Mexanizmlar zvenolari va kinematik juftlarining tezlanishlarini aniqlash.
4-5-Ma’ruza
Reja:
1. Oddiy sterjenli mexanizmlar kinematikasini o’qitishdan maqsad va vazifalari.
2. Mexanizm zvenolarining holatini qurish va u nuqtaning traektoriyasi.
3. Tezlik va tezlanish xillari.
4. Krivoship-polzunli mexanizm tezlik rejasi.
5. Krivoship-polzunli mexanizm tezlanish rejasi.
6. Uzatish nisbati va uning xillari.
Oddiy sterjenli mexanizmlar kinematikasining o’qitishdan maqsad va vazifalari.
Kinematikani o’qitishdan maqsad (kinematik tekshirish yoki kinematik analiz) nazariy mexanika kursida ta’riflangan, bu mumkin harakatlarni aniqlash.
Mexanizm tadbiqi – bu zveno va unga tegishli nuqtaning mumkin bo’lgan harakatlarini aniqlash, ya’ni, mexanizm zvenolariga ta’sir etuvchi kuch va momentlarni hisobga olmagan taqdirda mumkin bo’lgan harakatdir.
Mexanizmni ishlash protsessida zveno holatlarini qurish ko’pincha grafik usulidan kertiklar (zasechek) metodidan foydalangan holda olib boriladi.
Mexanizmni bir qancha siljitilgan holatlarini qurishda, ya’ni, mexanizm qo’zg’almas nuqtalari bitta joyni egallaydi. Qoidada juft sonli holatlar quriladi – 6, 8 yoki 12, mos ravishda kirish zvenosidagi aylana teng bo’laklarga bo’linadi. Buni markaziy bo’lmagan krivoship-polzunli mexanizm misolida quramiz, ya’ni, polzunning harakat yo’nalish chizig’i krivoshipning aylanish o’qidan o’tmagan holat uchun (4.1-rasm).