Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Dastlabki qiymat; 

Sotish qiymati; 

Tugatish qiymati; 

Qoldiq qiymati; 

O‘rnini qoplash qiymati

Dastlabki qiymat —
aktivni xarid qilishda haqiqatda to‘langan pul mablag‘lari yoki uni 
barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy 
aktivni xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, 
ya’ni: xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tashkilot tekinga 
olgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan 
qiymat bo‘yicha tan olinadi. Tekinga olingan nomoddiy aktiv kirim qilingan sanada amal qilgan 
narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham 
hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak. 
Sotish qiymati
nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida 
ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.


Tugatilish qiymati
chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda 
aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin 
qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati
aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamg‘arilgan amortizatsiyani 
chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktivlarning dastlabki yoki joriy qiymatidir. 
O‘rnini qoplash qiymati
korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni 
mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati. 
Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol 
ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin. 
Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish 
chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks 
ettiriladi. 
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo‘lgan hollarda u aktiv sifatida alohida 
modda bilan aks ettirilmaydi.
Korxona tomonidan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u korxonani sotib olish 
paytida xarid qilish narxi bilan mazkur sub’ektni tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi 
o‘rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi. 
Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlarni qayta baholashga ehtiyoj tug‘iladi. Nomoddiy aktivni 
qayta baholaganda nomoddiy aktivning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. O‘ayta baholash 
natijasida nomoddiy aktiv balans qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan 
oshadigan summada «Zahira sarmoya» hisobvarag‘ining kreditida aks ettirilishi lozim. O‘ayta 
baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan bo‘lsa, bu kamayish avvalgi 
bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin