Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
1.2. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar «Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
-
buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti, metodi va usullari;
-
buxgalteriya hisobining tashkil etish va yuritishning me'yoriy-huquqiy asoslari;
-
aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yuritishning asosiy qoidalari;
-
buxgalteriya hisobi axborotlarini yig‘ish, ishlov berish va ularni taqdim etish;
-
soliqlarning mohiyati, zarurligi va funksiyalari;
-
soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi;
-
qishloq xo‘jalik korxonalarining soliq tizimi;
-
soliqqa tortish usullari
haqida tasavvurga ega bo‘lishi; -
buxgalteriya hisobining usullarini;
-
buxgalteriya hisobining schyotlari va ikki yoqlama yozuvni;
-
hujjatlashtirish va inventarizatsiyani;
-
buxgalteriya hisobi registrlari va shakllarini;
-
aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini tashkil etishni;
-
xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobini yuritishni;
-
daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda moliyaviy natijalarni aniqlashni;
-
moliyaviy va statistik hisobotlarni tayyorlash va tuzishni;
-
qishloq xo‘jalik korxonalari soliq ob'ekti, soliq stavkalari, soliq imtiyozlari va soliqlarni hisoblash
va to‘lash muddatlarini;
-
jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni
bilishi kerak; -
xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish;
-
xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya schyotlarida ikki yoqlama aks ettirish;
-
aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yurita olish;
-
xo‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettirish;
-
moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish;
-
soliq ob'ektlarini to‘g‘ri aniqlash;
-
soliq imtiyozlarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
-
soliqlarni hisoblash varaqalarini tuzish va soliq organlariga taqdim etish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. -
buxgalteriya hisobining usullaridan foydalana olish;
-
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritishni bilish;
-
hujjatlashtirishni bilishi hamda inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkaza olishi;
-
aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini tashkil eta olish;
-
xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobini yuritish;
-
daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda moliyaviy natijalarni aniqlash;
-
moliyaviy va soliq hisobotlarni tayyorlash va tuzish;
-
yagona yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan soliq va boshqa soliqlarni hisoblab chiqarish,
buxgalteriya hisobida aks ettirish va o‘tkaza olish
malakalariga ega bo‘lishi kerak.