Krivoship-koromisloli mexanizmlarni siljitilgan holatlarini qurish oldingiga o’xshash bo’lib, bunda krivoship nuqtalaridan shatun uzunligiga teng radiusda koromislo nuqtasining traektoriyasidagi aylanaga kertik (zasechka) o’tqazish bilan aniqlanadi. (4.2-rasm.)
Krivoship-koromisloli mexanizmlarni siljitilgan holatlarini qurish oldingiga o’xshash bo’lib, bunda krivoship nuqtalaridan shatun uzunligiga teng radiusda koromislo nuqtasining traektoriyasidagi aylanaga kertik (zasechka) o’tqazish bilan aniqlanadi. (4.2-rasm.)
Krivoship-kulisali mexanizmlarni siljitilgan holatlarini qurish oson, krivoship, tosh va kulisa nuqtalari ustma-ust tushadi. (4.3-rasm.) Krivoship uzunligi va krivoship, kulisaning aylanish o’qlari orasidagi masofaga qarab, kulisa aylanma yoki tebranma harakat qilishi mumkin.
4.2-rasm. 4.3-rasm
..\КОМИССИЯга Механика (ММН андижон)\ММН А Н И М А Ц И Я\01 КПМ.zip
..\КОМИССИЯга Механика (ММН андижон)\ММН А Н И М А Ц И Я\02 КМ.zip ..\КОМИССИЯга Механика (ММН андижон)\ММН А Н И М А Ц И Я\4 Даб. кпм.zip ..\КОМИССИЯга Механика (ММН андижон)\ММН А Н И М А Ц И Я\08 КПМ.rar ..\КОМИССИЯга Механика (ММН андижон)\ММН А Н И М А Ц И Я\13 Дез. кпм.rar ..\КОМИССИЯга Механика (ММН андижон)\ММН А Н И М А Ц И Я\15 Кшарм.rar
Krivoship-polzunli mexanizm tezlanish rejasi.
Tezliklar mexanizmda tezlik rejasi yordamida topilsa, tezlanishlar mexanizmida tezlanishlar rejasi yordamida topiladi.
Tezlanish rejasi – bu nuqtaning absolyut va nisbiy tezlanish vektoridan qurilgan ko’pburchakdir. Tezlanishlarini topish uchun berilganlar mexanizmning kinematik sxemasi va tezliklar rejasi (4.7-rasm). Krivoshipning burchak tezlanishi o’zgarmas bo’lganligi sababli, uning har bir nuqtasi normal (markazga intilma) tezlanishga, qiymati esa quyidagi formuladan topiladi:
Istalgan tezlanish masshtabida ko’rsatilgan, bu tezlanish vektori, tezlanish rejasini qurish uchun berilgandir. Tezlanish masshtabi:
bu yerda: a - haqiqiy chiziqli tezlanish da;
- bu tezlanish vektorining chizmadagi ifodasi “mm” larda.
Tezlanishlar rejasini ko’rsatilgan masshtabda quramiz (4.7-rasm). Qutb π dan krivoship B nuqtasining normal tezlanish vektorini aylanish markaziga yo’naltirib, ya’ni B nuqtadan A nuqtaga qarab o’tqazamiz, ya’ni b=||AB.
B nuqta krivoshipga tegishli bo’lmasdan shatunga ham tegishlidir, shuning uchun shatundagi B nuqtaning tezlanishi, krivoshipdagi B nuqtaning tezlanishi hamdir.
Shatun tekislikda murakkab harakalanadi, ya’ni, uning harakati B nuqtaning ko’chirma, ilgarilanma va B nuqta atrofida aylanma harakatidan iborat. Shunday qilib, C nuqtaning shatundagi B nuqtaga nisbatan tezlanishi nisbiy normal va tangensial tezlanishini aniqlash uchun quyidagi vektor tenglamani yechish kerak:
C nuqta shatunga tegishli bo’lish bilan birga polzunga ham tegishli, shuning uchun ularning tezlanishi bir xildir. Polzun yo’naltiruvchi bo’lib, ilgarilanma harakatlanadi, shu sababli C nuqtaning tezlanish ta’sir chizig’i gorizontal yo’nalgan bo’ladi. Bu tezlanish absolyut, shu sababli qutb C nuqtaning B nuqtaga nisbatan normal tezlanishi, uning B nuqta atrofida nisbiy harakatdagi burchak tezlanishi ma’lumligi tufayli aniqlanadi. Bu vektorning chizmadagi ifodasini, ya’ni tezlanishlar rejasida ko’rsatilganidek vektor uzunligini aniqlaymiz. Vektor tenglamaga asosan grafik qo’shishni bajarib, bu vektorni B nuqta tezlanish vektorlarining oxiridan qo’yib, ya’ni, B nuqtadan shatunga parallel ravishda C nuqtadan B nuqtaga yo’nalishda – nisbiy aylanish markaziga (4.7-rasmda).
Vektor uzunlikni quyidagicha topamiz:
Tangensial nisbiy tezlanishning harakat chizig’ini vektor tenglamaga asosan grafik qo’shish natijasida, shatunga perpendikulyar qilib, vektorni o’tqazamiz. C nuqtaning tezlanish ta’sir chizig’i gorizontal chiziq bilan bu chiziqning uchrashish nuqtasida qidirilayotgan nuqta C vektorning oxiri (C nuqtaning absolyut tezlanishi) va (nuqtaning tangensial tezlanishi) topiladi. normal va tangensial nisbiy tezlanish vektorining yig’indisi to’la nisbiy tezlanish vektorini beradi.
C nuqtaning tezlanishi esa yuqorida tezliklar rejasida ko’rsatilganidek, C nuqta tezlanishlar rejasida kesmaning o’rtasida joylashgan bo’ladi.
Tezlanishlar rejasi mexanizmdagi chiziqli tezlanishning yo’nalishi va proporsiyasini ko’rsatadi. Chiziqli va burchak tezlanishlar qiymati tezlanishlar rejasidan formula orqali topiladi.