Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

chorva mollarini asosiy podadan 
yaroo‘sizlikka(brakka) chio‘arish dalolatnomasi 
(57-shakl)
; ko‘p yillik daraxtlarni ¦isobdan 
chio‘arish dalolatnomasi 
(58-shakl)
; ishlab chio‘arish va xo‘jalik inventarlarini va xo‘jalik 
anjomlarini ¦isobdan chio‘arish dalolatnomasi 
(126-shakl).
 
Komissiya asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasini har bir obekt uchun alohida 
tuzadi. 
Yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun tuzilgan dalolatnomalar 
aktsiyadorlik jamiyatlarida esa ta’sischilar (vakillar) majlisi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi 
korxonalar va tashkilotlar uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Tasdiqlangan dalolatnomalar tugatilgan asosiy vositalarni balansdan chiqarish inventar 
kartochkalarida belgi qo‘yish uchun xo‘jalik buxgalteriyasiga kelib tushadi. Ular tugatish natijasida 
olingan moddiy qiymatliklarni omborga kirim qilish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Asosiy vositalarning butligini tahminlash, ularning xo‘jalik ichida siljishi ustidan nazoratni 
kuchaytirish va hisobda chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun asosiy vositalarning har bir obektiga, 
uning xo‘jalikda saqlanadigan butun davri davomida saqlanib qoladigan, 
inventar ra¢am
beriladi. 
Asosiy vositalarga berilgan inventar raqami maxsus reestrda ro‘yxatga olinadi. Obekt hisobdan 
chiqarilganda unga berilgan inventar raqami ro‘yxatdan o‘chiriladi va boshqa obektga berilmaydi. 
Asosiy vositalar obektlari ularni ishlatish joyi va javobgar shaxslar bo‘yicha 
asosiy vositalar 
inventar ro‘yxatlari
da hisobga olinadi (AV-13 namunaviy shakl). Hisob asosiy vositalar(binolar, 


inshootlar, mashinalar va hokazolar)ning tasnifiy guruhlari bo‘yicha ular ishlatiladigan joy 
ko‘rsatilgan holda yuritiladi. 
Asosiy vositalardan foydalanishda xo‘jasizlikka barham berish va ularning butligi uchun 
shaxsiy javobgarlik o‘rnatish uchun barcha asosiy vositalar ishlatish joylarida moddiy javobgar 
shaxslarga biriktiriladi. 
Asosiy vositalarning mavjud qoldig‘i va harakatlanishi quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
0100 – “Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar” 
0110 – “Yer” 
0111 – “Yerni obodonlashtirish” 
0112 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirish”
0120 – “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” 
0130 - “Mashina va uskunalar” 
0140 – “Mebel va ofis jihozlari” 
0150 – “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” 
0160 – “Transport vositalari” 
0170 – “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” 
0180 – “Ko‘p yillik o‘simliklar” 
0190 – “Boshqa asosiy vositalar” 
0199 – “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” 
Ushbu schyotlarning debetida asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldig‘i va ularning kirimi, 
krediti bo‘yicha esa chiqib ketishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotib olish va qurishning bajarilishini nazorat qilish uchun barcha qurilish 
va jihozlash ishlari, ko‘p yillik daraxtlarni ekish va o‘stirish, asosiy vositalar sotib olish va asosiy 
poda tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar oldindan 0810-“Tugallanmagan qurilish”, 0820-“Asosiy 
vositalarni xarid qilish”, 0840-“Asosiy podani tashkil etish”, 0850-“Yerni obodonlashtirishga kapital 
qo‘yilmalar” schyotlarida hisobga olib boriladi.
Asosiy vositalarni qabul qilish 0110-0190 schyotlarining debeti va 0810, 0820, 0840, 0850 
schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
Vaqtinchalik foydalanishda turgan kapital qurilish obhektlari doimiy foydalanishga 
berilguncha asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Bu obhektlar bo‘yicha qilingan xarajatlar 
buxgalteriya hisobida tugallanmagan kapital qurilish sifatida aks ettiriladi. 
Ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachi hisobida 0310-“Uzoq muddatli ijara shartnomasi 
bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotida aks ettiriladi. 0310-schyotda hisobga olinadigan, uzoq 
muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital sarflar, faqat ularni ijaraga olish to‘g‘risidagi 
shartnomalarda ko‘zda tutilgan ishlar bo‘yicha qilinishi mumkin. 
Shartnoma bo‘yicha ijara muddati tugagandan so‘ng ijaraga beruvchining tasarrufiga 
o‘tadigan tugallangan kapital ishlar ijarachining balansidan chiqarilib, ijaraga beruvchining ustav 
fondini ko‘paytirish yo‘li bilan asosiy vositalar tarkibiga qo‘shiladi va ularning tavsifiga qarab 0110-
0190 schyotlarda alohida hisobga olinadi yoki shu ijaradagi kapital sarflar qilingan obhektning 
qiymatini ko‘paytirishga o‘tkaziladi. 
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar, ularni qurish uchun qilingan barcha haqiqiy sarflar 
yoki olib kelish, yig‘ish, jihozlash va o‘rnatish xarajatlari ham qo‘shilgan holda sotib olish 
xarajatlaridan tashkil topadigan dastlabki (tiklash) qiymatida aks ettiriladi. Foydalanishda bo‘lgan 
asosiy vositalar sotib olinsa, sotib olish hujjatlarida ko‘rsatilgan obhektning eskirish summasi 
ko‘rsatilgan holda kapital qo‘yilmalar hisobi mahlumotlariga asosan sotib olish qiymati va olib kelish 
hamda o‘rnatish xarajatlarini qo‘shib hisobga olinadi. Bepul olingan asosiy vositalarni va katta 
yoshdagi hayvonlarni olib kelish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ham asosiy vositalarning qiymatiga 
qo‘shilmaydi, balki maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar hisobidan qoplanadi.
Korxona ichida asosiy vosita (mashina, katta yoshdagi hayvonlar va hokazo)larni bir joydan 
boshqa joyga o‘tkazishda ularning balans qiymatiga 0110-0190 schyotlarning debeti va krediti 
(tegishli obhektlar uchun) bo‘yicha buxgalteriya yozuvi tuziladi. Bunda ularni bir joydan boshqa 


joyga o‘tkazish xarajatlari ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga olib boriladi. Qurilish, mashina 
va mexanizmlarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish xarajatlarini bino quruvchilar 0890-«Boshqa 
kapital qo‘yilmalar» schyoti bo‘yicha ustama xarajatlar tarkibiga, pudratchi tashkilotlar esa 2510-
«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyotining tegishli analitik schyotiga o‘tkazadilar. 
Sotib olingan yangi mashinalar, asbob-uskunalar va tansport vositalari asosiy vositalar 
tarkibiga sotib olish narxidan ular bilan komplektda kelgan ehtiyot qismlari, shinalar, dastgohlar 
qiymatini chegirib tashlab, qolgan summada qabul qilinadi. Komplektda kelgan ehtiyot qism, shina 
va dastgohlar 1040-“Ehtiyot qismlar” schyotining debetiga qabul qilinib, aylanma mablag‘lar 
qatoriga o‘tkaziladi. 
Korxonaga tegishli asosiy vositalarni sotish va ularning boshqa sabablarga ko‘ra xo‘jalikdan 
chiqishi (tugatilishi, hisobdan chiqarilishi, bepul berilishi va boshqalar) hamda ularni sotishdan 
aniqlangan moliyaviy natijalar 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotida hisobga olinadi. 
Xo‘jalikdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki (balansidagi) qiymatiga 9210 schyot debet 
va 0110-0190 schyotlar kreditlanadi. 
Asosiy vositani tugatish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (ish haqi, sug‘urta va tahtil rezervi 
ajratmalari, yordamchi ishlab chiqarish xizmatlari va boshqa xarajatlar) ham 9210-“schyotning 
debetida hisobga olinadi. 
Asosiy vositalarni tugatish (bino va inshootlarni buzish va qismlarga ajratish va h.k.) bilan 
bog‘liq xarajatlar 9210 schyot debetida va tegishli schyotlar(6710, 6210, 6520, 8910, 2310 va 
boshqalar)ning kreditida aks ettiriladi. 
Tugatilayotgan asosiy vositalardan olingan materiallar qiymatiga 1090 schyot debetlanadi va 
9210 schyot kreditlanadi. 
Agar hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarni tugatishdan olingan materiallar xo‘jalikda 
ishlatilmasa, ularni belgilangan tartibda sotish mumkin. 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” 
schyotining kreditida asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqishi vaqtida hisoblangan eskirish summasi, 
mulklarni sotishdan kelib tushadigan summalar va hisobdan chiqarilgan asosiy vositlardan olingan 
materiallarni foydalanish bahosida sotishdan keladigan tushumlar hisobga olinadi. Mulklarni 
sotishdan tushadigan summa, yahni sotilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan summa 9210-
“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti kredit va 4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar” schyoti debetida aks ettiriladi. Hisobot davri oxiridagi 9210 schyotning debet 
qoldig‘i (zarar) 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga o‘tkaziladi, kredit qoldig‘i (daromad) 
esa 9310-“Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga o‘tkaziladi. Uzoq muddatli ijaraga 
berilgan asosiy vositalar bo‘yicha 9210 schyotning kreditida paydo bo‘lgan qoldiq 6230-“Boshqa 
kechiktirilgan daromadlar”, 7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotlariga 
o‘tkaziladi. 
Buzilgan yoki kam chiqqan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 9210-“Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi” schyoti debetida, hisoblangan eskirish summasi shu schyotning kreditida 
aks ettiriladi. Ularning qoldiq summasi qiymatliklarning kamomadi sifatida 9210-“Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi” schyoti kreditidan 5910-“Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan 
yo‘qotishlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi. Keyinchialik bu summa 4730-“Moddiy zararlarni 
qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotiga o‘tkaziladi. Agarda javobgar shaxs aniqlanmasa,
Foydalanishga yaroqsiz deb topilgan asosiy vositalar, ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida 
dalolatnoma tasdiqlanganidan so‘ng buzilishi kerak. Tugatish natijasida olingan materiallar asosiy 
vositalarni tugatish dalolatnomasining maxsus bo‘limida aks ettiriladi. Asosiy vositalarni tugatishdan 
olingan materiallar foydalanish mumkin bo‘lgan narxda baholanib kirim qilinadi. Bunda hisobdan 
chiqarilgan mashinalardan yechib olingan materiallar foydalanish mumkin bo‘lgan narxda baholanib 
kirim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mashinalardan yechib olingan, boshqa mashinalarni 
tuzatish uchun yaroqli hamda tahmirlanishi lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ularning haqiqiy eskirishini 
nazarda tutgan holda bozor baholarida kirim qilinadi. Tugatilgan asosiy vositalarning boshqa 
foydalanishga yaroqsiz qismlari metallolom sifatida tegishli baholarda baholanib qabul qilinadi.
Asosiy vositalarni tugatishdan olingan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan qismlar davlat 
fondiga topshirilish lozim.


Asosiy vositalarni qurish va sotib olish hamda asosiy podani tuzish rejasining bajarilishini 
nazorat qilish uchun asosiy vositalar qurish va sotib olish hamda asosiy poda tuzish xarajatlari 
oldindan 0800-“Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 
0890)da hisobga olinadi. 
Mahsuldor va ish hayvonlari asosiy podasini xo‘jalikning ichida o‘stirilayotgan yosh chorva 
mollari hisobidan tashkil etishda, chorva mollari asosiy vositalar tarkibiga haqiqiy tannarxi bo‘yicha 
o‘tkaziladi.
Asosiy vositalarning analitik hisobi inventar kartochkalarda yuritiladi. Asosiy vositalarning 
xo‘jalikka kelib tushganidan to chiqib ketgungacha barcha mahlumotlar inventar kartochkalarda aks 
ettiriladi. Imorat, inshootlar va uzatuvchi qurilmalarni yakka holda hisobga olish uchun AV-6 
namunaviy inventar kartochka; mashinalar, qurilmalar, dastgohlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
inventarlari uchun – AV-7 namunaviy shakldagi inventar kartochka; ko‘p yillik daraxtlar uchun – 
AV- 29 shakldagi nventar kartochkalar qo‘llaniladi. 
№ AV-6 va AV-7 shakldagi inventar kartochkalar har bir inventar obhekt bo‘yicha asosiy 
vositlarni sotib olish, barpo etish va qurishga oid dastlabki hujjatlar, texnik pasportlar va boshqa 
texnik hujjatlarga asosan ochiladi. 
Ko‘p yillik daraxtlarni hisobga oladigan inventar kartochka (№29-shakl) nihollarning har bir 
turi bo‘yicha ekilgan yilda ochiladi. Bir xildagi asosiy vositalar asosiy vositalarni guruhlab hisobga 
olish inventar kartochkasida (№09-namunaviy shakl) hisobga olinadi. 
Asosiy vositalar yakka holda hamda guruhlab hisobga olinadiganda inventar kartochkalar bir 
nusxada ochiladi va yuritiladi. Har bir kartochkada yozuvni bajargan shaxsning familiyasi va uning 
to‘ldirilgan sanasi ko‘rsatiladi. Inventar kartochkalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy 
vositalariga ajratilib hamda ular ichida tasnifiy guruhlarga bo‘linib, ishlatilish joylari bo‘yicha 
kartotekada saqlanadi. Kartotekadan foydalanish va unda kartochkalarni saqlash qulay bo‘lishi uchun 
ajratgich (karton plastinkalar) va indikatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Inventar 
kartochkalar ochilgan paytda asosiy vositalar hisobiga doir inventar kartochkalar ro‘yxatida (№10 
namunaviy shakl) har bir tasnifiy guruhi bo‘yicha qayd qilib boriladi. 
Asosiy vositalarning harakati ularning tasnifiy guruhlari va kichik guruhlari bo‘yicha asosiy 
vositalarning harakatini hisobga olish kartochkalarida (№12 namunaviy shakl) hisobga olinadi. 
Kartochkalar asosiy vositlarning kelib tushishi va chiqishi to‘g‘risidagi dastlabki hujjatlarga asosan 
yuritilib, yakka holda va guruhlab hisobga olinadigan inventar kartochkalar mahlumotlari hamda 
tegishli 0100-“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) bo‘yicha bosh daftardagi 
mahlumotlar bilan taqqoslanadi va asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl)ni tuzishda 
foydalaniladi. 
Asosiy podadagi mahsuldor va ish hayvonlarining analitik hisobi №73-ASK vedomostda 
yuritiladi. Bu vedomost bir oyga ochilib, 102-shakl “Fermadagi chorva mollari va parrandalar 
harakati to‘g‘risidagi hisobot” asosida to‘lg‘aziladi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin