Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1) kreditlar, zayomlar bo‘yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar 
berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish;
2) depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu 
jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish va yuritish; 
3) to‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘lov vositalari bilan bog‘liq 
operatsiyalar, inkasso bo‘yicha operatsiyalar; 
4) milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar, numizmatika maqsadlarida 
foydalaniladiganlari bundan mustasno; 
5) yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlar depo-hisobvaraqlarini, shu 
jumladan vakil depozitariylarini ochish hamda yuritish; 
6) qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan 
bog‘liq operatsiyalar. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli 
qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni 
o‘tkazish hamda qimmatli qog‘ozlar reestrini yuritish bo‘yicha operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar 
savdosini tashkil etish bo‘yicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar bundan 
mustasno; 
7) qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni 
(paylarni) realizatsiya qilish; 
8) kliring operatsiyalari;
9) akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish; 
10) pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar; 
11) chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish; 
12) kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab 
chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash); 
13) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga 
beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; 
14) forfeyting va faktoring operatsiyalari; 
15) lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish); 
16) jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin