tarbiyalash usuli ba’zan bolalar va o‘smirlarda tarbiya buzilishiga olib keladi.
11.
O‘zbek
oilalarida
ota-onalarning
farzandlarni
tarbiyalashdagi
kamchiliklaridan yana biri bolalarning tarbiyasiga yoshligidan e’tibor
berilmaslikdir.
12. Oilalarda farzandlarni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’nan barkamol
etib tarbiyalash borasidagi e’tiborsizlik.
Ma’lumki, sog‘lom avlodning
shakllanishida oilaning, oila muhitining o‘rni
katta. Oiladagi o‘zaro sog‘lom munosabatlar, psixologik muhit va sog‘lom
turmush tarzi har tomonlama barkamol avlodlarni voyaga yetkazishda bosh omil
hisoblanadi. Shu boisdan, eng avvalo oilada sog‘lom turmush tarzi muhitini,
psixologiyasini shakllantirish muhimdir. Ammo
kuzatishlarimizga qaraganda,
ko‘pchilik oilalarda sog‘lom turmush tarzi psixologiyasini shakllantirish
masalasida o‘zi bo‘larchilik holati uchraydi. Bu esa oilalarda voyaga yetayotgan
farzandlar ongida, dunyoqarashida sog‘lom turmush tarziga nisbatan nosog‘lom
munosabatning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining ma’naviy va
milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari oila va oilaviy munosabatlarda, jumladan
bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Jismonan baquvvat, ma’nan barkamol,
aqlan yetuk farzandlarni voyaga yetkazish tamoyili Sharq ijtimoiy tafakkurining va
mentalitetining asosiy mazmunini tashkil etadi. Chunki,
bolani tarbiyalash orqali
mehr-muruvvat tuyg‘ulari shakllangan barkamol insonni voyaga yetkaziladi. Bola
qadriyati – bu o‘zbek xalqi turmush tarzi, ruhiyati, bolajonlik odatlari,
serfarzandlik va ayni paytda sog‘lom, baquvvat, ma’naviy va jismoniy yetuk avlod
yetishtirish an’analari, tafakkur tarzidir.
Shuni aytib o‘tish joizki, miliy qadriyatlar, an’analar,
urf-odatlar oilada
bizgacha yetib keladi. Shu muhitda o‘sayotgan millatimiz kelajagi merosxo‘rlari
farzandlarimizni milliy urf-odatlarga xos qilib tarbiyalash lozimdir. Nazarimizda
oilaviy tarbiya bo‘yicha milliy qadriyatlarimiz va udumlarimizga eskilik sarqiti
deb qarash noto‘g‘ridir.
Boy va rang-barang madaniyatimiz, urf-odat va
an’analarimiz barcha qadriyatlarimiz milatimizning ma’naviy,
ruhiy boyliklarini
tashkil etadi. Uni chuqur o‘rganib, o‘zlashtirib olgan inson oldiga qo‘yilgan har
qanday maqsadga erisha oladi. Chunki madaniyatimiz axloq-odob, urf-odat
me’yorlaridan xabardor inson hech qachon ko‘r-ko‘rona ish qilmaydi.
Demakki, barcha milliy tarbiya bo‘yicha urf-odatlarimiz zamirida ezgulik
yotadi. Ularda faqat ozodalik,
yaxshilik, odamiylik kasb etadi. Milliy urf-
odatlarimiz asnosida tarbiyalangan shaxs yuksak ma’naviyati boy inson bo‘lib
shakllanadi. Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o‘z ota-bobolariga,
o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo‘lib
kamol
topishsin.
Dostları ilə paylaş: