Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobining predmeti va obektlari



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

1.7. Buxgalteriya hisobining predmeti va obektlari 
Ma'lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z 
predmeti
, ya'ni o‘rganiladigan obektlariga 
va 
metodi
, ya'ni shu predmetni o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim. 
Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va 
metodiga ega. 
Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq
Xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘lar va 
ularning vujudga kelish manbalariga ega bo‘lishlari lozim. mablag‘lar va manbaar ta’minot, ishlab 
chiqarish va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgaradi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesni 
boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining pulda 
ifodalanadigan qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obektlarini belgilab beradi. 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 4-moddasiga muvofiq «Asosiy va joriy aktivlar, 
majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati 
bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobining obektlaridir». Korxonalar o‘z xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va 
boshqalarga ega bo‘lishlari kyerak. Bu mablag‘larning tarkibi va ko‘lami korxonalarning xo‘jalik 
faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-
rejalari bilan belgilanadi. 
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish korxonaning muayyan 
mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, Material va mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, 
ularni vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larningxususiy 
mulk hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik 
mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini beradi. 
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin