tartibga soluvchi (regulirovka qiluvchi) kontraktiv schyotlar qatoriga kiradi
va asosiy vositalarni
baholashni tartibga solib turish uchun mo‘ljallangan.
0200 schyot har oyda asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda hamda ishlatishda bo‘lgan
boshqa tashkilotlardan olingan asosiy vositalarning eskirish summasiga kreditlanadi. Asosiy
vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash uchun ularning 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlar»dagi qiymatidan 0200 schyotlarning kreditidagi qoldiq chegirib tashlanadi.
Asosiy vositalar eskirishining sintetik hisobi 13-ASK jurnal-orderda, analitik hisobi esa ushbu
jurnal-orderning «0200 schyotga analitik mahlumotlar» degan jadvalida yuritiladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash ularning yil boshiga bo‘lgan
qoldiqlari va yil
davomidagi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yil davomida sotib olingan yoki
qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish summalari, olingan oydan keyingi oyning 1
sanasidan boshlab hisoblansa, hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha esa eskirish hisoblash
keyingi oyning 1 sanasidan to‘xtatiladi.
Tugallanmagan yoki qabul-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan,
lekin ayni
paytda foydalanilayotgan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish, foydalanib boshlangandan
keyingi oyning 1
sanasidan boshlab, umumiy tartibda hisoblanadi va ularning eskirish summasi
hisobda ko‘rsatilmaydi. Tugallanmagan yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan qabul
qilinmagan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish hisoblashda, ushbu obhektlar yoki ularning
bir qismi qiymati to‘g‘risidagi mahlumotnoma asos bo‘ladi. Mahlumotnomada ko‘rsatiladigan
summa 0810-“Tugallanmagan qurilish” schyoti bo‘yicha aniqlanadi. Mazkur obhektlarni to‘liq
foydalanishga qabul qilish va asosiy vositalar qatoriga qo‘shish to‘g‘risida
dalolatnomani
rasmiylashtirishdan oldin hisoblangan eskirish summalari aniqlanadi va ayni paytda shu
obhektlarning foydalanib boshlangandan buyon eskirish summasi aniqlanib, hisobda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni tuzatish hamda ular bekor turib qolgan vaqtda eskirish hisoblash to‘xtatilmaydi.
Qiymati to‘liq amortizatsiya qilingan vositalar bo‘yicha eskirish hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va hisoblangan summani tegishli schyotlarga o‘tkazish
har oyda amalga oshiriladi.
Xo‘jalikda, yil boshiga mavjud bo‘lshgan asosiy vositalarning yillik eskirish summasi
asosiy
vositalarning yil boshiga bo‘lgan ¦olati bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ¦isob-kitobi
(59-shakl)ni
tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitobda oylik eskirish summasi ham (yillik summani 12 ga
bo‘lib) aniqlanadi. Aniqlangan summa yanvar oyi uchun eskirish summasi bo‘lib hisoblanadi. Fevral
va keyingi oylar uchun eskirish summalarini aniqlashning, butun hisob-kitob qilib chiqishning hojati
yo‘q. Asosiy vositalar tarkibida o‘tgan davrda (oyda) hisobga olish (taksirovka qilish) kifoya. Shu
maqsadda
kelib tushgan, chi¢ib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini ¦isob-
kitobi
(60-shakl) tuziladi.
Avtomobil transporti uchun amortizatsiya ajratmalari
avtomobil transporti bo‘yicha
amortizatsiya ¦isob-kitobi
(AV-16 namunaviy shakl) asosida hisoblanadi.
Hisobot oyidagi amortizatsiya summasini, uni hisoblash va buxgalteriya hisobining tegishli
schyotlariga taqsimlash uchun, yuqorida ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblar asosida buxgalteriyada bir
oy uchun amortizatsiya ajratmalari hisoblash vedomosti (62-shakl) tuziladi. Bu vedomostda eskirish
summalari o‘simliklar va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida, shartli etalon gektarlarda
va boshqa o‘lchovlarda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
№5-“Asosiy vositalar” nomli BHMSning 23-24-moddalariga muvofiq quyidagi amortizatsiya
hisoblash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi:
bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usuli;
bajariladigan ishlar hajmiga mutanosib (ishlab chiqarish) usuli;
kamayib boruvchi qoldiq usuli;
asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘indisi
bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli.
Yuqorida ko‘rsatilgan amortizatsiya hisoblash usullarini misollarda ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so‘m, xizmat muddati 5 yil. 5 yillik
xizmat muddati oxirida qoldiq qiymati 100 000 so‘m.