Microsoft Word баҳоРаы мезони Quyon va ulkan tish. 2020 (2)



Yüklə 348,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix21.05.2023
ölçüsü348,01 Kb.
#118609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Javob yo‘q - 0 ball
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi - (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa....).
Javob uchun joy butkul bo‘sh.
Tekshiruvchilar uchun: O ‘quvchilar matnni o‘zgartirib, qayta yozishi mumkin. 
Quyida keltirilgan ikkita usuldan har xil ko‘rinish hisobga olinadi.
Sher mehribonlik bilan jilmaydi.
U quyonga “xavotir olma!” dedi.
U quyonga o‘zi ham ba’zida shunday qo‘rqib turishini aytdi.
Unga zilzila qanday bo‘lganini ko‘rsatdi.
Qo‘rqmasligi kerakligini aytdi.
Uni “mening kichik birodarim” deb atadi.
O‘zini axmoq deb his qilmaslik uchun harakat qiladi.
Sher kulib yubordi (sherning bu harakati quyonning qo‘rquvini kamaytirish uchun 
urunish desa bo‘ladi).
Sher vazmin edi. (bu sher harakatlarining aqlli ko‘rinishi).
QUYON ZILZILA HAQIDA OGOHLANTIRMOQDA, 8 - VAZIFA
8. Siz nima deb o‘ylaysiz, sherga quyon yoqdimi? Ertakda bu haqda nima 
deyilgan?
Maqsad: Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat: Ma’lumotlar yig‘ish va talqin qilish.
Javob qabul qilinadi -1 ball.
Javoblarda sherning quyonga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi matndan olingan 
ma’lumot keltiriladi.
Javob mazmuni;
Javobda o‘quvchi sherning quyonga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildiradi. 
(o‘quvchi salbiy va ijobiy munosabat deb tahmin qilishi mumkin). Hodisalarning 
yoritilishi yoki matndan olingan ma’lumotlar o‘quvchining matn asosida qilgan hulosasi 
asosida tasdiqlanadi.
Misollar:
- Ha u unga yoqardi. Unga bu haqiqiy zilzila emasligini ko‘rsatdi.
- Yo‘q. O‘ylaymanki, sher quyonni axmoq deb hisobladi. Chunki, u buni zilzila deb 
o‘yladi.
- Ha. U quyonga hikoyaning yakunida juda mehribon edi.
Javob qabul qilinmaydi - 0 ball.
Javoblarda sherning quyonga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi matndan olingan 
ma’lumot keltirilmaydi.
Javob mazmuni
PIRLS-2001 TADQIQO T TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQ LARG A JAVOBLAR VA MEZONLAR
4


Javobda sherning quyonga bo‘lgan munosabati haqida fikr bo‘lishi mumkin. Ammo bu 
matndan olingan ma’lumot bilan tasdiqlanmaydi. Fikr noto‘g‘ri yoki mos kelmaydigan 
ma’lumot bilan tushuntiriladi.

Yüklə 348,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin