Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

10 MAVZU. NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
 
10.1. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali 
iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk shakllari, 
jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi tizimida ham tub 
o‘zgarishlar qilish zaruriyati tug‘ildi.
Hisobning har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazariy, uslubiy 
yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish bilan hisobda yuzaga kelgan 
muammolarni yechish yo‘llari hamda foydalaniladigan tushunchalarning doirasi kengaydi. Lekin 
buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maqsadi o‘zgarmasdan qoldi. 
Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarning yangi ko‘rinishlari, ularni 
baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob qilish va xarajatlarni hisobga olish yo‘llari, 
axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. 


Ayniqsa, buxgalteriya hisobi tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar, ya’ni «ko‘rinmas 
aktivlar» (intangible assets)ni baholash, hisobga olish, amortizatsiyani hisoblash usullari, 
shuningdek likvidatsiya qilish tartiblarini bayon qilishni taqozo etadi. 
Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga ega bo‘lmagan, 
lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritiladi. Nomoddiy aktivlar 
hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun va 
buxgalteriya hisobi milliy standartlarida, xususan, «Nomoddiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarishga xarajatlar» deb nomlangan 7- va 11-sonli buxgalteriya 
hisobining milliy standartlarida bayon etiladi. 
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga muvofiq, 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin