilgan energiyani suyuqlik oqimining bosim 
energiyasiga aylantirib beruvchi gidravlik mashinaga aytiladi.
Nasosning uzatkich va surgich qismlaridagi solishtirma energiyalar ayirmasiga 
nasosning bosimi deyiladi.
Mexanik suv ko‘tarish yo‘li bilan sug‘orishda suv nasos stansiyasi orqali baland 
nuqtaga chiqariladi va o‘sha yerdan o‘zi oqar kanal orqali taqsimlanadi.
Nasoslar yordamida suv chiqarishga mo‘ljallangan gidromexanik va energetik 
asbob - uskunalar va gidrotexnika inshootlari majmuiga nasos stansiyasi deyiladi.
Nasos stansiyalarining asosiy asbob uskunalari ularga o‘rnatilgan nasos 
agregatlari (nasos va elektr motori) hisoblanadi.


55 
Amaliyotda ochiq havzalarga o‘rnatiladigan nasos qurilmalari 3 xil ko‘rinishda 
bo‘lishi mumkin. 1 - nasosning o‘qi pastki suv sathidan balandda va yuqori suv 
sathidan pastda, 2 - nasosning o‘qi pastki va yuqori suv sathlarida balandda, 3- 
nasosning o‘qi pastki va yuqori suv sathlaridan pastda.
Nasos qurilmasining ish tartibi suyuqlik haydashi Q bosimi, 
N
quvvati N va f.i.k
kabi ish ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi.
Meliorativ va suv xo‘jaligi tizimlaridagi nasos stansiyalarida asosan f.i.k yuqori 
bo‘lgan kurakli (markazdan qochma va o‘qiy) nasoslar keng qo‘llaniladi. (K-
konsolli,bir taraflama , ikki tomonlama D, ko‘p pog‘onali, vertikal, quduqdan suv 
oluvchi STV, ESV). Nasosning bosim xarakteristikasi 
N=F(Q)
egri chizig‘i 
kesishgan A nuqta ishchi nuqtasi deyiladi. Ishchi nuqta A nasosning ishlatilishi 
chegarasidan ya’ni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin