Kafedra mudiri: __________ Dusmuratov R.D. Ishchi fan dasturi “Qishloq xo‘jaligida menejment” fakultet kengashida muhokama etilgan va
foydalanishga tavsiya qilingan (2016 yil “__”______ dagi __ - sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ Shokirov A.J. Kelishildi: O‘quv metodika boshqarma boshlig‘i ______________ Atabayev M.M. 1. KIRISH Ushbu dastur buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti, metodi va usullari, buxgalteriya
hisobining tashkil etish va yuritishning me'yoriy-huquqiy asoslari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital
hisobini yuritishning asosiy qoidalari, buxgalteriya hisobi axborotlarini yig‘ish, ishlov berish va ularni
taqdim etish tartibi, soliqlarning mohiyati, zarurligi va funksiyalari, soliq tizimi va soliqlarning
guruhlanishi, qishloq xo‘jalik korxonalarining soliq tizimi, soliqqa tortish usullari masalalarini qamrab
olgan.
1.1.Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad
- buxgalteriya hisobining ob'ektlari va sub'ektlari, schyotlar tizimi va ikki
yoqlama yozuv, xo‘jalik muammolarini hisobga olish, dastlabki hujjatlarni yuritish, amaldagi soliqlarning
mohiyati, zarurligi va funksiyalari, soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi, qishloq xo‘jalik
korxonalarining soliq tizimi, soliqqa tortish usullari haqida zarur bo‘lgan bilimlarni berish.
Fanning vazifalari - talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, qishloq xo‘jaligida
buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, buxgalteriya balansi uning tuzilishini, xo‘jalik jarayonlarini
hisobga olish va ularning natijalari asosida hisobot tuzish to‘g‘risidagi bilimlarni, soliq tizimi va
soliqlarning guruhlanishi, soliq elementlari va qishloq xo‘jalik korxonalari to‘laydigan soliqlar hamda
ularni hisoblash tartibini, soliq hisobotlarini topshirish va to‘lash muddatlarini o‘rgatishdan iborat.