Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


S.M. Krivovyaz ma’lumotlaridan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

S.M. Krivovyaz ma’lumotlaridan 
1.3-jadval 
Egatning nishabi 
Sifonning diametri, sm 
Bir sifondagi minimal 
suv sarfi 
0,1 
0,008-0,01 
0,005-0,007 
0,008-0,004 
0,001-0,002 
0,001 
1,0 
1,5 
2-2,5 
2,5-3,0 
3,0-3,5 
2,5-3,0 
0,02 
0,05 
0,14-0,25 
0,25-0,40 
0,40-0,60 
0,25-0,40 


76 
Suv singdirishi o‘rtacha bo‘lgan tuproqlardagi egatlarga 1 l/sek chamasida suv 
quyiladigan bo‘lsa, bu suv 300-400 metrdan uzoqqa oqa olmaydi. Egatga 
quyiladigan suv sarfi oshirilsa, unda egatlarning uzunligini 300-400 metrdan 
uzunroq olish mumkin. Agar yerning nishabi kichik shu yerdagi egatlarga 
quyiladigan suv sarfi ham oz bo‘lsa, bunday yerlarda suv 100-120 m oqib borib 
yerga singadi, shuning uchun egatlarni kaltaroq olish kerak. 
Vegetatsiya davrining oxirida, tuproq ancha zichlanadi va uning suv 
singdirish xususiyati pasayadi. Halqob va birinchi sug‘orish davrida (may, iyun 
oylarida) tuproqning haydalma qatlamida nam ko‘proq bo‘ladi. Ayniqsa sizot suvlar 
yer yuziga yakin joylarda nam ko‘proq bo‘ladi. 
1.6-rasm. Egatlardagi suvni tuproqqa singish konturi tasviri 
a–engil tuproqlarda suvning shimilishi; b–og‘ir tuproqlarda suvning shimilishi
Suvning yaxshi singdirmaydigan (zich) yerlarning suv o‘tkazuvchanligi 
iyulning oxirida va avgustning boshlarida yanada pasayadi. Bu paytga kelib 
tuproqqa rejada ko‘rsatilgan suvni berish ham ancha qiyin bo‘ladi. Bu xolda
o‘qariqlarni kamaytirish hisobiga, egatlarning uzunligini oshirish natija beradi. 
Egatga qo‘yilgan suv pastga va pushtaning yon tomonlariga qarab tuproqqa 
singadi. Tuproq o‘zidan suvni tez o‘tkazadigan bo‘lib, nam ushlash xususiyati oz 
bo‘lsa (tuproq yengil bo‘lsa), unda suv pastga qarab ko‘proq singadi. Egatning 
namiqish konturi tikka turg‘izilgan tuxumga o‘xshash bo‘ladi. Bunda g‘o‘zaning 
ildizlariga suvning yetib borishi uchun egat pushtalarining ensiz qilib olish kerak. 
1.6-rasmda egatlardagi suvning tuproqqa singishi konturi sxemasi ko‘rsatilgan. 


77 
Og‘ir tuproqlardi esa suv pushtaning yon tomonlariga qarab ko‘proq singadi. 
Bunda pushtalar kengroq olinadi, belgilangan sug‘orish normasini berish uchun 
sug‘orish uzoq davom ettiriladi. 
Egat olib sug‘orish nazariyasi va hisobi, asosan, gidravlika qonunlariga 
bo‘ysunadi. Egatning ko‘ndalang kesimi sug‘orishdan oldin trapetsiya shaklida 
bo‘lib, suv quyilishi bilan u yarim doira shaklini oladi. 
A.A Cherkasov egatda oqayotgan suv tezligini quyidagi formula yordamida 
aniqlagan: 
3
1
6
5
1
i
h
K
v



(3.18) 
yoki
3
1
3
1
1
i
q
K
v



; h=2,0+15; K
1
=8+6 
(3.19) 
bu yerda:
h-egatdagi suvning chuqurligi, m; 
q-egatdagi suv sarfi, m
3
/sek; 
i-egat nishabi. 
Aniqlangan tezlik 0,1÷0,2 m/sek dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Aks holda suv 
egatni yuvib yuboradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin