Mezolit (o’rta tosh) davri


Ashtarxoniylar davlatining iqtisodiy hayoti



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə167/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

Ashtarxoniylar davlatining iqtisodiy hayoti. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular "Mulki xurri xolis" deb atalardi. Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar. Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan u yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-katta yerlarni egallab, o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa aholi yashaydigan yirik manzilgohlar vujudga keldi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Buxoro xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatda:-qishloq xo’jaligidan tushadigan daromadlarning alohida shaxslar qo’lida to’planib borishiga;-xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib davlatning kuchsizlanishiga;



  • Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   293




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin