Mezolit (o’rta tosh) davri


Ashtarxoniylar davlatining ijtimoiy hayoti



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə230/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

Ashtarxoniylar davlatining ijtimoiy hayoti. Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va bosh¬qaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shay¬boniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan. Ashtarxoniylar davrida saroy qutlovi davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zaonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaq fyerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi.



  • Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   293




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin