Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

O*A:100 
Bu yerda, O — o‘z ichiga aktsiz solig‘ini olgan, QQSsiz shartnomaviy (erkin) baho;
A — aktsiz solig‘i stavkasi. 
Aktsiz solig‘ini hisoblash uchun zarur bo‘lgan sharnomaviy (erkin) baho (aktsiz qo‘shilgan) 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
O=(S*100):100—A) 
Bu yerda O—aktsiz solig‘ini o‘z ichiga olgan, QQSsiz shartnomaviy (erkin) baho. 
S—korxonaning hisobli bahosi (me’yoriy sarfiyotlari va foyda me’yori). 
A—aktsiz soligi stavkasi. 
Misol:
Mahsulot birligi so‘mda 
1.
Hisobli baho 
100 
2.
Aktsiz solig‘i stavkasi % 
45 
3.
Aktsiz solig‘ini hisobga olib QQSsiz sharnomaviy(erkin) baho, 
so‘mda (100x100) :(100-45)=10000:55 =181,82 
4. 
Aktsiz solig‘i summasi 
OxA:100
yoki (3 qat-1 qat) 
81,82 so‘m 
Aktsiz marka bilan markalangan tovarlarning ham aktsiz solig‘i yuqoridagi tartib bilan 
hisoblanadi. 
Buyurtmachining xom ashyosi ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan balansdan tashqarida 
hisobga olinadi. Buyurtmachi xom ashyosidan mahsulot ishlab chiqilganda aktsiz soligi uchun aktsiz 
solig‘iga tortiladigan mahsulot oboroti shu tovarlarni ishlab chiqarish ishining qiymati va berilgan 
buyurtmachi xom ashyosi qiymati bilan aniqlanadi. 
 
24.6. Aktsiz solig‘i hisobini taqdim etish tartibi va soliqni to‘lash muddatlari.
Aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aktsiz solig‘ining belgilangan 
stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aktsiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan 
holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
2. "Jeneral Motors O‘zbekiston" YoAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek 
qimmatbaho metallarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda 
belgilanadi. 
3. Paxta tolasini realizatsiya qilishning ichki narxlari (realizatsiya qilish xarajatlarini hisobga 
olgan holda) va haqiqiy narxi o‘rtasidagi ijobiy farq, O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 
bilan kelishilgan holda, soliqlar va byudjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 2009 yil 1 
yanvardagi holat bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat 
ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga doir hisob-kitoblar uchun 
jamg‘arma kreditlari bo‘yicha hosil bo‘lgan qarzlarni uzish uchun paxta tozalash korxonalarining 
maxsus hisobraqamida jamlanadi. 
Hisoblab chiqarilgan aktsiz solig‘ining summasi belgilangan chegirma summasiga 
kamaytiriladi. 
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aktsiz to‘lanadigan tovarlar 


267 
ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida 
to‘langan aktsiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi. 
Aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) 
bo‘yicha aktsiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan 
aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aktsiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aktsiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri 
keladigan aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aktsiz 
solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan 
amalga oshiriladi.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aktsiz to‘lanadigan 
tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va 
materiallarning mulkdori aktsiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi. 
Soliq davri quyidagilardir: 
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun – yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – bir oy. 
Aktsiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organlariga: 
aktsiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har 
choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay; 
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har 
oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 
Aktsiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi: 
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun; 
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun. 
Import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i tovarlarning bojxona 
rasmiylashtiruviga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida import qiluvchi tomonidan to‘lanadi. 
Aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan 
tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i aktsiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona 
hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi shart. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin