(analitik) axborotlarni aks ettiradi va to‘playdi.
Buxgalteriya axborotlari opyerativ va statistik hisobda,
rejalashtirishda, istiqbolni belgilash
(prognozlash) da, korxona faoliyati taktikasi va strategiyasini ishlab chiqishda
va boshqalarda keng
qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobining axborot sig‘imi eng katta bo‘lgan uchastkalariga xodimlar bilan mehnat
haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi,
tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish kabilar misol bo‘ladi.
Masalan, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olishga doir axborotlar jami
hisob axborotlarining 25-30 foizini tashkil etadi. Shu tufayli hisob-kitoblar,
mehnat va ish haqini tahlil
qilish hamda mehnat resurslarini boshqarish uchun yetarli axborot bazasi yaratilgan.
Quyilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan foydalanuvchi bo‘linmalar,
boshqariladigan obekt darajasiga ko‘ra hisob va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past
qismlarga bo‘lish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv obektlari va berish muddatlari bo‘yicha
tabaqalashtirish kyerak.
Axborotlar davriyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: smena, sutka, hafta, dekada, oy,
chorak va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: