Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Qo‘shilgan qiymat solig‘ini stavkalari va ularni qo‘llash tartibi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
24.2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini stavkalari va ularni qo‘llash tartibi.
2009 yildan QQSdan soliq stavkasi Soliq Kodeksida ko‘rsatilgan 20% dir. 
Belgilangan soliq stavkasiga qarab QQS summasi ikki usulda aniqlanadi. 
Ist.QQS=SO x N:100 
bu yerda: 
Ist.QQS-iste’molchilardan undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
SO-soliqqa tortiladigan oborot; 


252 
N—soliq stavkasi. Bu tartib deyarli hamma mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) oborotiga 
qo‘llaniladi. 
1.
O‘z ichiga QQS summasi qo‘shilgan baho va tariflarda sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
sotilganda soliq quyidagi shaklda aniqlanadi: 
Ist.QQS=XSTQ x N:(N+100). 
Bu yerda: 
XSTQ — QQSni o‘z ichiga oluvchi tovar qiymati. 
QQS to‘lashdan ozod bo‘lgan korxonalar yoki tovarlar bo‘yicha QQS dan ozod bo‘lgan yuridik 
shaxslar erkin (shartnomaviy) baho va tariflarga QQS summasini qo‘shmaydilar. 
Shunday holat yagona soliq to‘lovchi kichik korxonalarga, yalpi daromad solig‘i to‘lovchi savdo 
tashkilotlariga va yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ham 
taalluqlidir. 
Ikkinchi guruh stavka — nolli stavkadir. Nolli stavkada quyidagilar soliqqa tortiladi: 
1)
mustaqil hamdo‘stlik davlatlarini o‘z ichiga olib eksportga erkin almashtiriladigan 
valyutalarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilsa, agar hukumatlararo tuzilgan shartnomalarda boshqacha 
shartlar belgilanmagan bo‘lsa; 
2)
qishloq xo‘jaligi korxonalariga ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik maqsadlariga mineral o‘g‘itlar 
va yonilg‘i-moylash materiallari ortilsa; 
3)
chet el diplomatik va unga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydayaanishiga 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilganda, shu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik 
xodimlarining shaxsiy iste’moli uchun, ular bilan birga yashovchi oila a’zolarini ham qo‘shib (agar ular 
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmasa), ular O‘zbekistonda doimo yashamasa, chet el mamlakati ham shunday 
printsipni qo‘llasa, nolli stavka joriy etiladi. 
Nolli stavkada soliqqa tortiladigan korxonalar QQSni "0" stavkada hisoblaydi va moddiy 
resurslarni sotib olib ishlab chiqarishda foydalanganda QQS summasini hisobga oladi (zachyot). 
Ya’ni bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar QQSni mah-sulot yetkazuvchiga ham, byudjetga 
ham tulamaydilar, chunki "0" stavkani qo‘llagan holda sotadilar. Demak, nolli stav-ka degani QQSdan 
tamomila ozod etilgan demaqdir. Ana shu holat bilan nolli stavka sotib olgan materiallarini ishlab 
chiqarish xarajatlariga qo‘shuvchi QQSdan imtiyoz oluvchi korxonalardan farq qiladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin