korxona rahbari yozadi. Order bo‘yicha pul berilganligini kassir o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Pulni
olgan shaxs ham oredraga imzo qo‘yadi. Kassa chiqim orderi bo‘yicha
pullar faqat u yozilgan
kundagina beriladi. Kassa chiqim orderini kassadan pul olish uchun bevosita oluvchining qo‘liga
berish ruxsat etilmaydi.
Kassir kassa chiqim orderi bo‘yicha pul berishda uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, unda
xo‘jalik rahbarining va bosh buxgalterning imzosi borligi va uning asli ekanligini, hujjatda sanab
o‘tilgan ilovalarning mavjudligini sinchiklab tekshirishi kerak. Ana shu talablardan bittasiga amal
qilinmagan bo‘lsa ham order pul to‘lash uchun qabul qilinmaydi.
Chiqim orderi bo‘yicha pul berishda kassir pul oluvichdan uning shaxsini tasdiqlovchi pasport
yoki boshqa hujjatni ko‘rsatishni talab qiladi. Hujjat raqami, u berilgan
joy va sanasi kirim kassa
orderiga qayd etiladi.
Agar pul ishonch qog‘ozi bo‘yicha berilayotgan bo‘lsa, u holda kassa kirim orderi matnida
buxgalteriya pul berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatadi. Ishonch
qog‘ozi kassirda qoladi va kassa kirim orderiga ilova qilinadi.
Kassadan pul berish rasmiylashtiriladigan ushbu xujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter
yoki u vakolat bergan shaxslar imzolaydilar.
Kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to‘lovnomalar va boshqalarda
korxona rahbarlarining ruxsat beruvchi yozuvi (vizasi) bo‘lsa, kassa chiqim orderiga rahbar imzo
qo‘yishi shart emas.
Kassa chiqim orderi qoidalariga ko‘ra pul oluvchining arizasiga
asosan buxgalteriyada
to‘ldiriladi. Ariza orderning orqa tomoniga yozilib, korxona rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Orderga pulni berganligi to‘g‘risida kassir va olinganligi to‘g‘risida pul olgan shaxs imzo qo‘yishi
kerak. Kassa chiqim orderi bo‘yicha pul faqat u yozilgan kundagina beriladi. Kassa chiqim orderini
kassadan pul olish uchun bevosita oluvchining qo‘liga berish ruxsat etilmaydi.
Barcha kassa hujjatlari siyoh yoki pasta bilan aniq, hech qandan bo‘yalmasdan yoki
tuzatishlarsiz to‘ldiriladi. Kassa hujjatlarida tuzatishlarga (hatto izoh berib bo‘lsa ham) yo‘l
qo‘yilmadi. Kassa kirim va chiqim orderlari buxgalteriyada yil boshidan yil oxirigacha xronologik
tartibda alohida raqamlab boriladi.
Barcha kassa kirim yoki chiqim orderlari kassaga berilgunga qadar buxgalteriyada kirim va
chiqim kassa hujjatlarini qayd qilish daftari(KO-3 shakl)da ro‘yxatga olib boriladi.
Daftar odatda, kassa kirim va chiqim hujjatlariga ayrimda orderlarni bitta daftarda qayd etib
borish mumkin, bunda daftar bir necha yil tutilishi mumkin, lekin undagi tartib nomerlari kassa
ordurlari uchun yil boshidan belgilanadi.
Kirim va chiqim kassa orderlarini ular asosida pul olingan yoki berilganidan so‘ng
kassir
darhol imzolab, ilova qilingan: kirim hujjatlariga «olindi», chiqim hujjatlariga esa «to‘landi» deb,
sanasini ko‘rsatib to‘rtburchak muhr (shtamp) qo‘yadi yoki qo‘lda yozadi.
Pullar kassadan shuningdek, ish haqi to‘lashda to‘lov vedomostlariga asosan ham beriladi.
Bunda kassa chiqim orderlari har bir pul qabul qilib oluvchi uchun tuzilmaydi. Order vedomost bo‘yia
haqiqatda to‘langan ish haqining umumiy summasiga yoziladi. Kassir pulini olmagan shaxslarning
familiyasi ro‘parasiga «Deponentlandi» degan shtamp qo‘yadi yoki qo‘lda yozib qo‘yadi. To‘lov
vedomostining titul varag‘ida haqiqatda to‘langan summa, shuningdek, olinmay qolgan va
deponentlanishi kerak bo‘lgan summa haqidagi yozuv yoziladi.
Kassaga naqd pul mablag‘lari bankdagi schyotlardan cheklar asosida olib kelinadi. Bank
muassasasi qishloq xo‘jalik korxonalariga hisob-kitob schyotidan naqd pul olishlari uchun ularning
maxsus arizalari asosida chek daftarchalari beradi. Bu daftarchalardagi cheklarning hammasi
oldindan raqamlangan bo‘lib, ularning har birida
bank muassasasining nomi, hisob-kitob schyoti,
egasining nomi ko‘rsatiladi. Chek yozib berishda uning orqasida olinadigan summaning nima
maqsadga mo‘ljallanishi: mehnat haqi to‘lash uchun, xo‘jalik xarajatlari uchun va hokazo
ko‘rsatiladi. Cheklarda barcha rekvizitlar bevosita xo‘jalikda to‘ldiriladi. Kassirga imzo qo‘yilib va
muhr bosilgan cheklarning toza blankalarini ularni davlat bankda to‘ldirish uchun berishshga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Chekda olinishi kerak bulgan summa albatta so‘z bilan va bosh harf bilan yoziladi. Chek
qoidaga ko‘ra kassirga yozib beriladi; cheklarni boshqa kishilarga berish mumkin emas.
Chekning orqa tomoni
Naqd pullarni bankka topshirish «Naqd pullarni topshirish uchun bildirish»
bilan rasmiylashtiriladi. Bildirish bo‘yicha qabul qilingan summaga bank patta beradi, ushbu
patta kassadagi pullarni hisobdan chiqarish uchun asos bo‘luvchi
hujjatdir.
Kassadagi naqd pullar harakatini kassir kassa daftari (KO-4 shakl)da hisobga olib boradi.
Kassa daftarining
varaqlari raqamlanib, ip o‘tkazib boglanadi va so‘rgichli yoki mastikali muhr
Чек чиптаси
«Јангли» агрофирмаси .
ПЗ № 0002919
чек берувчи
20210000704187313001 .
с. т.
чек берувчининг щисоб ра=ами
ЧЕК
ПЗ № 0002919 с. т.
200_й «__» ______
_
«Јангли», 1 март 20 йил
_____
БЕРИЛДИ ЧЕК
берилган жой
сана ой ёзма
__Якубов Г.М.________
имзолар:
____
(имзо)
___
биринчи
___
(имзо)
___ чек берувчининг
иккинчи
мущри учун
ЧЕКНИ ҚАБУЛ ҚИЛДИМ жой
20__Й «__» _________
____________________
имзо
(имзо)
+
и
р
=
и
ш
ч
и
з
и
г
и
ПЗ № 0002919
Dostları ilə paylaş: