206
Transport vositalari
Texnologiyalar
Aylanma mablag‘larga qo‘yilmalar
Jami
1.2-masala.
Yangi ishlab chiqarishni tashkil etishga kapital qo‘yilmalar kiritish davomiyligi 4
yil bo‘lib, yillar bo‘yicha bir xil taqsimotga ega. Bino, inshoat va uskunalarga bo‘lgan
kapital
qo‘yilmalarning zaruriy hajmlari tegishli tarzda quyidagicha: 400 mln. so‘m, 600 mln. so‘m, 2000 mln.
so‘m. Aylanma vositalarga bo‘lgan umumiy qo‘yilmalar hajmi 100 mln. so‘mga teng.
Quyidagilarni hisobga olgan holda:
-
qurilma va jihozlarga bo‘lgan xarajatlar tegishli tarzda uskunalar xarajatining 15% va 12%ini
tashkil etadi;
-
transport vositalariga bo‘lgan xarajatlar inshoat va uskunalar xarajatlarining 20%ini tashkil
etadi;
-
texnologiyalarni xarid qilish xarajati uskunalar xarajatining uchdan biriga teng.
2. Investitsiyaviy rejalashtirishning moliyaviy-matematik asoslari
Pul qiymatining vaqt mobaynida o‘zgarishi
Loyihaga pul investitsiyalarini joylashtirish haqidagi
yechim qabul qilinayotganda, inflyasiya,
xavf-xatar, noma'lumlik, pullarni muqobil ravishda ishlatilishi hisobga olinishi lozim.
Pul summasi joriy davrga nisbatan vaqt mobaynida har xil qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu
hulosaning to‘g‘ri ekanligini amaliyotda ko‘rsatish uchun quyidagi shatrli belgilarni kiritamiz:
F(t) - vaqt davriyligidagi pullarning kelgusidagi qiymati;
P - pullarning joriy qiymati;
r - foiz stavkasi;
t - vaqt davriyligining uzunligi.
Agarda dastlabki pul qo‘yilmasi R, foiz stavkasi r bo‘lsa, unda yillar o‘tishi
bilan tijorat bank
raqamida hosil bo‘lgan pul summasi miqdori qancha bo‘ladi?
Qo‘yilmaning kelgusidagi miqdorini topish uchun, murakkab foizlarni
hisoblash uslubidan
foydalanish o‘rinlidir:
F(t)=P(1+r)
t
(2.1)
Lekin loyiha tahlilchisi uchun masalaning teskarisi muhimliroq hisoblanadi: chunonchi,
rejalashtirilgan F(t) pul birliklarida ifodalangan pul summasining miqdori (joriy,
keltirilgan bahosi
yoki qiymatligi) foiz stavkasi r ga teng bo‘lganda, t yil o‘tgandan so‘ng bugungi kunning nuqtai
nazaridan nimaga teng bo‘lishi mumkin? Boshqacha qilib aytganda, murakkab foizlarni hisobga olgan
holda t yildan so‘ng miqdori F(t) pul birligini tashkil etadigan mablag‘ni yaratish uchun, bugun qanday
P summani hisob raqamiga qo‘yish lozimligi quyidagi ifoda bilan topiladi,
(2.2)
Bu
hisob amali, kelajak pul summalarini (vaqtning hozirgi davriga keltirish) diskontlash deb
ataladi.
(2.1) va (2.2) formulalarida ishlatiladigan (1+r)
t
va 1/(1+r)
t
ko‘paytiruvchilar
mos ravishda
murakkab foizlarni hisoblashning diskontlash koeffitsientlari deb ataladi.
t va r ma'lum bo‘lgan holda bu koeffitsientlarning miqdorini topish uchun mahsus jadvallar
yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: