Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

Nazorat savollari 
 
1.Respublika qishloq va suv xo‘jaligi tizimining bugungi holati qanday? 
2.Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqaruvi masalalari qanday? 
3. Suv resurslari nima? 
4. gidrotexnika inshootlari nima? 
5. gidrouzellar nima? 
6. Mavjud gidrotexnika inshootlarining ishlash sharoitlari qanday? 
7.Gidrotexnika inshootlarida dispetcherlik xizmati qanday olib boriladi? 
8. Dispetcherlik aloqasi nima? 
9. Dispetcherlik punkti nima? 
10. Dispetcherlik pulti nima? 
11. Suv omborlarini kuzatish ishlari qanday olib boriladi? 
12. Gidrotexnika inshootlarida suv taqsimlash ishlari qanday bajariladi? 
13. Gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashini nazorat qilish 
(kuzatish) ishlari qanday bajariladi? 
14. Nasos stansiyalarini ishlatish xususiyatlarini tushuntiring. 
15. Nasos stansiyalari tarkibiga nechta nasos agregatlari kiradi? 
16. Markazdan qochma nasoslarning ish prinsipi qanday? 
 
 
 


59 
3. Yerlarni sug‘orishni avtomatlashtirishning umumiy masalalalari 
O’zbekistonda sug‘oriladigan rayonlar releflarining tuzilishi jihatidan: tog‘ 
oldi, vodiy va delta rayonlarga bo‘linadi. Bu rayonlardagi yer yuzining nishabi 
hamda umumiy xarakteri har xil bo‘ladi. Masalan, vodiy tipidagi rayonlar tekis, tog‘ 
oldi tipidagi rayonlar esa tovoqsimon bo‘ladi.
O’zbekistondagi tog‘ oldi rayonlariga: Uchqo‘rg‘on dashti, Yangiqo‘rg‘on, 
Vodil, Marhamat, Bo‘stonliq, Kosonsoy tumanlari, Mirzacho‘lning janubiy qismi, 
Samarkand vohasi va Fargona vodiysining ko‘pgina qismi kiradi.
Delta rayonlarga: Xorazm vohasi, Qoraqalpog‘iston, Buxoro viloyatining 
etaklari va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizning paxtachilik tumanlarida yerni sug‘orish uchun asosan 
daryo suvidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda irrigatsion texnikalarning rivojlanishi 
tufayli yer osti suvlaridan ham sug‘orish uchun keng miqyosda foydalanilmokda. 
Sug‘orishga bo‘lgan talablarga, sug‘orish manbalarining xarakteriga, sug‘oriladigan 
yerlarning sug‘orish manbasiga nisbatan turish holatiga, iqlim va tuproq sharoitiga 
qarab qishloq xo‘jaligida sug‘orish va suv bilan ta’minlash ishlari quyidagi turlarga 
bo‘linadi.
Muntazam ravishda sug‘orish
,
ikki turga bo‘linadi: toshqin suvlardan (daryo 
toshgan vaqtda kanaldan oqayotgan suvlardan) foydalanib sug‘orish va liman qurib 
(bahorda ko‘l suvlarini baland joylardagi chuqurliklarda ushlab qolib) sug‘orish.
Suv omborlari qurish, kanal va quduqlar qazib yerlarga suv chiqarish: bu 
suvdan qishloq xo‘jaligining va boshqa sohalarning suvga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirishda foydalanish.
Tuproqni va o‘simlikni sun’iy ravishda suv bilan ta’minlash esa quyidagicha 
amalga oshiriladi:

tuproq ustidan sug‘orish;
− tuproq ostidan sug‘orish (suvni tuproq ostidan o‘simlik ildizlariga quvurlar 
orqali yetkazish);
− yomg‘ir yog‘dirib sug‘orish (bunda faqat tuproqkina emas, balki ekin va 
ekin ekilgan yer ustidagi havo qatlami ham sun’iy yomg‘ir zarralari bilan 
namlanadi).
Ushbu turdagi sug‘orish maxsus yomg‘ir agregatlari bilan amalga oshiriladi. 
Ushbu ko‘rsatib o‘tilaganlardan tashqari:
a) loyqa suv bilan sug‘orish (achitma sug‘orish);
b) qishloq va shaharlar atrofidagi ekinzorlarni kanalizatsiya suvlari bilan 
o‘g‘itda-sug‘orish;
v) tuproqni isitish maqsadida iliq suvlar bilan sug‘orish, ya’ni «ilitma 
sug‘orish»lar


60 
ham mavjuddir.
Sug‘orish natijasida tuproqqa shimilgan suv tuproq namligini oshirish bilan 
birga, tuproqdagi mikrobiologik jarayonga ham katta ta’sir etadi. Tuproq namligi 
doim normal xolda saqlansa, undagi mikroorganizmlarga yaxshi sharoit yaratilgan 
bo‘ladi. Bu mikroorganizmlar hosilning ortishiga imkoniyat yaratib beradi. 
Sug‘orishlar orasidagi davrda tuproqdagi organik qoldiqlar chirib, tuproqqa 
qo‘shiladi va tuproqning hosildorligi oshadi. Buning natijasida esa qishloq xo‘jalik 
ekinlarining hosildorligi oshib, sug‘orish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, sug‘orish 
tizimlari hamda sug‘orish mashinalari va uskunalaridan oqilona foydalanish muhim 
omil ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin