Hisob siyosatini qo‘llashning belgilangan chegaralari korxonada to‘liqlik,
ehtiyotkorlik,
xo‘jalik faktlari iqtisodiy mazmunining ularning shaklidan ustuvorligi hamda muvofiqlik va
oqilonalik talablari doirasida belgilanishi mumkin.
Korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosati yildan-yilga
izchil qo‘llaniladi. Buning natijasida har xil hisobot davrlarida olingan buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarining taqqoslanishi ta'minlanadi. Shunday qilib, ushbu talabni amalga oshirish maqsadida
hisob siyosati tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati (buyruq, farmoyish) tasdiqlangan yildan keyingi
yilning 1 yanvaridan kuchga kiritilishi lozim.
Yangi tashkil etilgan korxona, u qachon yuridik shaxs maqomini olganligi (Davlat ro‘yxatidan
o‘tganligi)dan qat'iy nazar, hisob siyosatini kuchga kiritish bo‘yicha yuqorida belgilangan talablarga
rioya qilishi lozim. Ushbu talablar
korxonaning filiallari, vakolatxonalari va bo‘linmalariga
(jumladan, alohida balansga chiqarilgan) ham taalluqli, ularning joylashgan yeridan qat'iy nazar.
Yangidan tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqilgan hisob siyosati- ni rasmiylashtirish
ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda uning moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon
qilingunga qadar, ammo yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan(davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) kundan
boshlab 90 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi lozim.
Hisob siyosati tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha xo‘jalik
yurituvchi subektlar tomonidan ishlab chiqilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” qonunining qoidalarini buxgalteriya
hisobining yagona uslubiy tamoyilari asosida rivojlantirilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlari
qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi milliystandartlari qonunga zid bo‘lmasligi va uning uslubiy
taminotini rivojlantirishi lozim. Hozirgacha 26 ta BHMS ishlab chiqilgan va amaliyotda
qo‘lanilmoqda.
Bizning fikrimizcha, BHMSlar keyinchalik ularga buxgalteriya hisobiningayrim
murakkab qoidalari va normalari qo‘shimcha sharhlar bilan to‘ldirilgan va buxgalteriya hisobining
texnik jihatlari to‘liqroq aks etirilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi zarur.
Korxona darajasida buxgalteriya hisobining uslubiy ta'minlash quyidagilarni qo‘llash bilan
belgilanadi:
-
tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta'minlaydigan, sintetik
va analitik schotlardan iborat, namunaviy schotlar rejasi asosida ishlab
chiqilgan ishchi schotlar
rejasi;
-
xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan tarmoqlararo va tarmoq dastlabki
hujjatlarining namunaviy shakllari. Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ko‘zda tutilmagan
hodisalar, hamda ichki buxgalteriya hisoboti uchun dastlabki hujjatlar shakllari umumiy talablar va
majburiy rekvizitlar ro‘yxatiga mos kelishi lozim;
-
xo‘jalik operatsiyalarini, ularning mazmunidan kelib chiqqan holda joriy nazorat modeli
inventarizatsiya o‘tkazish texnologiyalari va ayrim turdagi mulklar hamda majburiyatlarni baholash
uslublari;
-
amal qilayotgan hisobni tashkil etish va mavjud texnik vositalar negizida hujjatlar aylanishi
va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi.
Shunday qilib, boshqaruv pog‘onalarining har birida o‘zining vazifalari hal etiladi. Shu bilan birga
ularning barchasi oxir-oqibatda buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillariga muvofiq hisob
jarayonini tartibga solish va maqbullashtirishga qaratilgan.
Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillari korxona hisob siyosatining tarkibiy qismi
sifatida quyidagilarni nazarda tutadi:
-
korxona mulklari va majburiyatlarining boshqa korxona va muldorlardan alohidaligi;
-
korxona faoliyatining uzluksiligi, ya'ni kelajakda o‘z faoliyatini to‘xtatish niyatining yo‘qligi;
-
bir hisobot davridan boshqasiga o‘tishda o‘z faoliyatini izchil amalga oshirishi va natijada,
o‘z majburiyatlarini to‘lamaslik niyatining yo‘qligi (hisob siyosatini izchil qo‘llash tamoyili);
-
hisoblash paytiga rioya qilinishi, ya'ni daromadlar va xarajatlar ular shakllangan paytda emas,
ular tegishli bo‘lgan hisobot davrida aks ettiriladi.
Korxona hisob siyosati quyidagilarni ta'minlashi lozim:
-
korxonada sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan o‘z
vaqtida va to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili);
-
o‘z hatti-xarakatlarida extiyotkorlik, o‘zining hatti-xarakatlari
bilan korxonaning moliyaviy
barqarorligiga ataylab zarar etkazmaslik;
-
huquqiy va iqtisodiy yondoshuvlarning ayrim amaldagi qoidalarini formal tushunishdan ustunligi
(mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
-
analitik schotlar boshlang‘ichva oxirgi qoldiqlari hamda debet va kredit oborotlari mos ravishda
yig‘indilarining ularni umumlashtiruvchi sintetik schotning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i hamda
debet va kredit oborotlariga mos ravishda tengligi (muvofiqlik tamoyili);
-
buxgalteriya hisobini muayyan korxona faoliyatini inobatga olgan holda tejamli va oqilona
yuritish (oqilonalik tamoyili);
-
bir tomondan, korxonaning moliyaviy natijasini hisoblash maqsadida, ikkinchi tomondan korxona
moliyaviy ahvoli to‘g‘risida tashqi foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish maqsadida, hisob
(oy) va hisobot (choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik) davrini chegaralash, ya'ni
davriylik
tamoyili;
-
moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili (uning tarkibi o‘zgarmasligi, balans va
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlarining hisobot yili boshi va oxirida
taqqoslanuvchanligi, hisobotning e’lon qilinishi).
Hisob siyosati korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan yillik hisobotni birinchi
e’lon qilishdan, ammo yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yhatidan o‘tgan) kundan boshlab 90
kundan kechikmasdan rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o‘zining
tashkiliy tuzilmasiga ega
(
Dostları ilə paylaş: