Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

3.2.Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish vazifalari 
Har bir nazoratchi xodim bir necha yaqin joylashtirilgan inshoatlarga xizmat 
ko‘rsatadi. To‘siqlarning holati odatda qo‘l yordamida harakatga keltiriluvchi 
ko‘tarma mexanizimlar yordamida boshqariladi, suv sathi va sarfining o‘zgarishlari 
o‘rnatilgan asboblar yoki reykalar bilan tekshiriladi.
Ma’sul gidrouzellar, inshoatlar va ekspluatatsiya qilinayotgan bo‘limlar bilan 
dispetcher telefon aloqasi orqali bog‘lanadi. Agar dispetcher xizmatida telefon 
aloqasidan boshqa texnik vositalar bo‘lmasa, suv tarqatish jarayonini nazorat 
qilishda hisobot quyidagicha tayyorlanadi: har kuni ertalab bo‘lim gidrotexnigi 
foydalanilayotgan bo‘lim bo‘yicha suv chiqarish inshoatlaridagi suv tarqatish 
balansini tuzadi, olingan sutkalar uchun nazoratchi xodimlarning bergan 
ma’lumotlari asosida bajariladi (o‘lchovlar asosan ikki marta-ertalab va kechqurun 
olinadi). O’lchovlar oraligidagi vaqt davomida sarfni o‘zgarmas deb qabul qiladilar. 
Foydalanuvchi bo‘lim va yirik uzellarning suv tarqatish balanslari tizim 
dispetcheriga uzatiladi. Bu yerda olingan ma’lumotlar asosida o‘tgan sutka 
davomida butun tizimdagi umumiy suv tarqatish balansi tuziladi, suvdan foydalanish 
rejasi bilan solishtiriladi va kerak bo‘lgan xollarda ma’lum o‘zgartirishlar kiritilishi 
mumkin.
Dispetcherlashtirishning bunday shakli xizmat ko‘rsatishning faqat ma’lum 
qisminigina hal qilishi mumkin, negaki boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi 
ob’ektlar bilan bevosita aloqa urnatmasdan turib ulardagi haqiqiy holat haqida 
yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi qiyin. O’lchov tizimi natijalari, telefon aloqasi orqali 


63 
dispetcherdan olingan farmoishlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar dispetcher 
punktiga katta kechikishlar bilan yetib keladi. Ko‘p hollarda ularni tekshirish 
imkoniyati bo‘lmaydi va operativ boshqaruv uchun qo‘llash mumkin emasligi 
ko‘rinadi.
Maxsus boshqaruv va nazorat texnik vositalari bo‘lmagan holda xo‘jaliklararo 
xizmat ko‘rsatish bo‘limi unga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajara olmaydi, buning 
natijasida suv tarqatish va uzatish jarayonlarida quyidagi kamchiliklar kelib chiqadi:
-
quyi tarafda joylashgan iste’molchilar hisobiga yuqoridagi istemolchilarning 
ko‘proq suvdan foydalanishi;
-
sug‘orish me’yorlariga rioya qilmaslik oqibatida qishloq xo‘jalik ekinlarining 
hosildorligini kamayib ketishi va yerlarning meliorativ holatining yomonlashishi
(botqoqlanishi, sho‘rlanishi);
-
suvning oqib kelishi va uning sarfi haqida operativ ma’lumotlarni yo‘qligi 
sababli reja aosida suv tarqatish bo‘yicha to‘liq nazorat ta’minlanmaydi va sug‘orish 
me’yorlariga o‘z-o‘zidan rioya qilinmaydi;
-
gidrotexnik inshoatlar va uskunalarni texnik ekspluatatsiya tartiblari va
qoidalari buziladi va bu avariya holatiga olib keladi;
-
tizimni ish tartibini qayta o‘zgartirish davrlariga suv iste’moli va suvni tortish 
balansining buzilishi natijasida tizimning xo‘jaliklararo qismlarining alohida 
bo‘linmalarida sezilarli darajada suvning chiqarib yuborilishi kuzatiladi; - kichik ish 
unumdorligiga ega bo‘lgan qo‘l mehnati keng qo‘llanadi.
Operativ xizmatning texnik ta’minotini o‘zgartirmasdan xizmatchi – xodimlarni 
sonini kupaytirish bilan yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni yo‘qotish mumkin 
emas. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasidagina yuqori texnik 
iktisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Shunday qilib asosiy masalalardan biri 
sug‘orish tizimidagi xo‘jaliklararo tarmog‘ining operativ xizmat bo‘limidan 
foydalanishni tubdan sifat jihatdan o‘zgartirilishi hisoblanadi.
Sug‘orish tizimining ichki xo‘jalik tarmog‘i eng uzun va juda ko‘p mayda 
gidrotexnik inshoatlarga ega bo‘lgan qismdir. Misol uchun, O’zbekiston 
Respublikasidagi sug‘orish kanallarining umumiy uzunligi 165,3 ming kmni tashqil 
etadi, ulardan 25,5 ming km – xo‘jaliklararo va 139,8 ming km ichki xo‘jalik 
tarmog‘i;
Kollektr – drenaj tarmog‘i 106 ming km bo‘lib, shu jumladan 75 ming kmga 
yaqini ichki xo‘jalik tarmog‘idir. Uzbekistonning sug‘orish va drenaj tizimida 60 
mingga yaqin gidrotexnik inshoatlar mavjud bo‘lib, ularning 40 mingga yaqini ichki 
xo‘jalik tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Sug‘orish tarmog‘ining umumiy f.i.k. ini hisobga 
olganda, suvni yo‘qotish magistral kanallardagi va xo‘jaliklararo tarqatgichlarda 
asosiy suv olish inshoatidan 17,5 % ga, ichki xo‘jalik qismiga esa 32,5 % gacha 
baholanadi.


64 
Sug‘orish jarayonini avtomatlashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi
chunki bu jarayon juda murakkab va ish ko‘p talab qiladigan jarayon hisoblanib, ish 
unumdorligini oshirishda sug‘orish suvlarini effektiv ishlatish, suvni tejovchi 
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Shu jumladan, kollektor – drenaj tizimini ham avtomatlashtirish muhim 
ahamiyatga ega, bu holda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini 
oshirish, ekspluatatsion harajatlarni kamaytirish imkoniyati bo‘ladi.
Shunday qilib, sug‘orish tizimining asosiy vazifalariga suvni tortish jarayonlarini 
avtomatlashtirish, tizimdagi xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik tarmog‘idagi suv 
tarqatish va sug‘orish va kollektr – drenaj tarmog‘ini avtomatlashtirish kiradi. 
Sug‘orish tizimi tarkibiy qismlari va ko‘rsatilgan jarayonlarni avtomatlashtirishning 
asosiy prinsiplari ketma – ket tartibda ko‘rib chiqiladi. Shuni esda saqlash kerakki, 
tizimni avtomatlashtirish umumiy masalasini tarkibiy ravishda shartli ajratib 
ko‘rsatilgan. Sug‘orish tizimlarida suvni tortishdan boshlab, sug‘orish jarayoniga 
bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlarini bitta umumiy zanjirda tekshirish lozim. Bu 
holatni buzilishi suv resurslaridan unumli foydalanishni va sug‘oriladigan yerlarni 
holatini yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun tizimning barcha tarkibiy 
qismlarini kompleks avtomatlashtirish zarur bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin