Microsoft Word 1-Maruza matni docx



Yüklə 64,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü64,05 Kb.
#200496
wtq3NJZRStRWcrye6Wfwa9FueatldKDyvUbmqCtq



1-MA’RUZA: RAQAMLI ALOQA TIZIMINING ELEMENTLARI 
Reja: 
1. Umumiy tushunchalar 
2. Signallar va ularning parametrlari 
3. Aloqa kanallari 
1.1. Umumiy tushunchalar 
Ilm-fan, texnika va kundalik hayotimizda “axborot”, “xabar” va “signal” 
atamalaridan tez-tez foydalanib turamiz. Umuman 
axborot
deganda biron-bir voqea, 
hodisa yoki ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. 
Axborotni saqlash, unga ishlov berish va uzatishda turli shartli belgilar (harflar, 
matematik belgilar, rasmlar, so‘zlar, turli shakldagi tebranishlar va boshqalar) dan, 
ya’ni axborotni boshqa ko‘rinishda ifodalash usullaridan foydalaniladi.
Ma’lum bir shaklga keltirilgan axborot 
xabar
deb ataladi. Misol uchun, 
telegraf xabarlarida axborot harflar va raqamlar orqali ifodalanadi. Ushbu belgilar 
to‘plami orqali xabar uzatiladi. Telefon aloqasi tizimlarida – bu inson qulog‘i yoki 
uni o‘zgartiruvchi asbob mikrofon menbranasi oldida bosimning uzluksiz o‘zgarishi 
orqali olinadigan tovushlar, Televideniye tizimida – bu elementlari yorug‘ligi va 
rangi o‘zgaruvchi tasvir. Ko‘p hollarda axborot ikkilik diskret shaklda, ya’ni uni aks 
ettirish uchun faqat shartli “
1
” va “
0
” simvollaridan foydalaniladi. Bunda 
uzatilayotgan xabar chekli miqdordagi ikkilik simvollar ketma-ketligidan iborat 
bo‘ladi. 
Xabar almashish nafaqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish 
tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasida bo‘lishi mumkin. 
Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yoki axborot manbai deb, 
xabarni iste’mol qiluvchi ob’ekt istemolchi deb ataladi.
Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik 
jarayon 
signal
deb ataladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovush 
va shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatida 


fazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotali radiosignallardan 
foydalaniladi. 
Xabarni unga mos signalga aylantirish uchun turli fizik jarayonlardan 
foydalanishga asoslanib yaratilgan asboblardan foydalaniladi. Misol uchun, tovush 
shaklidagi xabarni signalga aylantirish uchun mikrofondan, tasvirni signalga 
aylantirish uchun maxsus elektron trubkalardan, temperaturani signalga aylantirish 
uchun termoelementlardan va h.k. foydalaniladi.
Axborot uzatish tizimi.
Xabarni manbadan xabar iste’molchiga yetkazib 
berish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar aloqa tizimi deb ataladi (1.1- rasm). 
Aloqa tizimi: xabar manbai (XM), xabarni elektr signalga aylantirish qurilmasi 
(XSA), signal uzatish qurilmasi (SUQ), aloqa liniyasi (AL), signal qabullash 
qurilmasi (SQQ), elektr signalni xabarga aylantirish (SXA) qurilmasi va xabar 
iste’molchi (XI) dan iborat. Umumiy ko‘rinishdagi aloqa tizimining strukturaviy 
sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. 
1.1-rasm. Aloqa tizimining strukturaviy sxemasi 
𝑎
(
𝑡
) – uzatilgan xabar; 
𝑢
(
𝑡
) – birlamchi elektr signali; 
𝑠
(
𝑡
) – aloqa liniyasi 
orqali uzatiladigan signal
𝑛
(
𝑡
) – xalaqit; 
𝑥
(
𝑡
) – signal va xalaqit; 
𝜐
(
𝑡
) – signal 
qabullash qurilmasi chiqishidagi signal; 
𝑎
′(
𝑡
) – qabul qilingan xabar. 
1.2. Signallar va ularning parametrlari. 
Har qanday signal 
𝑢
(
𝑡
) vaqt funksiyasi hisoblanadi. Signallarni vaqt 
funksiyasi sifatida quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: 
– vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signal;


– vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha uzluksiz signal;
– vaqt bo‘yicha uzluksiz va sath bo‘yicha diskret signal;
– vaqt va sath bo‘yicha diskret signal.
Vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar vaqt bo‘yicha chegaralangan yoki 
chegaralanmagan bo‘lib, sathi ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi (1.2a-
rasm). Bunday signallarga mikrofon, temperatura o‘lchagich, bosim o‘lchagich va 
boshqa shunga o‘xshash asboblar chiqishidagi signal misol bo‘ladi. Bu signallar 
fizik kattaliklarning elektrik modellari bo‘lganligi, unga mos ravishda o‘zgargani 
uchun bunday signallar “
analog
” (o‘xshash, mos) signallar deb ataladi. 1.2b-rasmda 
keltirilgan signallar vaqt bo‘yicha diskret 
𝑡 = 𝑘∆𝑡
(
∆𝑡
– diskret vaqt oralig‘i bir xil 
qiymatli va turlicha bo‘lishi mumkin) va sath bo‘yicha ma’lum bir oraliqdagi har 
qanday qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin. Bunday signallarni uzluksiz signallarning 
har bir 
∆𝑡
vaqt oralig‘ida qiymatlarini belgilash orqali olish mumkin. Bu jarayon 
vaqt bo‘yicha diskretlash deb ataladi. Odatda diskretlash oralig‘i 
∆𝑡
bir xil qilib
uzluksiz signalni uning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari orqali qayta tiklash 
aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi.
1.2d-rasmda keltirilgan uchinchi tur signallar sath bo‘yicha diskretlangan – 
kvantlangan
bo‘lib, u 
𝑘∆𝑡
yoki ma’lum bir uzluksiz vaqt 
𝑡
da ma’lum bir diskret 
qiymatga ega bo‘ladi. Kvantlash natijasida signal sathining oniy qiymati unga eng 
yaqin bo‘lgan, ruxsat etilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Natijada, zinasimon 
signal hosil bo‘ladi.


1.2-rasm. Signallarning turlari: a) – uzluksiz signal; b) – diskret signal;
d) – kvantlangan signal; e) – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal (raqamli signal).
Kvantlash oralig‘i (qadami) bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki eng 
yaqin ruxsat etilgan oraliq kvantlash oralig‘i (qadami) deb ataladi va odatda 
∆𝑈
bilan 
belgilanadi. Kvantlash oralig‘i bir xil yoki turlicha qilib tanlanishi mumkin. 
Kvantlash oralig‘i bir xil bo‘lgan signalni qayta tiklashda yuzaga keladigan absolyut 
xatolik 
∆𝑈/2
ga teng bo‘ladi. Ma’lum bir davomiylikka ega bo‘lgan uzluksiz 
signalni kvantlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolikning o‘rtacha kvadratik qiymati 
∆𝑈/12
ga teng bo‘ladi. Odatda 
∆𝑈
– uzluksiz signalni uning kvantlangan qiymatlari 
asosida qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi. 
To‘rtinchi tur signallar (1.2e-rasm) ma’lum diskret vaqt 
𝑘∆𝑡
larda
(
𝑘 = 0, 1, 2, … , 𝑛
) ma’lum bir diskret qiymatni qabul qiladi. Bunday signallar 
uzluksiz signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash natijasida 
olinadi.
Vaqt va sath bo‘yicha diskret signalning qiymati kvantlash oralig‘i 
∆𝑈
ga 
bog‘liq bo‘lib, kvantlash natijasida umumiy holda ruxsat etilgan 
𝑁
ta oniy 
qiymatlardan birini qabul qiladi. Kvantlangan signal sathini ketma-ket butun sonlar 
bilan belgilab, bu sonlarni odatda ikkilik signal 
1
va 
0
lardan iborat signal bilan 
almashtirib, aloqa kanali orqali modulyatsiyalangan radiosignal orqali uzatiladi. 
Kvantlangan signalning oniy qiymatlarini diskret elementar signallar (odatda 
1
va 
0
) bilan almashtirish natijasida hosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.


Vaqt funksiyasi bo‘lgan signal 
𝑢(𝑡)
haqiqiy yoki kompleks qiymatga ega 
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun signallarning haqiqiy va kompleks matematik 
modellari mavjud.
Signallar 
determinant
(o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum) va 
tasodifiy
(o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum emas) bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Har 
qanday 
𝑡
yoki 
𝑘∆𝑡
vaqtda qiymatlari avvaldan birga teng ehtimollik bilan ma’lum 
bo‘lgan signallar 
determinant signallar
deb ataladi. Har qanday 
𝑡
yoki 
𝑘∆𝑡
vaqtda 
qiymatlarini avvaldan birga teng ehtimollik bilan aniqlab bo‘lmaydigan signallar 
tasodifiy signallar
deb ataladi. Axborot tashuvchi hamma signallar tasodifiy 
signallar hisoblanadi. O‘zgarish qonuni avvaldan ma’lum bo‘lgan signallar hech 
qanday axborot tashish (eltish) imkoniyatiga ega emas. U go‘yoki hech bir yozuvi 
yoki belgisi bo‘lmagan oq qog‘oz kabidir. Determinant signallarni aloqa kanali 
orqali uzatmasdan qabullash tomonida shakllantirish mumkin.
Determinant signallardan turli radiotexnik funksional qism, qurilma va 
tizimlarni sinovdan o‘tkazishda foydalaniladi. Ulardan turli chiziqli, nochiziqli va 
parametrik radiotexnik zanjirlarni tahlil etishda, tadqiqot ishlari olib borishda 
foydalaniladi. Odatda determinant signallar sifatida birlik sakrash impulsi, 
sinusoidal signallardan, delta funksiya signali 
𝛿(𝑡)
, to‘rtburchaksimon va boshqa 
ko‘rinishda bo‘lgan signallardan foydalaniladi.
Har qanday signal ma’lum bir 
𝑇
vaqt davomiyligida uzatiladi (1.3-rasm). 
Signal 
𝑇
vaqt oralig‘ida o‘zining eng kichik oniy qiymati 
𝑈
bilan eng katta oniy 
qiymati 
𝑈
oralig‘ida o‘zgaradi. Signal eng katta qiymati Umax ning uning eng 
kichik qiymati 
𝑈𝑚𝑖𝑛
ga nisbati, ya’ni 
= 𝐷
signal 
dinamik diapazoni
deb 
ataladi. Signal 
𝑇
vaqt davomida o‘zining 
𝑈
qiymatidan 
𝑈
qiymati oralig‘ida 
tez va sekin o‘zgaradi. Signalning o‘zgarish tezligi uning spektri kengligi 
𝐹
ga 
bog‘liq, ya’ni keng spektrli signal tor spektrli signalga nisbatan tez o‘zgaradi va 
aksincha. 
Shunday qilib signal asosan uchta ko‘rsatkichi bilan baholanadi: 
𝑇
– signal davomiyligi; 


𝐷
– signal dinamik diapazoni; 
𝐹
– signal spektri kengligi. 
1.3-rasm. Uzluksiz signal 
Signal asosiy uch ko‘rsatkichlarining ko‘paytmasi: 
𝑇 ∙ 𝐷 ∙ 𝐹 = 𝑉
(1.1)
signal hajmi
deb ataladi 
Radio yoki televideniye suhandoni nutq signali dinamik diapazoni 
25-30 dB

uncha katta bo‘lmagan ashula guruhi 
45-55 dB
va simfonik orkestr signali diapazoni 
esa 
65-75 dB
ga teng.
Har qanday aloqa kanalida foydali signal bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar 
doimo xalaqit bo‘ladi. Signalni qoniqarli sifat bilan uzatish uchun foydali signal 
quvvati xalaqit quvvatidan katta bo‘lishi kerak. Shuning uchun ba’zi hollarda signal 
dinamik diapazoni 
𝐷
o‘rniga, signal quvvatini xalaqit quvvatiga bo‘lgan nisbati 
𝑃 𝑃

= 𝑞
dan foydalaniladi.
Signal spektri odatda juda keng bo‘ladi. Bu holda signal spektri kengligi qilib 
signal quvvatining asosiy qismi joylashgan spektr kengligi olinadi. Ba’zi hollarda 
signal spektri kengligi uni uzatish sifatiga qo‘yilgan texnik talab asosida aniqlanadi. 
Masalan, telefon orqali aloqada quyidagi ikki talab asosida spektr kengligi 
aniqlanadi: birinchisi – nutqning dona-donaligi va ikkinchisi – telefon orqali 
so‘zlashayotgan ikki shaxs bir-birini tovushidan tanib olishi. Bu talablarga tovush 
spektrining 
300÷3400 Hz
oraliqdagi qismini uzatish orqali erishish mumkin. 


Televideniye tizimida asosiy talab tasvirning tiniqligi hisoblanadi. Tasvir bir 
kadrini 
625
qatorga yoyish va bir qator o‘tkazib tasvirni yoyish usulidan 
foydalanilganda, televizion signal spektri 
6,25 MHz
ga yaqin bo‘ladi. Televideniye 
signalining spektri telefon va radioeshittirish tizimi signali spektridan juda katta, bu 
televizion signal uzatish tizimini bir necha bor murakkablashtiradi. Telegraf signali 
spektr kengligi signal uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lib 
𝐹 = 1,5𝑣 
ifoda orqali 
aniqlanadi, bunda 
𝑣 
– telegraflash tezligi 
bod
larda baholanadi va vaqt birligida 
uzatilgan telegraf elementar signallari soni bilan aniqlanadi. Agar 
𝑣 = 50
Bod
bo‘lsa 
𝐹 = 75 𝐻𝑧
bo‘ladi. Ko‘p hollarda modulyatsiyalangan signal spektri 
modulyatsiyalovchi – uzatiladigan xabar signali spektridan keng bo‘ladi. 
1.3. Aloqa kanallari 
Aloqa kanallari xuddi signallardek asosan uchta ko‘rsatkich bilan baholanadi. 
Bular:
𝑇
– kanal orqali xabar uzatilish vaqti;
𝐷
– kanal dinamik diapazoni;
𝐹
– kanal signal spektrini o‘tkazish kengligi.
Kanal uchta asosiy ko‘rsatkichlari ko‘paytmasi: 
𝑇 ∙ 𝐷 ∙ 𝐹 = 𝑉
aloqa kanalining hajmi
deb ataladi va kanalning xabar o‘tkaza olish 
imkoniyatini belgilaydi.
Signalni aloqa kanali orqali uzatish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
𝑇 ≥ 𝑇 , 𝐷 ≥ 𝐷 , 𝐹 ≥ 𝐹
yoki 
𝑉 ≥ 𝑉
(1.2) 
(1.2) dan ko‘rinib turibdiki signalning yoki kanalning bir parametrini 
ikkinchisiga almashtirib aloqa kanali orqali signalni uzatish mumkin.
Hozirda turli radioaloqa kanallari mavjud. Bular uzun va qisqa to‘lqinlardan 
foydalanadigan radioaloqa kanali; radiorele aloqasi kanali; sun’iy yo‘ldosh orqali 
aloqa kanali; troposfera aloqa kanali; kosmik aloqa kanali; mobil aloqa kanali va 
boshqalar.
Har qanday aloqa kanallari quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:


1. Aloqa kanallarini chiziqli tizim deb hisoblash mumkin, chunki kanal 
chiqishidagi signal kanal kirishidagi signallar yig‘indisiga teng, superpozitsiya 
prinsipiga bo‘ysunadi: 

𝑆(𝑡) = 𝑘[𝑆 (𝑡) + 𝑆 (𝑡) + ⋯ + 𝑆 (𝑡)]
(1.3) 
2. Har qanday aloqa kanalida foydali signal bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy 
nazar doimo xalaqit signali mavjud bo‘ladi, ya’ni: 
𝑥(𝑡) = 𝑠(𝑡) + 𝑛(𝑡)
(1.4) 
3. Signal aloqa kanalidan o‘tganda u biroz kechikadi va uning sathi kamayadi. 
4. Signal aloqa kanalidan o‘tganda har doim uning shakli buziladi. Shunday 
qilib kanal chiqishidagi signal quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
𝑥(𝑡) = 𝜇(𝑡)𝑠(𝑡 − 𝜏) + 𝑛(𝑡);
(1.5) 
bunda 
𝜇
va 
𝜏
signal so‘nishi va kechikishini ko‘rsatuvchi kattaliklar. 
Agar 
𝜇
va 
𝜏
vaqt davomida o‘zgarmasa, bunday aloqa kanali 
doimiy 
ko‘rsatkichli aloqa kanali
deb ataladi. 
𝜇
va 
𝜏
lardan biri yoki ikkalasi vaqt davomida 
o‘zgarib tursa, bunday kanal 
ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchan kanal
deb ataladi. 
Masalan: yer usti radioeshittirish va Televideniye kanali ko‘rsatkichlari o‘zgarmas 
kanalga misol bo‘la oladi. Harakatdagi aloqa tizimi kanallari: sotali aloqa; 
uchayotgan samolyot yoki kosmik kema bilan qisqa to‘lqinli radioaloqa kanali 
o‘zgaruvchan ko‘rsatkichli aloqa kanali sifatida qaralishi mumkin. 
Nazorat savollari:
1. Axborot, xabar va signal deganda nimani tushunasiz?
2. Signallar vaqt funksiyasi sifatida qanday turlarga bo‘linadilar?
3. Signallar asosan qaysi ko‘rsatkichlari bilan baholanadilar?
4. Raqamli signal deganda qanday signalni tushunasiz?
5. Signal hajmi nima? Kanal hajmi nima?
6. Diskretizatsiya va kvantlash nima?
7. Aloqa kanallarining asosiy xossalari nimalardan iborat? 

Yüklə 64,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin