kiritish mumkin.
Kasaba uyushmalari xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisobotini
uning bilan jamoa
shartnomasi tuzish yoki muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadilar.
Mahalliy davlat muassasalari va aholi korxonalar moliyaviy hisobotlari bilan ularning moliyaviy
holati va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ayrim tumanlar, fuqarolar yig‘ini va boshqalar doiralarida hal eta
olishlari nuqtai nazaridan qiziqadilar.
Shunday qilib, hisob axborotlari moliyaviy hisobotda muayyan xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalarini ko‘rsatilgan yo‘nalishda ochib berishi uchun, buxgalteriya hisobining butun
metodologiyasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarni
amalga oshirishga
qaratilishi lozim. Ayni vaqtda buxgalteriya axborotlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida
raqobatli muhit
mavjud bo‘lgan va uning tijorat sirini saqlash obektiv zarurati, hisob axborotlarining mazmuniga ichki va
tashqi foydalanuvchilar tomonidan quyiladigan talablardan kelib chiqqan
holda bozor iqtisodiyotida
buxgalteriya hisobining ikkita turi mavjud:
boshqaruv hisobi
va
moliyaviy hisob
.
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilar-xo‘jalik yurituvchi subektni
boshqaruvchi menejyerlar
uchun axborotlarni tayyorlaydi.
Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot taqdim etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuning uchun uning negizida shakllanadigan moliyaviy hisobotda tijorat siri bo‘lmaydi va e’lon
qilinishidan oldin uning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: