Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Asosiy vositalar hisobini kompyuterlashtirish



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

9.7. Asosiy vositalar hisobini kompyuterlashtirish. 
Asosiy vositalar EHM yordamida kompyuterlashtirilganda xos raqam tuzishning birinchi 
bosqichida, umumiy, xos raqamlardan tashqari traktor, avtomobil va boshqa qishloq xo‘jalik 
mashinalarining inventar raqamlari, asosiy vositalr nomlari (inventar raqamlari), 01, 02, 03 
schyotlarning xususiy xos raqamlaridan foydalaniladi. 
0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar schyotlar» schyotining xos raqami xos 
raqamlashtirishning ketma-ket metodi bo‘yicha tuziladi va oltita raqamdan iborat bo‘ladi. Birinchi 
ikki raqam sintetik schyotni bildiradi, uchinchi subschyot (tasnifnomaga muvofiq asosiy 
vositaning tayinlanishi), oxirgi uchta raqam obhektning turi va nomi yoki bir xil asosiy vositalar 
obhektlarining guruhlari. 
Masalan, I subschyot bo‘yicha: 001-sigirxona, 101-dala shiyponi, 201-traktorlar, 301-
paxta terish mashinalari va h.k. 
Shunda masalan, tarmoq ahamiyatiga ega ishlab chiqarishga doir vositalardan og‘ilxona 
binosining to‘liq xos raqami 011001, dala shiyponi 011101 va h.k. asosiy vositalar konkret 


obhektlari nomi va inventar raqamini subschyot va tasnifiy guruh chegarasida aniqlash uchun 01 
sintetik schyotining xos raqami asosiy vositalar nomlarining xos raqamlari (inventar raqamlari) 
bilan birlashtirib qo‘llaniladi. 
0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining xos raqami 
xos raqamlashtirishning ketma-ket metodi bo‘yicha tuziladi va oltita raqamdan iborat bo‘ladi. 
Birinchi to‘rtta raqam sintetik schyot, oxirgi ikkitasi ikkita nollar. Shunday qilib, 1210 schyotni 
to‘liq xos raqami 021000 bo‘ladi. 
0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vochitalarni hisobga 
oluvchi schyotlar» bo‘yicha ham xos raqam tuzish ketma-ket metod bo‘yicha tuziladi va oltita 
raqamdan iborat bo‘ladi. Birinchi ikki raqam sintetik schyot, subschyot bo‘lmaganligi sababli 
uchuinchi raqam o‘rniga nol qo‘yiladi. Oxirgi uchta raqam analitik schyotni bildiradi. 
Xos raqamlashtirishning ikkinchi bosqichida hisob nomenklaturalarining xususiy xos 
raqamlari o‘rniga asosiy vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarining ishchi tasniflagichlarida 
guruhlangan, xo‘jalik muomalalarining jamlama xos raqamlaridan foydalaniladi. Bu 
tasnifoagichda asosiy vositalar hisobiga oid har bir xo‘jalik muomalasi bo‘yicha 0100, 0200. 0300 
va ular bilan aloqa qiladigan schyotlarning xususiy xos raqamlari keltiriladi. Bunda asosiy 
vositalar harakatining har bir muomalalalariga tasniflagichda dastlabki hujjatlarda (№52, 53, 54a, 
55, 56, 87 shakllar) xususiy xos raqamlar o‘rniga qo‘yiladigan, seriya tartibli raqamlashtirish 
metodi bo‘yicha beriladi. 
1-misol. Xo‘jalik muomalasining jamlama xos raqami 3108 foydalanishga topshirilgan 
sigirxona binosining kirim qilinganligini bildiradi. U quyidpgi xususiy xos raqamlarini o‘z ichiga 
oladi, debet 011001. Kredit 081001. 
2-misol. Xo‘jalik muomalasining jamlama xos raqami 3210 yaroqsiz holga kelgan dala 
shiyponining hisobdan o‘chirilishini bildiradi. U quyidagi xususiy xos raqamlarni o‘z ichiga oladi: 
debet 470213, kredit 011005. 
Tasniflagichda asosiy vositalar harakatining ko‘pchilik xo‘jalik muomalalarini bo‘yicha 
sintetik sub va analitik schyotlarining xususiy xos raqamlari faqat debeti yoki krediti bo‘yicha 
keltiriladi. U holda agshar tasniflagichda sintetik, sub va analitik schyotlarning faqat debet 
bo‘yicha xos raqamlari keltirilsa, kreditining xos raqami kiritilgan algoritm bo‘yicha tashkil topadi 
(shakllanadi) va aksincha, agar faqat kreditning xos raqami keltirilsa, schyot debetining xos raqami 
avtomatik ravishda shakllanadi. Asosiy vositalar xo‘jalik ichichdagi harakatini aks ettiradigan 
xo‘jalik muomalasining xos raqami 3001 bo‘yicha sintetik schyotlar, subschyotlar va analitik 
schyotlar debeti va kreditining xos raqamlari avtomatik ravishda shakllanadi. 
Avtomatik vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarining tasniflagichidan tashqari, 
asosiy podadagi chorva mollari harakatining hisobiga oid muomalalarni xos raqamlashtirish uchun 
chorva mollari va parrandalarining harakatiga doir xo‘jalik muomalalarining tsniflagichidan ham 
foydalaniladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin