Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
17.7. Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to‘lash fondi ustidan doimiy
nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Buxgalteriya xodimlari ishbay narx va baholarning tarif stavkalarini, maosh, ustama haq va
qo‘shimcha to‘lovlar, mukofotlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va hisoblanishi ustidan joriy nazorat
o‘rnatishi kerak.
Shu vaqtga qadar ish haqi fondidan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan tashqi nazorat funktsiyalari
davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklangan edi.
Bank nazorati mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish hajmi yoki korxona faoliyatini
ifodalovchi boshqa ko‘rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi buyicha hisob va hisobotning joriy
etilgan tartibi asosida har chorakda amalga oshirilar edi.
Bank muassasalalari korxonaga ish haqi uchun mablag‘larni mahsulot (ish, xizmat)lar yoki
daromad hajmining o‘sish darajasi 0,7 koeffitsientiga to‘g‘rilangan ish haqi fondining baza darajasiga
asoslangan holda berar edi. Ishlab chiqarish hajmi kamaygan taqdirda ish haqi uchun mablag‘lar bank
tomonidan ish haqi fondining baza darajasida berilar edi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z mablag‘laridan mustaqil foydalanish ko‘lamini
oshirish maqsadida respublikamizda ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 avgustda qabul qilingan «Pul mablag‘larining
bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘arorida korxona,
tashkilot va muassasalarning bankdagi o‘z hisobvaraqlaridagi pul mablag‘laridan erkin
foydalanishini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Xususan, ushbu O‘arorning 3-
bandiga muvofiq 2002 yil 1 sentyabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarga tijorat banklaridagi o‘z hisob raqamlaridan naqd mablag‘larni topshirilgan
naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo‘yicha olish huquqi berilishi ko‘zda
tutilgan.
O‘arorning 4-bandiga binoan 2002 yil 1 oktyabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy
nazar, korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning davlat
tomonidan tartibga solinishi bekor qilinishi ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, 2002 yilning to‘rtinchi
choragidan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga
mehnatga haq to‘lash sifatida hisoblangan va amalda to‘langan summalar hamda boshqa daromadlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu daromadlardan soliq summalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etishi belgilab qo‘yilgan.
O‘arorning amaliyotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yuridik
shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondi ustidan nazoratni o‘zlari yuritishini belgilab beradi.