Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
5.3. Hisob siyosatini o‘zgartirish Hisob siyosati, qoidaga ko‘ra, hisobot davri davomida o‘zgartirilmasligi lozim.
Hisob siyosatini o‘zgartirishga quyidagi shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi:
-
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki buxgalteriya hisobini tartibga
soluvchi davlat organi me’yoriy hujjatlarining o‘zgarishi;
-
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida buxgalteriya hisobini yuritishning
yangi usullari ishlab chiqilishi;
-
korxona faoliyatining jiddiy o‘zgarishi.
Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo‘llash to‘g‘risida moliyaviy
ahvolni, pul oqimlarini yoki moliyaviy natijalarni ishonchli baholash mumkin bo‘lmagan,
buxgalteriya hisobini yuritish usullari muhim deb e'tirof etiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag‘larining xarakati yoki faoliyatining natijalariga
jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsata oladigan hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlaripul ifodasida
baholanadi. Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini pul ifodasida baholash buxgalteriya hisobining
o‘zgartirilgan usuli qo‘llanila boshlagan sanaga, korxona tomonidan chiqarilgan ma’lumotlar asosida
amalga oshiriladi.
Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini aks ettirish hisobot davri uchun tegishli
ma’lumotlarni hisobot davridan oldingi davrdagi moliyaviy hisobotga kiritishdan iborat. Ko‘rsatilgan
tuzatishlar faqat moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech qanday buxgalteriya yozuvlari
amalga oshirilmaydi.
Hisob siyosatini o‘zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nisbatan pulda ifodalash
unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda buxgalteriya hisobini yuritishni o‘zgartirilgan usuli faqat
bunday usul kiritilgan xo‘jalik faoliyati faktlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta'minlash maqsadida hisob
siyosatiga o‘zgartirishlar yilning 1-yanvaridan ya'ni moliya yilining boshidan kiritilishi lozim.
Hisobot yilidan keyingi yil uchun hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar moliyaviy
hisobotni tushuntirish xatida izoh beriladi. Korxona faoliyatida birinchi marta vujudga kelgan yoki
oldin mavjud bo‘lgan faktlardan mohiyatan farq qiladigan xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya
hisobida yuritish usulini tasdiqlash hisob siyosatining o‘zgartirishi hisoblanmaydi.