Chiziqli tezlanish – tezlanish masshtabini hisobga olib (polzun tezlanishi) quyidagicha topiladi:
Shatunning burchak tezlanishini nisbiy harakatdagi tangensial tezlanishni shatun uzunligiga teng radius-vektorga bo’lib topamiz. Xaqiqiy tezlanishlarni tezlanish rejasi va mexanizm sxemasidagi qiymatlarga almashtirib quyidagini hosil qilamiz:
Shatunning burchak tezlanish yo’nalishini vektor ko’rsatadi, shartli ravishda mexanizm sxemasining C nuqtasiga tezlanishlar rejasidan ko’chiriladi. Berilgan holatda shatunning burchak tezlanishi soat strelkasiga qarama-qarshi yo’naltirilgan, burchak tezlik singari, bunda tezlanuvchan harakatlanadi.
4.7-rasm 4.7-rasm 4.7-rasm 4.7-rasm 4.7-rasm 4.7-rasm 4.7-rasm 4.7-rasm
Mexanizmda uzatish nisbatini hisoblash
Uzatish nisbati – bu zveno, nuqtalar tezliklar nisbati.
Uzatish nisbati qiymatlari dinamik hisoblashlarda qo’llaniladi.
Huddi shunday kinematik masalalarni yechishda, asosan kulachokli va tishli mexanizmlarda.
Uzatish nisbati harfli va sonli indekslarda u harfi bilan belgilanadi. Masalan, – bu 2-zvenodan 1-zvenoga uzatish nisbati.
Uzatish nisbati ikki tipga: o’lchamli va o’lchamsizga bo’linadi.
O’lchamsiz uzatish nisbati.
O’lchamsiz uzatish nisbati.
Bu burchak va chiziqli tezliklar nisbati.
Sterjenli mexanizmlar uchun – bu zveno burchak tezliklar yoki zveno nuqtalarining chiziqli tezliklar nisbati.
Mexanizmda uzatish nisbatining umumiy soni zvenolar soniga bog’liq bo’lib, ularning hammasi aniqlanmaydi, hisoblash uchun kerakli bo’lganlari hisoblanadi.
Sterjenli mexanizmning uzatish nisbati berilgan holat uchun sxema va tezliklar rejasi bo’lsa, osongina aniqlanadi.
Qurilgan krivoshiv-polzunli mexanizm uchun shatundan krivoshipga (4.4-rasm) uzatish nisbatini topamiz.
Qurilgan krivoshiv-polzunli mexanizm uchun shatundan krivoshipga (4.4-rasm) uzatish nisbatini topamiz.
Uzatish nisbatining fizik ma’nosi quyidagicha: bir zveno ikkinchisiga nisbatan necha marta tez yoki sekin aylanishini ko’rsatadi.
Mexanizmning keyingi holatlarida bu uzatish nisbati o’zgaradi, chunki boshqacha bo’ladi. Shunday qilib, sterjenli mexanizmlarda uzatish nisbati hisoblash ma’nosiga egadir (dinamik hisoblashlarda qo’llaniladi). Amaliy ma’nosi mexanizmlarda aylanma harakatni uzatadi, tishli mexanizmlarda, bunda zvenolarning tezliklari o’zgarmas va uzatish nisbati ham o’zgarmasdir (tishli mexanizm qismiga qaralsin).