Microsoft Word 2-mavzu. Raqamli banklarda qo'llaniladi-gan tehnologiya-lar docx


Raqamli bank texnologiyalari va ulardan foydalanish yo‘llari



Yüklə 166,55 Kb.
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü166,55 Kb.
#190827
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 MAVZU RAQAMLI BANKLARDA QO\'LLANILADI GAN TEHNOLOGIYALAR

2. Raqamli bank texnologiyalari va ulardan foydalanish yo‘llari
XX asr oxirlari va XXI asrning boshlarida ya’ni, hozirgi davrda insoniyat erishayotgan sohalar bo‘yicha barcha yutuqlarni texnologiyalar va ularning dasturiy ta’minotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, har qanday sohani olmang, texnologiyalardan foydalaniladi. Bu nano texnologiyalardan tortib, mega texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi texnologiyalarning taraqqiyoti masofadan boshqariladigan va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan texnologiyalargacha etib keldi.
Texnologik taraqqiyotning bunday yutuqlari kirib kelmagan soha deyarli qolmadi. Jumladan, axborot, kompyuter, aloqa, tibbiyot, transport kabi texnologiyalar ijtimoiy sohalar (ta’lim, tibbiyot, ma’daniyat, san’at va boshqa) hamda iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, transport va aloqa kabi) tarmoqlarida, shuningdek huddi shular qatori bank sohasida ham keng foydalanib kelinmoqda.
Bank faoliyatini ilmiy-texnik taraqqiyotning so‘nggi yutuqlarini jadal tatbiq etmasdan modernizatsiya qilish mumkin emas. Jahon amaliyotidan ko‘rinib turibdiki, ilmiy-texnik taraqqiyot va yangi axborot texnologiya (IT)larining jadal o‘sishi bankning jozibadorligini umumiy baholashga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Texnologik jarayonning rivojlanishi nafaqat xujjatlarni rasmiylashtirish va kassa operatsiyalarini o‘tkazish tezligini oshirishga, balki mijozlar doirasini kengaytirishga ham imkon beradi. O‘z navbatida, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi banklar va bank xizmatidan foydalanuvchilar o‘rtasidagi masofani sezilarli darajada kamaytirishi, banklararo raqobatni kuchaytirishi va shu sababli bank xizmatlarining miqdoriy va sifat jihatidan rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
ITlar bank va ularning aloqalarini rivojlantirib, faoliyatni tezkor ravishda qayta loyihalashtirishga imkon beradi. O‘z o‘rnida, bank sektorining ichki va tashqi ish faoliyatlari ITlarning rivojlanishi bilan yanada rivojlanib bormoqda va bu eng katta ta’sir qilgan soha sifatida bank tizimini ko‘rsatish mumkin. Boshqacha aytganda, IT sohasi rivojlanib, tobora o‘sib borayotgan global raqobat davrida banklarning barqarorligini ta’minlash uchun katta hissa qo‘shmoqda.
Umuman olganda, IT-texnologiyalari, ulardan bank sohasida foydalanish, dasturiy ta’minotlar va aloqa vositalari kabilar kabi elimentlar “bank texnologiyalari”ni tashkil etadi.
Iqtisodiy adabiyot va ilmiy tadqiqotlarda “bank texnologiyalari”ga turli qarash hamda tushuntirishlar berilgan. Masalan: M.V. Dubininning fikricha, bank texnologiyalari – bu banklarda ishlatiladigan turli xil telekommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, ichki protseduralar, risklarni boshqarish modellari va boshqalar.
“Bank texnologiyasi” atamasi banklarga o‘z mijozlariga xavfsiz, ishonchli va arzon narxlarda yaxshiroq xizmatlarni taklif qilishi hamda bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishishi uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni anglatadi.
Bank texnologiyasi, shuningdek, demografik, psixografik va tranzaksion ma’lumotlar kabi mijozlar tafsilotlarini saralash orqali mijozlar xatti-harakatlari modellarini ochishda zamonaviy kompyuter algoritmlaridan foydalanish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarni yig‘ish deb ham ataladigan ushbu faoliyat mijozlarga segmentatsiya, mijozlar skoringi, maqsadli marketing, bozor savatchalarini tahlil qilish, o‘zaro sotish, sotish, mijozlarni ushlab qolish kabi modellashtirish kabi turli xil marketing muammolarini hal qilish orqali banklarga o‘z biznes maqsadlariga erishishda yordam beradi.
Shuningdek, ma’lumotlarni to‘plashdan muvaffaqiyatli foydalanish banklarga foydani sezilarli darajada oshirishga yordam beradi, shu bilan raqobatchilariga nisbatan barqaror ustunlikni saqlab qoladi.
Nazariy jihatdan, bank texnologiyasi, yakka tartibdagi intizom emas, balki moliya risklarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va marketing bilimlari kabi bir-biridan farq qiladigan bir nechta yo‘nalishlarning birlashishi natijasida tashkil etiladi hamda uning tarkibiy elementlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Axborot texnologiyalari;

  2. Aloqa-kommunikatsiya texnologiyalari;

  3. Kompyuter bilimlari;

  4. Moliya va risk menejmenti;

  5. Marketing bilimlari.

Bank texnologiyasi quyidagi uchta muhim o‘lchovga ega ekanligini ilgari surgan:
1.Turli xil etkazib berish kanallari va to‘lov tizimlari orqali faoliyat yuritish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli texnik vositalardan foydalanish hamda shu bilan bog‘liq dasturiy ta’minot bank texnologiyalarining bir o‘lchovidir.
2.Mijozlarni sinflash (turkumlash) va bank xizmatlari bozorini tahlil qilish hamda muammolarni hal qilish uchun zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Ushbu o‘lchov banklar uchun ma’lumotlar omborini boshqarish va undan samarali foydalanish imkonini beradi.
3.Barcha turdagi xatarlarni miqdorini aniqlash, o‘lchash, yumshatish va boshqarish bank texnologiyalarining uchinchi muhim o‘lchovini tashkil etadi. Ushbu o‘lchov kredit xatarini, bozor havfini va operatsion havfni o‘lchash va boshqarish jarayonini qamrab oladi.
Bank texnologiyalari deganda bank faoliyatini amalga oshirish va qo‘llab quvvatlashning eng yangi yondashuvlari, usullari, vositalari yig‘indisi tushuniladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank texnologiyasi to‘g‘risida yuqoridagi konsepsiya ayrim manbalarda ilgari mavjud bo‘lmagan, ya’ni bugungi fan-texnika taraqqiyoti davrida bunga asos solingan deb yuritiladi. Ammo, tarix va ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bank texnologiyalari bank paydo bo‘lgan ilk davrlardan boshlab sodda ko‘rinishda (shaklda) bo‘lsada mavjud bo‘lgan.
Buni texnologik taraqqiyot bosqichlari davri va banklarning rivojlanish davrlari bilan uyg‘unlikda quyidagicha rivojlanish ierarxiyasini izohlash mumkin.(1-rasm).

XVII –XVIII asrlar — Klassik davrdan oldingi davr


XVII asrdan –XVIII asrning birinchi yarmigacha — Klassik davr
1950 -1980 yillar — Noklassik davr (tizimli rivojlanish)
1980 -hozirgi davrgacha — Postnoklassik davr (ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya)
1-rasm. Texnika va bankning rivojlanish davrlarining o‘zaro bog‘liqligi
Klassik davrdan oldingi davr. Asosiy bank operatsiyalarining oddiy shakllari shakllana boshlagan. Jumladan, kredit, depozit operatsiyalari, omonatchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblar.
Klassik davr. Banklarning faqat bank operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan korxonalar sifatida paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi va aynan shu cheklangan operatsiyalar bank texnologiyalarini tashkil etgan.
Shuningdek, ushbu davrda mintaqaviy va milliy bank tizimlari shakllanib, emissiya banklari paydo bo‘lib, banknotalar, operatsiyalarni hisobga olish tizimlari va xujjatlar aylanishi birlashtirilgan.
Noklassik davr (tizimli rivojlanish davri). Bank va mijoz munosabatlariga e’tibor qaratila boshlangan. SHuningdek, bank faoliyatiga kiritilayotgan texnologiyalar mijozlarga qulay xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratishga, xizmatlar sifatini oshirishga, mijoz talab qiladigan yangi xizmatlarni taklif qilishga qaratilgan.
Yangi bank texnologiyalarini joriy etishdan maqsad talab qilinadigan texnologik xizmatlar tufayli raqobatdosh ustunlikni qo‘lga kiritish, mijozlar bazasini kengaytirish va rentabellikni oshirishdan iborat bo‘lgan.
Postnoklassik davr (ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya davri). Bu davrda bankning mijoz hayotida doimiy ishtirokini o‘z ichiga oladi. Bank xizmatlari avval mijozning moliyaviy munosabatlari kompleksiga, so‘ngra uning iqtisodiy faoliyatining barcha sohalari bilan integrallasha boradi.
Umuman aytganda, hozirgi davrdagi bank texnologiyalari mijozning maqsadlariga erishish vositasi sifatida xizmatlarning maksimal darajada mavjudligini, ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu uning manfaatlariga xizmat qiladi va uning motivlarini hisobga oladi.
Bank tomonidan joriy etilayotgan texnologiyalar mijozning sherik sifatida murakkab bank xizmatlaridan foydalanadigan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank va umuman moliya sohasidagi texnologik rivojlanishning tarixiy jarayonlarini quyidagicha ifodalash mumkin. Ya’ni, moliya sohasidagi texnologik innovatsiyalar tarixi to‘lov vositasi sifatida cheklarning paydo bo‘lishidan boshlangan (1945).
Keyinchalik, “Bank of America” banki birinchi kredit kartani ishlab chiqardi (1958) va bankomatlar 1967 yilda moliyaviy operatsiyalarni qayta ishlashga yordam berdi, so‘ngra operatsiya vositasi sifatida debet kartani chiqarildi. 1990 yillarda internet taraqqiyoti bilan qo‘llab- quvvatlanib, “Internet banking” tizimi ishga tushirildi.
2000 yillarda “Mobile payments” va “Srowdfunding” (fintech) moliyaviy texnologiyalari joriy etildi.
BANK TEXNOLOGIYALARI
Automated Teller
Machine (ATM)
Mobile Banking
Wireless Application Protocol (WAP)
Unstructured Supplementary Service Data (USSD)
Telephone Banking or Interactive Voice Response (IVR)
Internet Banking SIM Application-toolkit RFID Technology
Contactless Payments using Near Field Technology (NFC)
Mobile Money
Video Teller Machine (VTM)
Secure Short Messaging Service (SSMS) Near Sound Data Transfer (NSDT)
3-rasm. Bugungi kunda dunyo banklarida foydalaniladigan bank texnologiyalari

Automated Teller Machine (ATM). Bu avtomatlashtirilgan bankomat bo‘lib, u butun dunyoda qo‘llaniladigan texnologiyadir.
Bankomat mijozlarga har qanday vaqtda naqd pul kerak bo‘lganda pulni naqd qilish imkoniyatiga ega bo‘lishiga yordam beradi. Mijozni identifikatsiyalash uchun bank tomonidan taqdim etiladigan PIN-koddan foydalaniladi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun mijoz bankda hisob raqamiga, debet yoki kredit kartaga ega bo‘lishi kerak. Pulni dunyoning istalgan nuqtasidan olish mumkin.
Mobile Banking. Mobil bank – bu mijozlar uchun taqdim etilayotgan bank sohasida qo‘llaniladigan eng yangi texnologiyalar. Mijozda aqlli telefon, planshet yoki shaxsiy raqamli qurilma bo‘lishi kerak. Windows, Android, IOS va boshqa uyali telefonlarning operatsion dasturlariga mos keladigan dastur ishlab chiqilgan.
Mobil dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil qurilmaga yuklab olinadi. Mijoz mobil internet yoki Wi-Fi tarmog‘ida faol internet aloqasiga ega bo‘lishi kerak, shunda mobil bank xizmatidan foydalanish mumkin.
Internet Banking. Mijoz internet orqali o‘z bank hisob raqami bo‘yicha hisob balansi so‘roviga kirish, to‘lovlarni amalga oshirish, pul o‘tkazmalari, xalqaro pul to‘lovlari, doimiy tartib va to‘g‘ridan-to‘g‘ri debet to‘lovlarini yaratish va yangilash hamda so‘nggi operatsiyalarni tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mijoz veb-saytga shaxsiy kompyuter yoki noutbuk orqali kiradi va hisob ma’lumotlariga dunyoning istalgan nuqtasidan kirish mumkin.
Internetda quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin; hisob balansi bo‘yicha so‘rov, hisobvaraqlar o‘rtasida pul o‘tkazmasi, doimiy buyurtma va to‘g‘ridan-to‘g‘ri debet to‘lovlarini yaratish va yangilash, pul o‘tkazmalari, hisob-kitoblarga umumiy nuqtai, hisob tarixi, kreditni to‘lash, oldindan to‘langan kartani to‘ldirish va parolni o‘zgartirish shular jumlasidandir.
Video Teller Machine (VTM): banklar orqali taqdim etiladigan yangi va innovatsion xizmat. Mijoz barcha bank operatsiyalari uchun VTM orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish vakiliga masofadan ulanadi. VTM mijozlarga barcha filiallar bank xizmatlarini taklif etadi.
Secure Short Messaging Service (SSMS): SSMS-banking mijozlarning mobil telefonlariga matnli xabarlarni yuborishi va qabul qilishi uchun ishlatiladi. Banklar mijozlarning mobil telefon raqamlarini hisobga olishlarini olib boradilar, mijozlar o‘zlarining bank hisob raqamlari bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazishlari mumkin.
Bank orqali SSMS bank xizmatidan foydalanish uchun mijoz o‘z mobil raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Shuningdek, bank hisobvaraqda sodir bo‘lgan har bir operatsiya to‘g‘risida mijozlarga xabar yuboradi. Tranzaksiya mobil bank xizmatiga tayinlangan raqamga SSMS yuborish orqali amalga oshiriladi.
SIM Application-toolkit: Bu mijoz bilan o‘zaro aloqada bo‘lishiga imkon beradigan, interaktiv menyusi dasturlashtirilgan standart SIM-karta sifatida ko‘rsatilgan.
O‘zaro ta’sir mijoz va tarmoq o‘rtasida bo‘lib, almashinuv mijozga interaktiv menyu va dastur orqali ma’lumot kiritilishi bilan amalga oshiriladi. Uyali aloqa operatorlari o‘zlarining SIM-kartalariga mijozlar uchun yangilanishlarni tarmoq orqali yoki butunlay yangi SIM-kartalarni chiqarishlari mumkin.
Uyali aloqa operatorlari va moliya institutlari uchun SIMga asoslangan dasturlarni amalga oshirishning eng katta afzalligi, bu firmalarning arizasi SIMda bo‘lishini kafolatlaydi va shu sababli bankka raqobatbardosh ustunlik beradi.

Yüklə 166,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin