mumkin. U ham bo‘lsa, yuqorida ko‘rib chiqilgan uchta: natural, mehnat va pul o‘lchovlarining uchala
hisob turida ham qo‘llanilishidir. Shu boisdan, hisobning uchta turini alohida va batafsil ko‘rib chiqamiz.
Opyerativ hisob
rejalarning bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga
tezkor rahbarlikni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U
tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Opyerativ hisob yordamida korxona resurslari va
ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgaltyerlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan
qator ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma
majburiyatlarning bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Opyerativ hisob xo‘jalikka tezkor rahbarlik qilishni ta'minlash uchun iqtisodiy ma’lumotlarni
to‘plashda bevosita xo‘jalik bo‘linmalarida amalga oshiriladi. Ayrim opyerativ hisob ma’lumotlaridan faqat
bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda,
hatto iqtisodiyot tarmoqlari miqyosida alohida opyerativ hisobot ko‘rinishida ham umumlashtirilishi
mumkin.
Bunday hisobotlardan esa, mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifati,
xom-ashyo bilan
ta'minlanganlik darajasi, hosilni yig‘ishtirishning borishi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni
olishda
foydalaniladi.
Nazorat qilinayotgan xo‘jalik muomalalarining mazmuniga ko‘ra opyerativ hisobda natura va
mehnat o‘lchovlari, ayrim hollarda esa pul o‘lchovlari qo‘llaniladi.
Ta'kidlanganidek, opyerativ hisob tomonidan boshqaruv apparatiga
taqdim etiladigan axborot
kundalik xo‘jalik muomalalari alohida qismlarining mazmuni to‘g‘risida javob bera olishi sababli zarur.
Mazkur axborotning vaqt oralig‘ida chegaralanganligi – opyerativ hisobning birinchi ajralib turuvchi
belgisi hisoblanadi.
Bunday axborotlarni hisobning boshqa turlaridan olish ularga g‘ov bo‘lishi va quyilgan vazifalarni
hal etishga tizimli yondashuvni qo‘llashni yuzaga chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu bo‘shliqni
o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lmagan, opyerativ hisob to‘ldiradi. Opyerativ hisob xo‘jalik
hisobiga xos
bo‘lgan uchala o‘lchovdan foydalansa ham,
shunga qaramasdan, pul o‘lchovidan foydalanish unda
cheklangan. Bu opyerativ hisobda asosan doimiy ravishda umumlashtirish talab qilinmaydigan, ayrim bir
xil xo‘jalik muomalalari aks ettirilishi bilan bog‘liq. Mazkur hisob turining farq qiluvchi ikkinchi belgisi
ham mana shundan iborat.
Bunday axborotlarni olishning tezkorligi opyerativ hisobning uchinchi
farq qiluvchi belgisi
hisoblanadi. Opyerativ axborotlarni olishga bo‘lgan talablarning soddalashtirilishi shundan kelib chiqadi.
Opyerativ hisob axborotlari hujjatlashtirilmaganligi bois, ular yuridik dalillovchi kuchga ega emas. Agar
opyerativ hisob axborotlarining tayinlanishidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bunday dalillash shart emas.
Opyerativ hisobning to‘rtinchi farqlovchi belgisi mana shundan iborat.
Opyerativ axborotlar, odatda, og‘zaki, telefon yoki telegraf, teletayp orqali uzatiladi. Ayrim hollarda
bunday axborotlar ma’lumotnoma, xizmat yozuvi va boshqa ko‘rinishda rasmiylashtirilib, bu opyerativ
hisobot tuzish deb qaralishi mumkin. Zarur hollarda opyerativ hisobda statistik va buxgaltyerlik hisobdan
olingan axborotlar ham qo‘llaniladi. Bu opyerativ hisobning beshinchi o‘zishga xos belgisidir. Hisobning
boshqa turlariga xos bo‘lgan, axborotlarga ishlov berishning maxsus usullari va amallarini qo‘llash
opyerativ hisobda ishlatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: