4
jurnalida qayd etiladi. Omonatchining hohishiga ko’ra sertifikatlar Bankning o’zida
saqlanishi mumkin.
2.6. Sertifikatda imzo va Bank muxrlarini bosma
х
ona usulida qo’yish ta’qiqlanadi.
2.7 Bank sertifikatni berish vaqtida shartlashilgan va sertifikatda belgilangan foiz
stavkasini bir tomonlama o’zgartirishga (kamaytirishi yoki ko’paytirishi) haqli emas.
2.8. Sertifikat saqlovchining vakili sertifikatni olish uchun ishonchnomaga ega
bo’lishi lozim, ishonchnoma sertifikat koreshogi bilan birga saqlanadi.
2.9. Sertifikatni berishda Bank sertifikat koreshogidagi barcha rekvizitlarni to’ldiradi.
Sertifikat koreshogi sertifikat egasi yoki uning qonun hujjatlariga binoan
rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo’lgan vakolatli sha
х
si tomonidan imzolanadi,
sertifikatdan ajratiladi va Bankda saqlanadi. Bank tomonidan sertifikatni to’ldirishda
tuzatish va o’chirishlarga yo’l qo’yilmaydi.
2.10. Depozit sertifikati blankalari, shuningdek sertifikatlarga qo’shimcha varaqlar
(ilovalar) faqat qimmatli qog’ozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi
lisenziyaga ega bo’lgan kor
х
onalar tomonidan tayyorlanadi. Sertifikatga qo’shimcha
varaqlar (ilovalar) sertifikat blankasi bilan bir vaqtda tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: