Turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar
chet el valyutasida belgilangan eng yuqori
me’yorlariga muvofiq to‘lanadi. Turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlarning uzil-kesil hisob-
kitobi xizmat safariga yuborilgan shaxsning haqiqatda amalga oshirgan xarajatlari bo‘yicha, lekin
belgilangan me’yorlardan yuqori emas, agar korxona rahbari tomonidan belgilangan bo‘lsa,
qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, amalga oshiriladi. Bunda turar joyni ijaraga olish
bo‘yicha xarajatlar har bir sutka uchun, xizmat safarining ayrim kunlari uchun ortiqcha xarajatlarni
hisobga olmasdan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari chog‘ida
sutkalik me’yorlari
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan
tashqariga xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibiga 1-son ilovada belgilangan.
Basharti, ushbu xarajatlar keyin tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, korxona rahbari
tasdiqlangan me’yorlarga qo‘shimcha to‘lovlarni belgilashi mumkin.
Chet el valyutasidagi sutkalik xarajatlar xizmat safarida bo‘lgan har bir kun uchun belgilangan
me’yorning 100 foizi miqdorida kompensatsiyalanadi, bunga yo‘lga chiqilgan kun va yetib kelingan
kun kiradiyu xodim ikki va undan ortiq xorijiy davlatga xizmat safariga yuborilganda, sutkalik pullar
bir davlatdan boshqasiga o‘tish kunida xodim o‘tayotgan davlatning sutkalik me’yorlari bo‘yicha 100
foiz miqdorida to‘lanadi. Chet el valyutasidagi sutkalik pullar xizmat safariga bir kunda borish va
qaytish chog‘ida 50 foiz iqdorida chet el valyutasida yet el valyutasida qoplanadi.
Transport xarajatlari
ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash sharti bilan haqiqiy xarajatlar
bo‘yicha to‘lanadi. Aeroport, vokzal, pristanlar (xorijiy davlat hududida). Agar ular aholi punktidan
tashqarida joylashgan bo‘lsa, yashash joyigacha borish va orqaga qaytish xarajatlari ham.
Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida, qoplinishi kerak. Shahar ichidagi transportdan
foydalanganlik uchun xarajatlar xodimga sutkalik pullar tarkibida kompensatsiyalanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimlarga hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar am
qoplanadi:
−
vizalar olishga doir;
−
MDH mamlakatlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha;
−
Bo‘lish mamlakatida chet el valyutasini sotib olish yoki sotish chog‘ida yig‘imlarni (foizlarni)
to‘lash bo‘yicha;
−
xizmat safari topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan telefon so‘zlashuvlariga. (xodimlarning
so‘zlashuvlarning borishi va boshqa masalalar bo‘yicha rahbariyatni xabardo qilish majburiyati
xizmat safarining reja-topshirig‘ida nazarda tutilishi kerak);
−
xodim borishi kerak bo‘lgan tansport turida yukni bepul olib o‘tish me’yorida otiqcha 30 kgga
qadar bo‘lgan yukni tashish uchun haq to‘lash;
−
aeroport, sug‘urta (tayinlangan mamlakatga borish uchun majburiy hisoblangan sug‘urta
turarigina), bojxona va komission yig‘imlar (ko‘rgazmalar, taqdimotlar, konferentsiyalar va
gastrollar o‘tkazilganda);
−
konferentsiyalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari;
−
pullik avtoto‘xtash joylari xizmatlari, avtobenzin xarid qilish, yuk tashishga haq to‘lash bo‘yicha
9faqat xizmat safariga yuorilgan haydovchilar uchun);
−
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (faroyishlari) bo‘yicha
borayotganlar uchun MDH mamlakatlarida «VIP» zali orqali xizmat ko‘rsatish.
Sutkalik xarajatlar, turar joyni ijaraga olish xarajatlari, shuningdek, transport xarajatlarini
qoplash me’yorlaridan ortiqcha amalga oshirilgan qo‘shimcha to‘lovlar foyda solig‘iga tortilishi
kerak (Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab iqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda oliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-son ilovaning 1.8 va 1.18-bandlari) va
daromad solig‘ini hisoblab iqarish uchun jismoniy shaxsning jami daromadiga kiritiladi (MV va
DSQning Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 martda 1110-soni bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan
qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblab iqarish va
byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 8-bandining «e» kichik bandi).
Xizmat safaridan qaytganidan keyin uch kun mobaynida xodim buxgalteriyaga rahbar
tomonidan tasdiqlangan, xizmat safari natijalari to‘g‘risida hisobot va bo‘nak hisobotini taqdim etishi
shart. Xizmat safari natijalari bo‘yicha uzil-kesil hisobot hujjatlar bilan tasdiqlangan, belgilangan
me’yorlar va qo‘shimcha to‘lovlar hisobga olingan holda, bo‘nak hisobotini qabul qilsh sanasida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ehlon qilingan kurs bo‘yicha haqiqiy xarajatlar
amalga oshiriladi. Bo‘nak hisobtida tilga olinadigan barcha hujjatlar bilan tasdiqlanishi, tegishli
tarzda rasmiylashtirilishi, shuningdek, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Xizmat safari xarajatlari hisobini yuritish uchun quyidagi hisobvaraqlari nazarda tutilgan:
4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar» hisob raqami;
6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» scheti
Xizmat safari xarajatlari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi
Debet
Kredit
Xizmat safariga borish maqsa-
dida hisobot beriladigan pul
mablag‘lari ajratildi
4220-«Xizmat
safarlariga
berilgan bo‘naklar» scheti
5010-«Milliy
vayutadagi
pul
mablag‘lari» scheti
Xizmat
safari
xarajatlari
summasi hisobdan iqarildi
2010-«asosiy
ishlab
chiqarish»,
9420-
«Mahmuriy xarajatlar» va
boshqa schetlar
4220-«Xizmat safarlariga berilgan
bo‘naklar» hisob raqami;
Ishlatilmagan
summaning
qaytarilishi aks ettirilganda
5010-«Milliy vayutadagi pul
mablag‘lari» scheti
4220-«Xizmat safarlariga berilgan
bo‘naklar» hisob raqami
Xizmat safari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibi va belgilangan me’yorlardan ortiqcha
berilgan summalarga soliq solish quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi: Vazirlar mahkamasining
1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab iqarish va
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidagi nizom;
MV va DSQning Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 13 martda 1109-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)ga solinadigan soliqni
hisoblab chiqarish va byudjetlashtirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma;
Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyunda 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Vazirliklar, idoralar, korxna va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga
xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘ berish tartibi;
Adliya vazirligi Tomonidan 1998 yil 17 dekabrda 565-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilganYuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari.
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga 1-son ilovaning 1.8 va 118-bandlarida nazarda
tutilishicha, ishlab iqarish va boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari bilan bog‘langan, korxona
rahbarlarining qarori bo‘yicha qonun hkujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan
to‘lovlar qaytar hisob bilan soliq solinadigan baxzaga kiritilishi kerak.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga ish beruvchining uning xodimlari bevosita yoki
bilvoita daromadi hisoblangan boshqa xarajatlari ham kiitiladi (Jismoniy shaxslar daromadiga
solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 8-
bandi). Bunday bevosita yoki bilvosita daromadlar sirasiga belgilangan me’yorlardan ortiqcha xizmat
safariga doir to‘lovlar ham kiritiladi.
Sutkalik xarajatlar va yashash (tura joyni ijaraga olishga doir) xarajatlarning me’yorlari
Vazirliklar, idoralar. Korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga
xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibiga 1-son ilovada belgilangan. Moskvaga xizmat
safari chog‘ida ular quyidagi miqdorlarda belgilangan: sutkalik pullar – $25, yashashga - $80.
Ana shu tartibda belgilanishicha, shahar ichida transportdan foydalanish xarajatlari xodimga
sutkalik pullar tarkibida kompensatsiyalanadi. Ana shu maqsadlarda sutkalik pullardan ortiqcha
qoplanadigan summalar foyda solig‘iga tortilishi kerak (4.6-band). Tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lganida
va aeroport aholi punktidan tashqarida joylashgan taqdirdagina aeroportdan yashash joyiga borish va
qaytish xarajatlarigina sutkalik pullardan tashqari qoplanadi.
Tilga olingan vaziyatdagi xizmat safari xaraatlri bo‘yicha yakunlarni chiqaramiz va soliq
oqibatlarini belgilaymiz.
№
Xizmat
safari
xarajatlari
Amaldagi qonun
hujjatlarida
belgilangan
me’yorlar
Korxona
rahbarining
buyrug‘i
bilan
tasdiqlangan
me’yorlar
Haqiqatda
amalga
oshirilgan
xarajatlar
Soliq oqibatlari
1
Sutkalik
pullar
$25
$40
Farq ($40-$25) foyda foyda
solig‘i hisob-kitob chog‘ida
soliq
solinadigan
bazaga
kiritiladi
Farq ($40-$25) xodimning
jami daromadiga kiritiladi va
aromad solig‘iga tortiladi
2
Yashash
xarajatlari
$80
$80
120
Farq ($120-$82) foyda solig‘i
hisob-kitobi chog‘ida soliq
solinadigan bazaga kiritiladi.
Farq
($120-$80)
jami
daromadga
kiritiladi
va
daromad solig‘iga tortiladi
3
Shahar
ichidagi
transport
xarajatlari
Yo‘-,
sutkalik
pullar tarkibida
kompensatsiyala
nadi
Haqiqiy
xarajatlar
$100
Foyda solig‘i hisob-kitobi
chog‘ida soliq solinadigan
bazaga kiritiladi
Jami daromadga kiritiladi va
daromad solig‘iga tortiladi.
Xodimlarga bo‘naklar berilganida bo‘naklarni hisobga olish hisobvaraqlari pul mablag‘larini
hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada debetlanadi, xodimlarga berilgan bo‘naklarni
hisobga oluvchi hisobvaraqlar xarajatlar va xarid qilingan boyliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar
bilan yoki sarflanadigan xarajatlarning turlariga ko‘ra boshqa hisobvaraqlar bilan
korrespondentsiyada kreditlanadi.
Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari yuzasidan hisoblashishlar buxgalteriya hisobvaraqlarida
huyidagicha aks ettiriladi:
-hisob berish sharti bilan kassa chihim orderi asosida berilgan summalarga:
D-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»;
- hisobdor shaxslarning bo‘nak hisobotlari bo‘yicha sarflangan summalarga:
D-t 1010-«Xom-ashg‘ va materiallar»
D-t 2510-«Umumishlab chiharish xarajatlari»
D-t 9420-«Mahmuriy-boshqaruv xarajatlari»
K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»;
-foydalanilmagan va kassaga haytarilgan bo‘naklar summasiga:
D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»;
-hisobdor shaxslar hisob beriluvchi summalar belgilangan muddatlarda sarflangani to‘g‘risida
hisobot bermaganlarida yoki foydalanilmagan bo‘nak qoldig‘ini qaytarmaganlarida ularning ish
haqidan ushlab qolinadigan summalarga:
D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»
K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar».
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlarning jamlama hisobi 7-jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu
jurnal-orderda hisob berish sharti bilan berilgan har qaysi summaga bitta satr ajratiladi va bo‘nak
hisoboti taqdim etilishi, foydalanilmagan summalarning kassaga qaytarilishi yoki ortiqcha xarajatni
qoplash uchun olinishi bilan ana shu muomalalarga doir summalar o‘sha satrlarning o‘zida
ko‘rsatiladi.
Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa
hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha
hisob-kitoblar, uy-joy hurish uchun olingan ssudalar, moddiy boyliklarning kamomadi bo‘yicha
zararlarni hoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar xodimlar bilan boshqa
muomalalar bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish
uchun huyidagi hisobvaraqlar ko‘zda tutilgan:
4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha qarzlari»
4730-«Xodimlarning moddiy zararni hoplash bo‘yicha qarzlari»
4790-«Xodimlarning boshqa harzlari».
4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag‘ida korxona
xodimlariga nasiyaga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobga olinadi. Nasiyaga tovarlar
sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit
summalarini savdo korxonalariga to‘laligicha o‘tkazadilar.
Nasiyaga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa, quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar»
K-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar».
Korxona xodimlardan nasiyaga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarini ish haqidan ushlab qoladi:
D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning harzlari».
So‘ngra ushlab qolingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi:
D-t 6810-«Hisha muddatli kreditlar»
D-t 7810-«Uzoh muddatli kreditlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schYoti».
4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha harzlari» hisobvarag‘ida korxona ishchilariga
berilgan harzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi. Masalan, uy-joy hurilishiga, dala hovlilarni xarid
hilish g‘ki hurish uchun va hokazo.
Xodimlarga ushbu mahsadlar uchun harz berilganida huyidagicha provodka beriladi:
D-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
K-t 5110-«Hisob-kitob scheti».
Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank tomonidan xodimga
berilsa, u holda huyidagicha provodka beriladi:
D-t 4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha harzlari»
K-t 6810-«Hisha muddatli kreditlar»
K-t 7810-«Uzoh muddatli kreditlar».
Harzdor xodimlardan to‘lovlar tushib kelganida huyidagicha g‘zuv qilinadi:
D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
D-t 5110-«Hisob-kitob scheti»
D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»
K-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari».
Bank kreditlarini so‘ndirish paytida:
D-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar»
D-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob scheti».
4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘ida korxona
xodimi tomonidan pul va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsiz
mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha, shuningdek, zararning boshqa
turlarini qoplash bo‘yicha hisoblashishlar hisobga olinadi.
Aybdor shaxslardan olingan summalar 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar»,
materiallar, tovarlar va boshqa boyliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 4730-
«Xodimlarning moddiy zararni hoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvaraqining debetiga olib boriladi.
4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘ining krediti
bo‘yicha yozuvlar, to‘langan to‘lovlar summasiga
– pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, moddiy zararni hoplash uchun
mehnat haqidan ushlab holinadigan summalarga
- 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» hisobvarag‘i bilan
korrespondentsiyada amalga oshiriladi.
4790-«Xodimlarning boshqa harzlari» hisobvarag‘ida yuqorida qayd qilingan harzlardan
boshqa vujudga kelgan qarzlar yuzasidan hisoblashishlarning hisobi korxonaning har bir xodimi
bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |