4. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajarib, busiz boshqaruv
tizimining faoliyati ma'nosiz bo‘lib qoladi, buning ustiga keng ko‘lamda kompyutyerlashtirilgan sharoitda
faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va uning bo‘linmalarining
ma'lum davr ichidagi faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va
korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq
inspeksiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy
natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aksiyadorlar,
paychilar, ta'sischilar va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta'minlaydi.
Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy
aloqadan foydalangan holda biznes-reja ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar
bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar
bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi
aniqlanadi (1.5-rasm).
Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta'minlay oladi.
Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi.
Uzviy aloqa funksiyasi, odatda asosan dastlabki hujjatlardan olinadigan, turli xil tashuvchilardagi
birlamchi axborotni bajaradi. Masalan, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda mavjud
bo‘lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini hisobga olish uchun, ham ma'lum davr
ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir bo‘yicha rejadan chetga chiqishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
1.5-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining